Reja: Mehnat unumdorligining oʻsishi Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot


Download 1.38 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1026848
Bog'liq
Mehnat unimdorligi

Reja: 1. Mehnat unumdorli 2. Mehnat unumdorligining oʻsishi 3. Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot

Mehnat unimdorligi

  • Mehnat unumdorligi - ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi.
  • Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jami-yat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mehnatning asosiy kapital bilan taʼminlanishini yaxshilash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini va texnik tayyorgarlik darajasini, madaniyatini, maʼlumotini oshirish Mehnat unumdorligi oʻsishining eng muhim omillaridandir.

Mehnat unumdorligi va iqtisodiy taraqqiyot muammosi hamisha kishilarni qiziqtirib kelgan va ushbu qiziqish ishlab chiqarishni mashinalashtirishdan boshlab yalpi tus olgan. Dastlab A. Smit, keyinroq D. Rikardo mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldilar. Bu iqtisodchi olimlar tayyor mahsulot, ishlab chiqaruvchi xodimlar va ular foydalanadigan ishlab chiqaruvchi kuchlarning qudrati o‘rtasidagi nihoyatda oddiy bog‘liqliklarni aniqlab berdilar. Hozirga qadar “mehnat unumdorligi” tushunchasiga ta’rif berish va uni hisoblash usullariga turlicha yondashuvlar saqlanib qolmoqda.

  • Mamlakatimiz amaliyotida ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha mehnat unumdorligini hisoblashning turli tamoyillariga asoslanadigan ko‘rsatkichlardan uzoq vaqt davomida foydalanib kelindi. CHunonchi, milliy iqtisodiyotda va uning tarmoqlarida ijtimoiy mehnat unumdorligi hamda uning dinamikasi jami xarajatlar, ya’ni faqat mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan jonli mehnatgina emas, balki buyumlashgan mehnat xarajatlarini ham tejashni aks ettirar edi. Ayni vaqtda, korxonalar darajasida mehnat unumdorligi dinamikasi faqat jonli mehnat tejalishini aks ettirar edi. Bu hol ijtimoiy ishlab chiqarish darajalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni umumlashtirishga va xodimlarning iqtisodiy manfaatlariga kerakli yo‘nalishda samarali ta’sir ko‘rsatishga imkon bermas edi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling