Reja: Masof a
Download 1.67 Mb.
|
Masofaviy o’qitish texnologiyalari
Mavzu: Masofaviy o’qitish texnologiyalari REJA:
Masofaviy ta`limning yutuqlari va kamchiliklari. Masofaviy ta`limning texnologiyalari va unda qatnashuvchilari O‘qitish - bu ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan tizimli bilim va ko‘nikmalar bilan qurollangan jarayondir. Ta’lim - bu o‘qitishning natijasi bo‘lib, shaxsni tarbiyalash va uni rivojlantirishdir. Masofaviy o‘qitish - eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va sirtki va kunduzgi ta’lim shakllarini o‘z ichiga olganaxborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. Keng qamrovlilik - Ko‘p sonli o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida katta xajmdagi o‘quv (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) zaxiralariga murojaat qila olishi. Bu ko‘p sonli o‘quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o‘zaro yoki o‘qituvchi bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati. Ijtimoiy teng xuquqlilik - Ta’lim oluvchining yashash joyi, sog‘lig‘i, ijtimoiy kelib chiqishi va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazarteng xuquqli ta’lim olish imkoniyati. Zamonaviy sotsial-iqtisodiy jarayonda ta`lim tizimining an`anaviy o`qitish shakli ta`lim oluvchilar extiyojini to`laqonli qondira olmayapdi. Ta`lim olishga o`ta muxtoj bo`lgan ma`lum toifadagi shaxslar an`anaviy ta`lim shaklida ta`lim olishga shart-sharoiti va imkoniyatlari yetishmaydi. Xozirgi kunda masofaviy ta`lim eng ommabob ta`lim shakli bo`lib, rivojlangan mamlakatlarda 30 yildan buyon foydalanib kelinmoqda va ta`limning barcha darajalarini o`zida mujassam etgan xalqaro ta`lim tizimining ajralmas qismi bo`lib qolmoqda. XX asrning oxirlarida dunyoda masofaviy ta`lim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jixatdan istiqbolli ta`lim shakli sifatida tan olindi. Bugungi kunda masofaviy usullar orqali ta`lim oluvchi ta`lim mussasalari tarmog`i 5 qit`ani qoplagan. Masofaviy ta`lim boshqa o`qitish shakllarining eng yaxshi xususiyatlarini o`zida birlashtirib, istiqboli, insonparvar, sintetik, integrallashgan ta`lim shakliga aylangan. Bu va boshqa demokratik o`qitish shakli yoshi va ijtimoiy xolatiga bog`liq bo`lmagan xolda uncha katta bo`lmagan xarajatlar bilan kasbga ega bo`lishi, malakasini oshirish, ikkinchi mutaxassislikni olishi, tanlagan o`quv kursining bo`lim va mavzularini chuqur o`rganishi yoki o`quv predmetlaridan bilimlarini to`ldirishi, o`qishni ish(agronom, zooinjener, menejer) bilan birgalikda olib borishi, qisqa o`quv kurslarida o`qishi mumkin bo`ladi. Xozirgi zamonaviy ta`lim jarayoniga ananaviy tushunchalar katorida yangi-yangi tushunchalar kirib kelmokda. Quyida shu tushunchalardan asosiylari keltirilgan. Shundan kelib chiqqan xolda masofaviy ta`limning maqsadiga quyidagilar kiradi Modullilik - Bir biriga bog`lik bo`lmagan mustaqil o‘quv kurslari to‘plamidan - modullardan individual yoki guruxlar talabiga mos o‘quv rejasini tuzish imkoniyatining mavjudligi. Iqtisodiy tejamkorlik - O‘quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o‘quv materiallaridan samarali foydalanish, o‘quv materiallarini bir joyga yig`ish, ularni tartiblangan ko’rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko‘p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish, mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Internatsionallilik - Ta’lim soxasida erishilgan jaxon standartlariga javob beradigan yutuq va tajrbalarni import va eksport qilish imkoniyati. O‘qituvchining yangi roli - Masofaviy o‘qitish o‘qituvchining o‘qitish jarayonidagi rolini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Masofaviy ta`lim modellari. Masofaviy ta`lim (MT) - bu o`qituvchi va o`quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot texnologiyalardan fodalanilgan ta`lim turi.1 Bu ta`lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta`lim tashkil qilinishiga sabab bo`lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta`lim uchun mutaxasislar mavjudligi, ta`lim soxasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta`lim soxasidagi odatlari. Masofali o`qitish modellari 1) Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o`quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o`qituvchiga biriktirilgan bo`lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo`limlar bo`lishi shart. Shunday o`quv kurslarda o`qituvchi va o`quvchilarga o`quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi. Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta`limni olish mumkin. 2) Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta`lim o`quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruxda bir xil o`quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baholash mezonlari mavjud. Shunday o`quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda ko`p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo`nalishlarni izlanishlarida qo`llaniladi2. Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta`limni olish mumkin. 3) Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta`lim turlarini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O`quvchilar o`quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o`qiydi. Shu bilan birga bu ta`lim turiga virtual seminar, prezentatsiyalar va leksiyalar o`tkazish ham kiradi. Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta`limni olish mumkin. 4) Konsorsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashishini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o`quv kurslarni tashkil qilib ishini ta`minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o`quvchilarni ta`minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o`rnida ta`lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o`quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif xuquqlarini tekshirish zarur bo`ladi (15.1-rasm). Masofaviy o'qitish 15.1-rasm Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O`quv Agentligidagi (http://www.ola.bc.ca) ta`limni olish mumkin. 5) Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o`zlari yaratgan o`quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta`lim soxasida etakchi bo`lgan o`quv muassasa bu soxada ilk qadam qo`yadigan muassasaga o`zining o`quv kurslarni taqdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o`quvchilari bir xil ta`lim va diplomlar olishadi. Bu modelga misol qilib Ochiq Universitet Biznes maktabi va Sharqiy Evropa Universitetlari bilan bo`lgan xamkorligi bo`lishi mumkin. 6) Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo`lgan munosabatlariga o`xshash. Bu modelda bitta universitet o`quv kurs diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar o`quvchilarni ta`minlaydi. 7) Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda informatsion va kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o`quv muassasada bo`lib o`tgan o`quv kurslar videokonferensiyalar, radiotranslyasiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron teleko`rsatuvlar ko`rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o`quvchilar kunduzgi ta`limda qatnashmaydi. Bu modelga misol qilib AQSHning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning markaziy radio va televidenie Universitetidagi ta`limni olish mumkin. 8) Proektlar. Ushbu model davlat yoki ilmiyizlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta`lim mutaxassislari va pedagoglar to`plangan ilmiy-metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar axolining katta qismiga namoyish qilinib o`z vazifasini bajargandan keyin to`xtatiladi. Bu modelga misol qilib Afrika, Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida o`tkazilgan qishloq xo`jaligi, soliqlar va ekologiya xaqidagi o`tkazilgan har xil kurslar bo`lishi mumkin. Masofaviy ta`limning yutuqlari va kamchiliklari. Masofaviy ta`limning o`zini metodik, iqtisodiy, sotsial yutuqlari va afzalliklarga xamda o`zining kamchiliklari va salbiy tomonlarga ega. Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: Dars jadvalni qulayligi. O`quvchi o`ziga ma`qul bo`lgan vaqtda o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin. Qulay foydalanish manzillari. O`quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin. Qulay o`qish tempi. Ta`lim, o`quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o`tkaziladi. Qulay o`quv reja. O`quv rejani talabalarga individual va davlat ta`lim talablariga mos xolatda tashkil qilish mumkin. Ma`lumotlar bazasini to`planishi. Oldingi o`qigan talabalar bilimlarini to`plash va undan foydalanish imkoniyati. Ko`rgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to`liq foydalanish imkoniyati. Malakali o`qituvchilarni tanlab ta`lim jarayoniga jalb qilish. Iqtisodiy yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: Cheksiz masofaga ta`lim berish. O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi masofa xech qanday axamiyatga ega emas. Ish jarayoniga xalaqit bermasligi. O`quvchi ishdan ajralmas xolatda ta`lim oladi. O`quvchilar sonini oshirilishi. Masofaviy ta`lim texnologiyalarni to`liq qo`llagan o`quv muassasa talabalar soni 2-3 barovar oshishi mumkin. Narxi. Masofaviy ta`lim kurslari 2 va 3 barovar oddiy kurslarga qaraganda arzon. Sotsial yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: Ijtimoiyguruxlarga ajratish yo`qligi. Masofaviyta`lim kursidaikkinchi oliyyoki qo`shimcha ma`lumot oluvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorganlik o`tash istagida bo`lganlar; ikkinchi paralel ma`lumot olishni xoxlagan talabalar; markazdan uzoqda, kam o`zlashtirilgan mintaqalar axolisi; jismoniy nuqsonlari bo`lgan shaxslar; armiya xizmatida bo`lgan shaxslar; erkin ko`chib yurishi cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi mumkin. Yosh cheklanishlari yo`qligi. O`qishga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilinadi. Ammo masofaviy ta`limda salbiy tomonlari xam borligi xaqida aytish lozim. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Elektron xolatdagi ta`lim va muloqot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual xolatdagi ta`lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtki) ta`lim turlarida o`qish istagida bo`lishadi. Davlat masofaviy ta`lim standartlari yo`qligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi. Shu sababdan ko`pgina masofaviy ta`lim kurslari bitiruvchilariga faqat ushbu kursni bitirganligi xaqida sertifikat yoki guvoxnomalar berishadi. Virtual muxit va texnika ta`minot bilan bog`liqligi. Masofaviy ta`lim internet borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taalluqli. Masofaviy ta`limning texnologiyalari va unda qatnashuvchilari. Masofaviy ta`limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: ..INTERAKTIV texnologiyalar; Video va audio konferensiyalar - bu Internet va boshqa telekomunikatsion aloqa kanallari yordamida ikkita, uzoqlashgan auditoriyalarni telekommunikatsion xolatda bir biri bilan bog`lab ta`lim olish yo`li. Video va audio konferensiyalar uchun katta xajmda maxsus texnika, yuqori tezlikga ega bo`lgan a`loqa kanali va o`qitishni tashkil qilish uchun xizmat ko`rsatuvchi mutaxassislarni jalb etish kerak bo`ladi. Internet orqali mustaqil ta`lim olish - bu Internetda joylashgan ko`pgina saytlarda joylashgan katta xajmdagi ma`lumotlar ustidan mustaqil ravishda ishlash va yangi bilimlar olish yo`li. Elektron pochta orqali ta`lim esa eng ommaviy Internet xizmatlaridan foydalanib, o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida xatlar orqali muloqot o`rnatib ta`lim olish yo`li. U yordamida har xil test, vazifa, savol-javob vako`rsatmalarni (matn, grafika, multimediya, dasturlarvaboshqakurinishida) jo`natib qabul qilishimiz mumkin. Uzoqdan boshqarish tizimlari - murakkab dastur, tizim va uskunalarni real xolatda boshqarish va ularda ishlash imkoniyatlarini yaratuvchi maxsus tizimlar yordamida bilim olish yo`li. Uzoqdan boshqarish tizimlarning asosiy vazifasi o`quvchiga faqatgina amaliy bilimlarni berish. Simulyator, elektron darsliklar va o`quv dasturlar - bu asosan nazariy va amaliy bilimlarni kompyuter dasturlari orqali o`quvchilarga on-layn xolatida olish yo`li. Simulyator va elektron dasrliklar xozirgi kunda ta`lim soxasida juda keng qo`llanilyapti. Test topshirish tizimlari - bu maxsus dasturlar yordamida o`quvchilarning amaliy va nazariy bilimlarni tekshirishning asosiy vazifasi, bu talabalar bilimlarini tekshirib ularni baxolash. Internetning masofaviy ta`lim portali bu maxsus Internet saytlar (onlayn resurslar). Ushbu saytlarning asosiy vazifasi - ta`lim jarayonini tashkil qilish, yoki boshqa so`zlar bilan o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida elektron on-layn muloqotni o`rnatish, o`qituvchilarga o`quv materiallarni joylashtirish va o`quvchilarga shu ma`lumotlar bilan ishlashga xamda boshqa masofaviy ta`lim servislardan foydalanishga imkoniyat yaratish. Masofaviy ta`limni jarayonida quyidagilar qatnashishi shart, bular - masofaviy kurs avtori, metodist, o`qituvchi (tyutor, koordinator), ruxshunos, administrator, dokumentovod, telekommunikatsiya va dasturiy ta`minot guruhi xamda o`quvchilar. Avtor - masofaviy kursni yaratuvchi, uni yangilatuvchi va taxrirlovchi shaxs. Metodist - masofaviy kurs avtoriga konsultatsiyalar beruvchi va kursni taxrirlovchi shaxs. O`qituvchi - o`quvchilar bilan o`qish jarayonida muloqotda bo`luvchi va ularga yordam beruvchi xamda ularning bilimlarini tekshiruvchi shaxs. Ruxshunos - o`qish jarayonining psixologik monitoringni tashkil qiluvchi shaxs. Administrator - o`quvchilarni qabul qilish va o`qishdan chetlash masalalarini echuvchi va malakali o`qituvchilarni jalb qiluvchi shaxs. Dokumentoved - xujjatlar bilan ishlovchi shaxs. Telekommunikatsiya va dasturiy ta`minot guruhi -dasturlar va telekommunikatsiya resurslar ishini ta`minlovchi shaxslar. O`quvchilar - o`quv jarayonida qatnashuvchi shaxs. O`quv jarayonini tashkil kilishda esa albatta quyidagi qadamlarni bajarishimiz zarur bo`ladi: Kurs maqsadlarini aniqlash. Qaysi bilimlarni (mavzular, fan va) va kimlar uchun o`qitish kerak. O`qish metodlarini tanlash. O`quv jarayoni davomida bilimlar va ko`nikmalar darajasini diagnostika xamda tekshirish manbalarini va usullarini aniqlash kerak. O`quv materialga metodik talablarini ishlab chiqarish. Yangi bilimlarni berish usullarini va xajmlarni aniqlash kerak. Darslar jadvalini ishlab chiqarish. Butun kursni bir nechta modullarga bo`lish, har bitta modul tugallanishidan keyin o`quvchi tomonidan qanday bilimlarga ega bo`lishini aniqlash kerak (15.2-rasm). O`quv jarayonini monitoringni tashkil qilish. Tekshiruv jarayonlarni rejalashtirish, O`quvchilarning mustaqil ishlarini rejalashtirish, O`quv jarayoni natijalarini prognozlashtirish, Natijalarni aniqlash va taxlil qilish. Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta`lim kompleksini ta`lim muassasalariga joriy etilishi xar tomonlama foyda keltiradi. 15.2-rasm Masofaviy o`qitish nima? Darxaqiqat, masofaviy o`qitish nima, undan uzluksiz ta`lim tizimida qanday foydalanish mumkin. Uning qanday shakl va modellari mavjud? Insoniyat yigirmanchi asr nixoyasida bir turkum muammolarga duch keldikim, ular bevosita axborot telekommunikatsiya soxasidagi jiddiy o`zgarishlar, xususan axborot texnologiyalarining jadal sur`atlar bilan rivojlanishiga bog`lik. Ta`lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining turli jabxalariga yangi axborot kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter tarmog`ini rivojlanishi butun dunyo ta`lim tizimini takomillashtirishning yangi yo`nalishlarini ochilishiga sabab bo`ldi. Birinchidan, o`quv muassasalarining texnik ta`minotini keskin o`zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo`l ochilishi o`qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta`lim jarayoniga kirib kelishi an`anaviyo`qitish usullarigaqo`shimcharavishda yangi o`qitish shakli -masofaviyo`qitish yaratilishiga omil bo`ldi. Masofaviy ta`limda talaba va uqituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan xolda o`zaro maxsus yaratilgan o`quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo`ladilar. Internet texnologiyasini qo`llashga asoslangan masofaviy o`qitish jaxon axborot ta`lim tarmog`iga kirish imkonini beradi, integratsiya va uzaro aloqa tamoyiliga ega bo`lgan muxim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o`qitish barcha ta`lim olish istagi bulganlarga o`z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o`qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustakil o`quv-uslubiy materiallarni uzlashtiradi, nazoratdan o`tadi, o`qituvchining bevosita raxbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruxdagi boshqa «vertikal o`quv guruxi» talabalari bilan muloqotda bo`ladi. Ma`lum sabablarga ko`ra, ta`lim muassasalarining kunduzgi bulimlarida taxsil olish imkoniyati bo`lmagan, masalan, sog`ligi taqqozo etmaydigan, mutaxassisligini uzgartirish niyati bo`lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo`lgan kishilar uchun masofaviy o`qitish qulay o`qitish shakli xisoblanadi. Masofaviy o`qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya`ni xar bir texnologiya maqsad vamasala moxiyatigabog`lik. Masalan, an`anaviybosmausuliga asoslangan o`qitish vositalari (o`quv qo`llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma`lum vaqt orasida o`zaro muloqotda bo`lishga, elektron pochta to`g`ri vateskari aloqa o`rnatishga, ya`ni xabarlarni jo`natish va qabul qilishga mo`ljallangan. Oldindan tasmaga muxrlangan videoma`ruzalar talabalarga ma`ruzalarni tinglash va ko`rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o`zaro teskari aloqka orqali o`qitish imkonini beradi. Masofaviy o`qitishning ta`lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va shakllari mavjud bo`lib, ular quyidagi qo`llanish shartlari bilan farklanadi: ..geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda joylashuvi, iklimi); ..mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi; ..kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi; .ta`lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining qo`llanish darajasi; ..ta`limda qo`llaniladigan an`analari; ..masofaviyo`qitish tizimi uchun ilmiypedagogkadrlar mavjudligi va ularningsaloxiyati va boshqalar. Ommaviy onlay ochiq kurslardan foydalanish. Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo`naltirilgan maxsus tizim bo`lib, internet (interanet) tarmog`ida foydalanishga mo`ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta`minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma`lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriykeng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OSX, Novwll Netware). O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle 2.8. Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org Administrator interfeysi Moodle tizimida ishlash uchunmaxsus web oyna(qaytnoma) orqali mijozlarning a`zo bo`lishlari kerak, shu maqsadda tizim har bir mijozni qayd etishi lozim bo`ladi. Tizim orqali o`quv kursiga kirish ikki hil usulda amalga oshiriladi: Mijoz elektron pochta orqali o`zi qaydnomani to`ldirish yo`li bilan; 2. Administrator orqali qaydnomani to`ldirish.(15.3-rasm) MOODLEo`qituvchilarini sayt orqali administrator anketa to`ldirib a`zolikka kiritadi. MOODLE studentlarini esa tashqi ma`lumotlar ombori orqali ro`yhatdan o`tadi. Ro`yhatdan o`tish vaqtida MOODLEning ma`lumotlar omborida olinganlar ma`lumotlarga ko`ra talabaning identifikatsiyasi o`tkaziladi. Ro`yhatdan o`tish uchun belgilangan joylarda talabalar qo`yida ko`rsatilgan anketani to`ldirishlari talab qilinadi (15.4-rasm). 15.4-rasm Ro`yhatdan utish uchun anketa Ruyhatdan o`tgan talaba o`quv jarayoniga qatnashishi uchun kurs administratori yoki kurs o`qituvchisi (tyutori) tastiqlashi kerak bo`ladi, bu tasdiqlash elektron pochta orqaliamalga oshiriladi.
15.5-rasm Administrator sifatida kirish oynasi Tizim administratori “Sayt boshqaruvi” tizimida foydalanuvchilar, Kurslar, baholar, Joylashuv, Til, Modullar, Himoya, Tashqi ko`rinish, Oldingi sahifa, Server, Tarmoq va Hisobotlar bo`limlari bilan ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu panel tizimning asosiy paneli hisoblanib, o`quv jarayoni qanday kechishidan tortib masofadn o`qitish tizimini pullik qilish imkoniyatigacha o`zgartirish imkoniyatiga ega. (15.5-rasm).
Sayt boshqaruvining “Foydalanuvchilar” bilan ishlash paneli quyidagi elementlardan tashkil topgan “Kurslar” paneli orqali yangi o`quv kurslarni qo`shish/ tahrirlash, yaratilgan kurslarga ro`yhatdan o`tishning traektoriyalari belgilash mumkin bo`ladi. Shuningdek “Kurslar” paneli orqali tizim administratori Kurs bo`yicha so`rovlarni o`tkazishi va yaratilgan kurslarni xavfsizlik maqsadida zahiraga saqlab qo`yishi mumkin bo`ladi (15.8-rasm). Tyutor (o`qituvchi) interfeysi MOODLE tizimiga yangi kurslarni yaratish, talabalarga tegishli yordamlar va maslahatlar berish ma`suliyatini tyutor (kurs o`qituvchisi) bajaradi.3 Kurs o`qituvchisi yaratilajak o`quv kursini qanday kommunikatsiya elementlari (chat, forum) mavjud bo`lishligini o`quv jarayoni qanday traektoriya orqali amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish imkoniyatiga ega. Tyutor (o`qituvchi)ning kursni tahrirlash oynasi keltirilgan bo`lib, “Elektron pedagogika”fani misolida o`quv jarayoni tashkillashtirilgan. Ma’ruza №15 15.9-rasm Tyutor (o`qituvchi)ning kursni tahrirlash oynasi O`quv jarayoni 10 xaftalik ko`rinishda keltirilgan. Kurs o`qituvchisi har bir o`quv jarayoniga tegishli topshiriqlarni maxsus e`lonlar oynasi orqali yoki avtomatik ravishda har bir foydalanuvchining shaxsiy elektron pochtasiga jo`natishi mumkin bo`ladi (15.9-rasm). LMS tizimlarining asosiy funksiyalari LMS/LCMS tizimlari elektron ta`limni (masofaviy ta`lim jarayonini) tashkil etishning asosiy funksiyalarini o`z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga o`quvchilarning (o`qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa roldagilarni) ro`yhatga olishi, foydalanuvchilarni o`quv kurslardan chetlashtirish, o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish muhitini yaratish, o`quvchi va o`qituvchilarning o`zaro individual yoki guruh bo`lib hamkorlikda ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to`g`ri joylashtirish, bo`sh qoldirilgan joyni to`ldirish va boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy so`rovlar tashkillashtirish, o`quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o`quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o`quvchilar, o`qituvchilar, kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o`quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o`qituvchi (yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o`quv resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o`quv resurslarini yuklashi, o`quvchilarning boshqa o`quvchilar/o`qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqatini tashkillashtirish, o`quv jarayonida bo`ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o`tish mumkin. Quyida masofaviy ta`lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo`yicha ma`lumotlarni bayon qilamiz. Atutor - Ochiq kodli ta`lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi.Tizimda mavjud o`qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud. Tizim bir nechta standartlarni qo`llab quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo`lgan o`quvchi-talabalar tizim orqali o`quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Hususan ko`zi ojiz talabalar maxsus web ilovalar orqali tizimga bog`langan holda o`quv kontentdagi so`zlarni audio formatda o`tkazgan holda tinglashi mumkin. O`quv modulini yozish vaqtida Atutor dasturiy majmuasining barqaror versiyasi 2.1.1. Tizimning shaxsiy saytida 20 dan ortiq har hil modullar mavjud. Tizimning rasmiy internet manzili: http://atutor.ca/atutor/ Claroline – Erkin va ochiq kodli masofaviy o`quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga orientatsiyalangan dasuriy majmua hisoblanadi. Tizim Luvenadagi (Belgiya) katolik universitetining pedagogika va mul`timedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan foydalanish GNU (General Public License) asosida amalga oshiriladi ya`ni bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda PHP/MySQL/Apachelarni o`rnatilishi talab qilinadi. Windows98 va NT, Mandrake Linux8.1 muhitiga o`rnatilgan Easy PHP tizimda tizim testdan o`tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga 23 (dastur interfeysi) tarjima qilingan.Tizim 2000 dan ortiq talabalarni bir vaqtning o`zida qabul qilishi mumkin. Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta`lim jarayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan barcha talablarga javob beradi xususan, foydalanuvchilarni ro`yihatdan o`tkazish, tizimda foydalanuvchilarning (fan o`qituvchisi, o`quvchi va mehmon) rollarini administrator tomonidan belgilashi, o`quv kurslarni yaratish, ularning tarkibini tahrirlash, talabalar bilimini nazorat qilish, monitoring olib borish, nazorat natijalarini tahlil qilish, tizim ichida foydalanuvchilar o`rtasida kommunikatsiya elementlaridan (chat, forum, qisqa xabarlar jo`natish modullaridan) foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi. Tizimda boshqa LMSlar singari quyidagi ko`rsatilgan o`qitish modullari mavjud: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Groupwork, Studenttracking, Kalendar, Viki va boshqa modullari mavjud. Boshqa LMSlar singari IMS va SCORM standartlarni qo`llab quvvatlaydi. Claroline dasturiy majmuasining imkoniyatlaridan demonstratsiya rejimida foydalanib ko`rish mumkin, buning uchun http://demo.claroline.net/ havolasiga murojaat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator, fan o`qituvchisi, o`quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi mumkin. O`quv modulini yozish vaqtida tizimning barqaror versiyasi Claroline 1.11.8. Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.claroline.net. Dokeos - Clarolinening 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan yangi dasturiy majmua hisoblanadi. Dokeos Claroline platformasini ishlab chiqqan dastlabki ishchi guruhning bir necha a`zolarining ish mahsuli bo`lib, ular ta`lim muassasalari uchun yaratilgan Clarolinedan farqli ravishda davlat korxonalarining ishchi xodimlariga moslashtirishni maqsad qilishdi va amalga oshirishdi. Dokeos dasturiy majmuasining rasmiy Web saytiga tashrif buyursangiz, u erda dasturning 2 ta versiyasini ko`chirib olishni taklif qilinadi: Dokeos FREE – bepul va Dokeos PRO – bepul bo`lmagan, qo`shimcha modullari mavjud bo`lgan dastur paketi taklif etiladi. Lekin Dokeos FREE versiyasi bizning fikrimizga ko`ra, ta`lim jarayonini tashkillashtirish uchun kerak bo`ladigan barcha o`quv modullari mavjud. Sakai – dunyoning ko`pgina ta`lim muassalarida keng foydalanib kelinayotgan navbatdagi 26 ochiq kodli GNUGPL litsenziyasi asosida erkin tarqatiluvchi dasturiy majmua hisoblanadi. Boshqa LMS tizimlaridan farqi shundaki tizim to`liq Java tilida yozilgan. Shu sabali tizim kross-platformali hisoblanadi. Sakai dastur majmuasining o`zining ma`lumotlar ombori mavjud bo`lib, agar foydalanuvchilar soni kam bo`lsa tizimning ichki ma`lumotlar omboridan foydalanish mumkin, agar foydalanuvchilar soni ko`p bo`lsa, u holda MySQL yoki Oracle ma`lumotlar omborida ishlashi mumkin. O`quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiya Sakai 2.9.2. Sakai dastur majmuasida ta`lim jarayonini boshqarish imkoniyatini beruvchi quyidagi umumiy modullari mavjud: Announcements (E`lonlar) - tizim foydalanuvchilariga tegishli e`lonlarni etkazish uchun hizmat qiladi; Drop Box (Fayllar almashinuvi) - talabalar/o`qituvchilar va o`qituvchilar/talabalar o`rtasida (shaxsiy) xujjatlar almashinuvchini ta`minlashga hizmat qiladi; Email Archive (Elektron pochta arxivi) - bu modul orqali tizimdagi foydalanuvchilarning pochta xabarlari tizimning arxiv pochtasida saqlanadi; Resources (Resurslar) - tizim ichidagi foydalanuvchilar o`zlarining o`quv resurslarini saqlashlari va ularni jamoaga e`lon qilish imkoniyati; Chat Room – online ravishda tizim ichidagi foydalanuvchilar o`rtasida aloqani o`rnatish muhiti; Forums (Forum) - biror bir mavzu bo`yicha diskutsiya mavzularni ochish mumkin. On-line muloqatdagi chatdan farqli ravishda bu modul orqali off line ravishda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish mumkin; Message Center ( Xabarlar markazi) - tizim foydalanuvchilari o`rtasida ichki xabarlar almashish moduli; News / RSS - RSS dinamik yangiliklarini o`zingizning kompyuteringizga eksport qilish imkoniyati; Poll tool (So`rovlar o`tkazish) – tizim ichida har xil so`rovlar o`tkazish imkoniyati; Presentation (Prezentatsiya) – bir vaqtning ichida bir nechta foydalanuvchilar uchun fayllarni taqdimot qilish imkoniyatini beruvchi modul; Profile / Roster – tizimda mavjud foydalanuvchilarning shaxsiyprofillari bilan ishlash moduli; Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling