Reja: «Mehnat unumdorligi» va «mehnat samaradorligi» xakida tushuncha


Mehnat unumdorligini oshirishning ijtimoiy-iktisodiy moxiyati


Download 89 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi89 Kb.
#1501138
1   2   3   4
Bog'liq
3.Mehnat unumdorligi – iqtisodiy o‘sish omili sifatida

Mehnat unumdorligini oshirishning ijtimoiy-iktisodiy moxiyati
Ijtimoiy yunaltirilgan bozor iktisodiyoti sharoitida mehnat unumdorligini muttasil ravishda oshirib borish uta muxim axamiyatga ega bulib, mehnat unumdorligini oshishi axoli turmush darajasini yaxshilanishiga va ish xaki mikdorlarini oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Mehnat unumdorligi kanchalik yukori bulsa, ish sifati zarur darajada bulgani xolda, mehnat xarajatlari kanchalik kam bulsa, mehnat samaradorligi shunchalik yukori buladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vakt birligi ichida kanday ishlab chikarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u kanday mehnat xarajatlari bilan ta’min etilgani xam muximdir. Mehnat xarajatlari xodimlar soni va mehnatga tulangan xak xarajatlari bilan ulchanadi. Unisi xam, bunisi xam ish vakti bilan ulchanishi mumkin. SHuning uchun xam mehnat samaradorligini taxlil kilganda vakt birligi ichida sarflangan mehnat xarajatlari xam, shu bilan birga uning tuzilishi xisobga olingan xolda xam karab chikiladi.
Mehnat unumdorligini xisoblashda kuyidagilarni ta’minlash imkonini beradigan uslubiyot ideal xisoblanishi mumkin:

  • korxona ishining ijtimoiy kadriyatlar bilan boglikligi;

  • xodimga ragbatlantiruvchi ta’sir kursatish:

  • mehnat unumdorligining umumiy va xususiy kursatkichlari bir ulchov bilan ulchanishi mumkinligi;

  • mehnat mikdori bilan sifati urtasidagi bogliklik.

Xar kanday maxsulot, buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan buladi. Bunday jami mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.
Jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari jonli mehnat moddiylashgan mehnatning tobora kuprok massasini kamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi kupayib borgan sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Ishlab chikarishning takomillashib borishi va fan-texnika tarakkiyoti mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. YAngi texnologik jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash darajasining ortishiga olib keladi. Bu kursatkichni kuyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

Bu yerda: Md- mehnatning mexanizatsiyalash darajasi, %;
Sm- mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari soni;
Su- xodimlarning umumiy urtacha ruyxatdagi soni .
Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga uz ishini mashinalar va mexanizmlar yordamida bajaradigan kishilar kiritiladi.
Mehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi va jonli mehnat sarflashni kupaytirmasdan turib, mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlaridan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligining asosi bulgan mehnatning unumdorlik kuchi mehnat unumdorligining aynan uzi emas: xakikiy mehnat unumdorligi yana ikkita muxim omilga - jonli mehnatning eng muxim kursatkichi bulgan mehnat intensivligiga (jadalligiga) va ish vaktining nominal fondidan foydalanishga xam boglik.
Mehnat jadalligi (intensivligi) - bu, jonli mehnatning jiddiyligi yoki murakkabligi darajasi bulib, ish vakti birligi ichida inson asab va muskul kuvvatining sarflanishi bilan ulchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta’sir kursatmaydigan jadallik ijtimoiy normal jadallik xisoblanadi, sarflangan kuvvat ovkatlanish, dam olish va xissiy engillanish xisobiga tulik tiklanadi.
Xisobga kura, mehnatning normal jadalligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 km tezlik bilan ketayotgan kishining kuch-kuvvat sarflashiga tengdir. Nisbatan normal muayyan mehnat jadalligini oshirish mehnatga xak tulashda tegishli darajada xisobga olishni talab kiladi.
Mehnat unumdorligi mehnat jadalligi bilan bir katorda ish vakti fondidan foydalanish darajasi bilan xam boglikdir.
Ish vaktidan foydalanish ishlangan vaktning, shu jumladan, ichki smena dam olishiga ajratilgan, tartibga solingan tanaffus vaktining mazkur ishlar turi uchun belgilangan nominal vakt fondiga (ish kunining ish xaftasi, oyi va yilning soat xisobidagi mikdoriga) nisbati sifatida aniklanadi. Bu kursatkichlarning indeks alokasi kuyidagi formula bilan ifodalanadi:

Bu yerda: - mehnat unumdorligiga muvofik ravishda mehnat unumdorligi kuchi, mehnat jadalligi va ish vaktidan foydalanish indekslari.
Agar texnika, texnologiya darajasi smena mobaynida 200 birlik maxsulot ishlab chikarish imkonini bergan bulib, mehnat jadalligi va ish vaktidan foydalanish indekslari tegishli ravishda 0,95 va 0,9 dan iborat bulsa, u xolda xakikiy mehnat unumdorligi 200 emas, 171 birlikni (200. 0,95.0,9) tashkil etadi.
«Unumdorlik» tushunchasi maxsulotni xar kanday xarajatlarning turiga yoki barcha turlariga nisbatini anik kursatkichlarda ifodalash uchun kullaniladi. Statistik ma’noda unumdorlik deyilganda, ishlab chikarish natijalarining foydalanish omillari sarflariga nisbati tushuniladi. Boshkacha kilib aytganda, u xarajat birligi tugri keladigan ishlab chikarilgan maxsulot xajmidir. SHunga kura, ishlab chikarish natijasini uning barcha ulchash mumkin bulgan omillari majmuiga nisbatan yoki aloxida gurux omillarga nisbatan xisoblash mumkin.
SHunday omillar jumlasiga kuyidagilar kiradi: 1)sarflangan ishlab chikarish omillarining mikdori va sifati (sarf samarasi); 2)sarflangan omillar mikdorlarining foydalanilishi darajasi (foydalanish samarasi); 3)ishlab chikarish omillari kombinatsiyalarining mikdori (substitutsiya samarasi); 4)texnika tarakkiyoti (texnika samarasi); 5)ishlab chikarish jarayoni tashkil kilinishi (daraja samarasi); 6)aloxida jarayonlar sektorlarning yoki xarajatlar yoxud maxsulotning umumiy mikdorida ishtirok etishi (tarkib samarasi); 7)aloxida sektorlar va jarayonlar orasidagi uzaro alokalar darajasi va tarkibi (uzaro alokodorlik samarasi).

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling