Reja: Masofaviy ta'lim
Download 25.99 Kb.
|
1 2
Bog'liqDiyor mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
MAVZU:OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH. REJA: Masofaviy ta'lim. Oliy ta’lim tizimida masofadan o’qitish omillari va vositalari. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari? Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Masofaviy ta'lim, Oliy ta'limning bir qismini tashkil etadi va bugungi kunda juda keng tarqalgan bo'lib, COVID-19 pandemiyasi sababli ko'p universitetlar, kollejlar va akademiyalarda amalga oshirilmoqda. Masofaviy ta'limni tashkil etishda quyidagi bosqichlar va vositalar ishlatilishi mumkin: 1. O'quv dasturi tayyorlash: Masofaviy ta'limni tashkil etish uchun o'quv dasturlarini tayyorlash zarur. O'quv dasturida, talabalarning masofaviy ta'lim jarayonida qanday ko'rsatuvlar berishlari kerakligi, sinflarda ishlatiladigan o'quv vositalari, darsliklar va boshqa materiallar keltirilishi kerak. 2. Masofaviy ta'limning tashkil qilinishi: Masofaviy ta'limning tashkil qilinishida, talabalarga qanday ko'rsatuvlar berilishi, darslar qanday tashkil etilishi, talabalarning darslar bilan bog'liq savollarga javob berishlari, sinflarda kimlar boshqa talabalar va o'qituvchilar bilan muloqot qilishlari, va boshqa ko'rsatuvlar keltirilishi kerak. 3. Videodarslar va onlayn foydalanish: Masofaviy ta'limda videodarslar va onlayn foydalanishning juda katta ahamiyati bor. O'qituvchilar talabalar uchun videodarslar tayyorlaydi va talabalar o'zlariga qulay vaqtda va o'z yo'nalishlariga mos ravishda darslarni olishlari mumkin. 4. Interaktiv darslar: Interaktiv darslar, talabalarga o'zlarining o'zlashtirish va Shu ma'noda, efir paytida har qanday televizion dasturga qo'ng'iroq qilish yoki SMS yuborish qobiliyati hali interaktiv emas. Garchi, agar tomoshabinlardan yoki foydalanuvchilardan olingan barcha ma'lumotlar ma'lum bir tarzda qayta ishlangan bo'lsa, hozirgi vaqtda (yoki biroz kechikish bilan) efirga uzatilsa va uning asosida aniq echimlar ishlab chiqilsa (mavjud bo'lganlarning etarlicha katta to'plamidan) bo'lsa, unda bu tizim interaktiv deb nomlanadi. Masofadan o‘qitishda o‘qituvchi bilan tinglovchining orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning yo‘qligi ham ba’zi muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, muammoli o‘qitish jarayonini tashkil etishda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Tinglovchini yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda muammoli o‘qitishni tashkil etish muloqotni telekonferensiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan muammoni to‘la hal etib bo‘lmaydi. Ushbu muammoni hal etish uchun qo‘shimcha o‘quv materiallarni ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil qiluvchi ko‘rsatmalar va hokazolar bo‘lishi maqsadga muvofiq. Hozirgi zamon talabiga to‘liq javob beradigan mutaxassisni tayyorlash bu — davr talabidir. Hozirgi vaqtda respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash, o‘qitish, bilim berish, zamonaviy axborot texnologiyalarga yaqindan yondashish hamda yangi texnika va texnologiyalar bilan ishlashni o‘rgatish maqsadida juda ko‘p ijobiy ishlar amalga oshirilib borilmoqda. Ulardan asosiysi, «Masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasi»dir. Shu nuqtai nazardan yosh avlodni masofadan o‘qitish tizimiga tayyorlash bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda amalga oshirish mumkin: Hozirgi axborot texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda masofaviy o‘qitish katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bo‘lgan ta’lim turlaridan o‘zining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi. MO‘ ning kunduzgi va boshqa ta’lim turlaridan farqli jihati shundaki, mazkur ta’lim turiga juda keng aholi ommasini jalb qilish mumkin. MO‘ o‘zida kunduzgi va sirtqi ta’lim turlarining ijobiy xususiyatlarini mujassam etadi. Shu jihatlariga ko‘ra MO‘ hozirgi kundagi istiqbolli ta’lim turlaridan biri hisoblanadi. MO‘ asosida ta’lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan aholining muayyan qismini ta’lim muassasasi joylashgan yerga yig‘ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi tomonidan ortiqcha sarf — xarajat qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu ta’lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. MO‘ ga jalb qilinuvchi kontingentni quyidagi ijtimoiy guruhlarga mansub bo‘lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin: • ikkinchi oliy yoki qo‘shimcha ma’lumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o‘tash istagida bo‘lganlar; • mintaqaviy hokimiyat va boshqaruv rahbarlari ; • an’anaviy ta’lim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli ma’lumot olaolmagan yoshlar; • o‘z ma’lumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish istagida bo‘lgan firma va korxonalar xodimlari; • ikkinchi parallel ma’lumot olishni xohlagan tinglovchilar; • markazdan uzoqda, kam o‘zlashtirilgan mintaqalar aholisi; • erkin ko‘chib yurishi cheklangan shaxslar; • jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar; • harbiy xizmatda bo‘lgan shaxslar va boshqalar. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir. 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi. Bu borada, Respublikamizda qator dolzarb ishlar olib borilmoqda. 2012-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM) o‘rtasida yagona videokonferensiya ta’lim texnologiyasi amalga oshirildi va hozirgi kunda bu borada elektron ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda OTM’larga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malakasini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi. Elektron va masofaviy texnologiyalar — ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir. Elektron ta’lim (E-Learning) — avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravishda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron turlarga bo‘lish mumkin. Sinxron elektron ta’lim — masofaviy ta’lim hisoblanadi, lekin bu real vaqtda amalga oshiriladigan ta’limdir. U oddiy kunduzgi ta’limga o‘xshaydi, farqi shundaki, ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada bo‘ladi. Kundan-kunga keng tarqalib borayotgan vebinarlar mazkur ta’lim shaklining eng yorqin ko‘rinishidir. Ma’ruzalarni tashkillashtirishda maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi. Asinxron elektron ta’lim — bu talaba barcha kerakli ma’lumotni onlayn-manbalardan yoki elektron axborot tashish vositalari (CD, DVD yoki flash-kartalar)dan olishi va materialni o‘zlashtirish sur’ati va jadvalini o‘zi mustaqil tashkil etishdir. Asinxron elektron ta’lim tizimiga barcha turdagi CD-kurslar va elektron o‘qitish kurslari, ostkastlar vaskrinkastlar kiradi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pchilik OTM’larda ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib qolgan, u shuningdek, malaka oshirish kurslarini tashkil etishda ham o‘z o‘rnini topgan, ba’zi korporatsiyalarda bo‘linmalar mavjud bo‘lib, ularning vazifasi xizmatchilar uchun elektron kurslar tashkil etishdir. Masofaviy ta’lim texnologiyalari — masofaviy ta’lim bu E-Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab-quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi. Bunda qo‘llanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga oshirilishi mumkin. XULOSA: Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va juda tеz o`zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqеa hodisalar sodir bo`moqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kеchmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o`rganish informatsiyalarni yig`ish va o`zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o`zlashtirilgan informatsiyalarning ko`p yoki ozligi bilan bеlgilanadi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari kеng yo`l ochish ta'limotni takomillashtirishda yangi informatsiya tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O`zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida» gi qonuni ham zimmamizga shu ma'suliyatni yuklaydi. Download 25.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling