Esemilog x(x,y) – u qarshisida x logorifmining grafigini chizadi;
Semilog y(x,y) – y logorifmi qarshisida x grafigini chizadi;
Loglog(x,y) – u logorifmi qarshisida x logorifmi grafigini chizadi;
Grid – grafikda turni chizadi;
Title (‘matn’) – grafik yuqorisida sarlavha joylashtiradi;
Xlabel (‘matn’) – grafikning x o‘qi ostida matn yozadi;
Ulabel (‘matn’) – grafikning u o‘qidan chap tomonda matn yozadi;
Text (x,y,’matn’) – (x,u) nuqtasida matn yozadi;
Text(x,y,’matn’, ‘sc’) – chap pastki burchak (0,0) koordinatalarga, o‘ng yuqori burchak (1,1)
koordinatalarga ega degan farazda (x,u) nuqtada matn yozadi.
Polar(theta, r) – r va theta vektorlarning qutb grafigini yaratadi, bu yerda theta radianlarda berilgan.
Bar (x) – x vektorning gistogrammasini yaratadi.
Bar (x,y) – sohalarni x vektori elementlariga muvofiq joylashtirib u vektor elementlari gistogrammasini yaratadi.
MATLAB tizimida funksiyani grafigini qurish ancha qulay. Buning uchun MATLAB ning dasturlash tili sintaksisidan foydalanib yechimi aniqlanayotgan funksiyaning dasturi tuziladi va MATLAB ning birorta funksiyasidan foydalanib, masalan plot yordamida tanlangan funksiyaning grafigi quriladi. Funksiyaning grafigini o‘zgarish jarayonini kuzatish ham mumkin. Buning uchun plot funksiyasining o‘rniga comet funksiyasidan foydalaniladi. Grafikni traektoriyasini o‘zgarish tezligini kamaytirish uchun argument qiymatini o‘zgarish qadamini juda kichik olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |