Reja: Media savodxonlik haqida tushuncha


Download 8.69 Kb.
bet1/3
Sana11.11.2023
Hajmi8.69 Kb.
#1766108
  1   2   3
Bog'liq
Mirjalol 1

Media savodxonlik va axborot madaniyati evolutliyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati

Reja:

1.Media savodxonlik haqida tushuncha

2.Axborot haqida tushuncha

3.Axborot madaniyati.

4.Axborot texnologiyalarining jamiyatdagi o`rni

5.O’zbekistonda media savodxonlik uchun qilingan ishlar haqida.


Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi.
UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, aʼzo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi.

«Axborot» so`zi kutilayotgan yoki bo`lib o`tgan voqеa, xodisalar to`g`risidagi ma'lumotlarni bildiradi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, ob'еktiv rеallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi katеgoriya sifatida ishlatiladi. Kibеrnеtika, informatika fanida axborot voqеa - xodisa to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mеzoni sifatida qo`llaniladi. Kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob'еkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lеkin har qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma'noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma'lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa - xodisa to`g`risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim.


Download 8.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling