Reja: Mavzu
Download 1.19 Mb.
|
Medetsinada elektronika.
Davolash maqsadida organizmga turli fizik omillar (ultratovush, elektr toki, elektromagnit maydon va boshqalar) bilan dozali ta’sir koʻrsatishni ta’minlovchi elektron qurilmalar: mikrotoʻlqinli terapiya apparatlar, elektroxirurgiya uchun apparatlar, kardiostimulatorlar va boshqalar. Fizik nuqtayi nazardan bunday tuzilmalar har xil elektr signallarning generatori hisoblanadi. 3. Kibernetika elektron qurilmalari: a) tibbiy-biologiya axborotini qayta ishlash, saqlash va avtomatik analiz qilish uchun elektron hisoblash mashina; b) hayot uchun zarur boʻlgan jarayonlarni boshqarish va odamni o ‘rab olgan muhitning holati ustidan avtomatik analiz oʻrnatish uchun tuzilmalar; d) biologik jarayonlarning elektron modellari va boshqalar.
Elektron tibbiy asbob va apparatlarning ishlatilishi diagnostika hamda davolashning samaradorligini va tabobat xodimining mehnat unumdorligini oshiradi. 1.3 Tibbiyot apparaturasining elektr xavfsizligi Elektron tibbiyot apparaturasining ishlatilishi bilan bogʻliiq boʻlgan eng muhim masalalardan biri, ham bemor uchun, ham tabobat xodimi uchun uning elektr xavfsizligidir. Bemor har xil sabablarga (organizmning darmonsizlanishi, narkozning ta’siri, kuchsizlanish, tanada elektrodlarning boʻlishi, ya’ni bemorni elektr zanjiriga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishi h.k) koʻra sogʻ odamga nisbatan alohida elektr xavfli sharoitda boʻladi. Shuningdek, tibbiyot elektron apparaturasi bilan ishlaydigan tibbiyot xodimi ham elektr tokidan zararlanish havf-xatari sharoitida turadi. Elektr tarmogʻi va texnik tuzilmalar, odatda, elektr kuchlanish beradi. Lekin organizm yoki organlarga elektr toki, ya’ni vaqt birligi ichida biologik obyektdan oqib oʻtuvchi zaryad ta’sir koʻrsatadi. 13 Ikkita elektrod orasidagi odam tanasining qarshiligi ichki toʻqimalar va a’zolarning qarshiligi va teri qarshiligining yigʻindisidan iborat (1.2- rasm). Organizm ichki qismlarining qarshiligi - Rich odamning umumiy holatiga kuchsiz bogʻliq boʻlib, hisoblashlarda kaft-tovon yoʻli uchun Rich = 1 kOm qabul qilingan. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling