Reja: Markaziy proeksiyalash usuli
To'g'ri burchakli proyeksiyalash
Download 440.93 Kb. Pdf ko'rish
|
5. To'g'ri burchakli proyeksiyalash
Ta'rif. Proyeksiyalovchi nur proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo'lsa, bunday parallel proyeksiyalashni to'g'ri burchakli proyeksiyalash deyiladi. To'g'ri burchakli proyeksiyalashni ortogonal proyeksiyalash deb ham yuritiladi. Ortogonal proyeksiyalashda proyeksiyalovchi nur yo'nalishi ko'rsatilmaydi. Masalan, A nuqtani P tekislikka ortogonal proyeksiyalash uchun A nuqtadan (8-rasm) perpendikulyar tushiriladi. Bu perpendikulyarning R tekislikdagi asosi A p nuqta fazodagi A nuqtaning ortogonal proyeksiyasi bo'ladi. Geometrik shakllar proyeksiyalar tekisligiga qisqarib proyeksiyalanadi. Masalan, ortogonal proyeksiyalashda to'g'ri chiziq kesmasining proyeksiyasi o'zidan kichik yoki teng bo'ladi: a) Agar to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lsa, uning proyeksiyasining uzunligi kesmaning fazodagi uzunligiga teng bo'ladi (9- rasm). b)Agar to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lmasa, uning proyeksiyasining uzunligi o'zidan kichik bo'ladi, ya'ni A P B P 8-rasm 9-rasm 10- rasm Yuqorida keltirilgan parallel proyeksiyalarning barcha xossalari ortogonal proyeksiyalar uchun ham o'rinlidir. Ortogonal proyeksiyalashda biror shaklni barcha nuqtalaridan o'tuvchi nurlar o'zaro parallel bo'lib, ular berilgan geometrik shaklni proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalaydi. Buyumning bitta ortogonal proyeksiyasi bilan uning fazodagi vaziyatini aniqlab bo'lmaydi. Buning uchun biror qo'shimcha shart kiritish zarur. Bunday qo'shimcha shart sifatida birinchi proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo'lgan ikkinchi tekislikka buyumning tasvirini olish mumkin. Bu ikki proyeksiyalar tekisligidagi tasvirlar buyumning fazodagi vaziyatini aniqlaydi. Ortogonal proyeksiyalash usuli texnik chizmalarni chizishda, inshootlarni loyihalashda eng ko'p qo'llaniladi. Nazorat savollari 1. Nuqtaning markaziy proyeksiyasi qanday yasaladi? 2. Qanday holda to'g'ri chiziqning markaziy proyeksiyasi nuqta bo'ladi? 3. Parallel proyeksiyalash usuli qanday bajariladi? 4. To'g'ri chiziqning parallel proyeksiyasi qanday yasaladi? 5. «Monj usuli» qanday usul? 6. Qanday holda to'g'ri chiziqning parallel proyeksiyasi nuqta bo'ladi? 7. «Ortogonal» so'zi nimani anglatadi? Download 440.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling