Reja: Melassani qayta ishlashga tayyorlash


Download 186.5 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi186.5 Kb.
#1523329
Bog'liq
Melassani kimyoviy tarkibi va spirt olish texnologiyasi


Melassani kimyoviy tarkibi va spirt olish texnologiyasi
Reja:
1. Melassani qayta ishlashga tayyorlash.
2. Melassaga kislota va antiseptiklar qo‘shish.
3. Melassani sterizatsiyalash.

Melassani qayta ishlashga tayyorlash


Melassani spirt ishlab chiqarishga tayyorlashda u bir jinsli holatga keltiriladi (ya’ni, gomogenizatsiyalanadi), kislota, aseptiklar va achitqi zmburug‘lari uchun ozuqa moddalari qo‘shiladi hamda suv bilan suyultiriladi.
Mikroorganizmlar bilan o‘ta ifloslangan melassa sterilizatsiyalanadi. Melassa bijg‘igan bo‘tqasidan non sanoatida ishlatiladigan achitqi zamburug‘lari ishlab chiqarishda muallaq zarrachalardan tozalanadi.
Melassani qayta ishlashda bir oqimli yoki ikki oqimli texnologik sxemadan foydalaniladi. Shuning uchun texnologik sxemadan bog‘liq holda 22 %-li yoki 12 va 32 %-li quruq moddalari bo‘lgan sharbat tayyorlanadi. Quruq moddalari 12 % bo‘lgan sharbat achitqi zamburug‘lari yetishtirish uchun, 32 %-li sharbat esa asosiy sharbat xizmat qiladi. Bir oqimli texnologik sxemada ham achitqi zamburug‘lari yetishtirish uchun va asosiy sharbat sifatida ham quruq moddalari 22 % bo‘lgan sharbat xizmat qiladi. Bir oqimli texnologik sxema spirt hamda achitqi zamburug‘lari (xamirturush) ishlab chiqaradigan zavodlarda qo‘llaniladi.
Bir oqimli texnologik sxemada melassani o‘lchashdan oldin gomogenizatsiyalanadi. Buning uchun melassani gomogenizator ostidan nasos orqali uskunaning har xil balandligiga yuboriladi. Defektli melassa kontaktli qurilma (kontaktnaya golovka) yordamida sterizatsiyalanadi, plastinkali issiqlik amashinuv qurilmasida sovutiladi, so‘ngra normal melassa bilan qo‘shish uchun gomogenizatorga yuboriladi. o‘lchangandan so‘ng melassaga maxsus aralashtirgich yordamida kislota, aseptik moddalar va achitqi zamburug‘lari uchun ozuqa moddalari qo‘shiladi, 35-40 %-li konsentratsiyagacha suyultiriladi. So‘ngra klarifikator yordamida muallaq zarrachalardan tozalanadi va 22%-li konsentratsiyagacha suyultiriladi.
Ikki oqimli texnologik sxemada achitqi zamburug‘lari yetishtirish uchun mo‘ljallangan gomogenizatsiyalangan melassa tarozida tortiladi, so‘ngra bir oqimli texnologik sxema singari kislota, aseptik va ozuqa moddalar qo‘shiladi va 12 %-li konsentratsiyagacha suv bilan suyultiriladi.
Bir kecha-kunduzda sarflanadigan melassa miqdori zavodning 1 t shartli kraxmaldan spirt olish normasi va melassadagi bijg‘itiladigan (ya’ni achitqi zamburug‘lari tomonidan o‘zlashtiriladigan) shakar miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Spirt zavodining bir kecha-kunduzdagi ishlab chiqarish quvvati rektifikatsiya mahsulotlarida mavjud bo‘lgan suvsiz (absolyut) spirt xom ashyosi miqdorining dekalitrdagi miqdori bilan o‘lchanadi. Bunda, albatta, yetilgan bo‘tqadanspirtni ajratib olishdagi yo‘qotishlar (0,2 %) ham hisobga olinadi. Bir kecha-kunduzda zavodda quvvati Ka % h. Bo‘lgan A dal oliy toifadagi spirt rektifikati, quvvati Kv bo‘lgan V dal efir-aldegid fraksiyasi, quvvati Ks bo‘lgan S dal sivush moyi va quvvati Kd bo‘lgan D dal sivush spirti ishlab chiqarilsin. Mos ravishda, zavodning bir kecha-kunduzdagi ishlab chiqarish quvvati Q (dal hisobida) quyidagiga teng bo‘ladi:
.
1 t shartli kraxmaldan V dal spirt chiqishi normalashtirilgan bo‘lsin va melassa tarkibidagi saxarozaga hisoblangan (keltirilgan) achitqi zamburug‘lari tomonidan o‘zlashtiriladigan moddalar miqdori Σo‘zl % bo‘lsin. Sarflanadigan melassa miqdori quyidagiga teng bo‘ladi:
;
bu yerda: 0, 95- saxarozani shartli kraxmalga keltirish koeffitsiyenti.

Melassaga kislota va aseptiklar qo‘shish


Melassa sharbatini bijg‘itishda muhitda achitqi zamburug‘lari hayot faolityaiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar biosintez qiladigan mikroorganizmlar rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Spirt sanoatida eng xavfli mikroorganizmlar bo‘lib kislota hosil qiluvchi bakteriyalar hisoblanadi. Bular kislota va spirtga yuqori bardoshlikka egalar.
Melassa sharbatini muhit rN-i 5 bo‘lganda bijg‘itish tavsiya etiladi. Muhitdagi begona mikroorganizmlar hayotini bartaraf etish maqsadida bijg‘itishni vodorod ionlari faol konsentratsiyasini 2,8-3,0 qiymatida olib borish yaxshi natijalar beradi. Biroq rN-ning ushbu qiymati achitqi zamburug‘larining ko‘payish va bijg‘ish energiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va, hato, ularning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bir oqimli texnologik sxemada bijg‘itishni muhit rN=5 qiymatda olib boradilar. rN-ning Ushbu qiymati 0,4-0,6o kislotalilikka to‘g‘ri keladi (albatta, melassaning bufer sig‘imidan bog‘liq holda). Ikki oqimli texnologik sxemada bijg‘itishda achitqi zamburug‘lari yetishtiriladigan sharbat kislotaliligi 1,1-1,3o ga teng bo‘ladi. Ushbu sharbat asosiy sharbat bilan qo‘shilgandan so‘ng muhit kislotaliligi 0,6-0,7o gacha pasayadi. ²ar ikkala texnologik sxemalarda ham begona mikrofloralarni o‘ldirish uchun antimikrob moddalar qo‘shiladi.
Suyultirilmagan melassaga kislota va antiseptik moddalar qo‘shish samarali hisoblanadi. Ya’ni bunda mikroorganizmlarga halok etuvchi ta’sirga ega bo‘lgan kislotalilik qiymati (bir oqimli texnologik sxemada 1,6-2,4o gacha va ikki oqimli texnologik sxemada 3,5-4,5o gacha) va antiseptik moddalar konsentratsiyasi yuqori bo‘ladi.
Melassaga kislota qo‘shishda sulfat va xlorid kislotalaridan foydalaniladi. Kislota sifatida xlorid kislotasi ishlatilganida gips hosil bo‘lishining oldi olinadi. Natijada achitqi zamburug‘lari sifati ortadi, separatsiya qilish sharoiti yaxshilanadi va h.k. Bundan tashqari xlorid kislotasi sarfi sulfat kislotasi sarfidan oz (1000 dal absolyut alkogol ishlab chiqarishda 140 kg 100 %-li xlorid kislotasi sarflansa, 250 kg 100 %-li sulfat kislotasi sarflanadi). Biroq xlorid kislotasini tashish noqulayliklar tug‘diradi hamda uskunalar kislotaga chidamli po‘latdan tayyorlanishi lozim. Shuni e’tirof etish lozimki, yuqorida keltirilgan kislotalar sarfi normativ sarf bo‘lib, melassaning ishkorliligi va bufer sig‘imidan bog‘liq.
Qandlarning parchalanishini oldini olish maqsadida sulfat kislotasi qo‘shilishidan oldin 4-5 marta suv bilan suyultiriladi.
Antimikrob moddalari yuqori bakteritsidlik xususiyatiga ega bo‘lishi, shu bilan birgalikda achitqi zamburug‘lari hayot faoliyatiga va spirt sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. Antimikrob moddalari sarfi normasi quyidagicha (1000 dal spirtga kg hisobida): xlor ohaki - 16; 40 %-li formalin - 5,0; sulfanol - 5,2. Bijg‘itilgan melassa sharbatidan xamirturush achitqi zamburug‘lari olishda xlor ohaki sarfi 20-25 kg gacha ko‘paytiriladi. Xlor ohaki dekantatsiyalangan suvli eritma sifatida qo‘llaniladi.
Melassani kislota va antiseptik bilan qo‘shish quyida keltirilgan aralashtirgichda amalga oshiriladi. Aralashtirgich silindrsimon idish (1) bo‘lib, ichida val (4) o‘rnatilgan. Val (4)da qo‘zg‘aluvchan (2) va qo‘zg‘almas (3) sterjenlar o‘rnatilgan. Aralashtirgich ichki korpusi yuzasida ham qo‘zg‘almas sterjanlar o‘rnatilgan. Qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas sterjenlarning birin-ketin o‘rnatilishi girdoblanishga olib keladi. Natijada melassa kislota va antiseptik moddalar bilan obdan aralashadi. Valning aylanish tezligi 70-80 ayl/min ga teng. Aralashtirgich hajmi unda suyuqlik 20-30 sek davomida bo‘lishiga mo‘ljallangan. Melassa va qo‘shiladigan kimyoviy moddalar patrubog (5) orqali kiritiladi va patrubog (6) orqali chiqariladi. Chiqadigan melassa ikki-uch dona yig‘gichga yuboriladi. Ushbu idishlar umumiy hajmi bir kecha-kunduzlik zahiraga teng bo‘lishi lozim.

1.5-rasm. 1-korpus. 2-qo‘zg‘almas sterjen. 3-qo‘zg‘aluvchan sterjen.
4-val. 5-kiritish patrubogi. 6-chiqarish patrubogi.

Melassani sterizatsiyalash


Melassa mikroorganizmlar bilan o‘ta ifloslanganda u sterizatsiyalanadi. Quyida ushbu ishlov berishning texnologik sxemasi keltirilgan.

1.6-rasm. Melassani suyultirish, klarifikatsiyalash
va sterizatsiyalash sxemasi
Melassa yig‘gish idishi (1)dan va suv esa yig‘ish idishi (2)dan nasos (3) yordamida so‘rib olish orqali aralashtiriladi, ya’ni melassa suyultiriladi. Bunda oqim shunday moslanadiki, suyultirilgan melassada 45-50 % quruq moddalar bo‘lsin. Suyultirilgan melassa yig‘ish idishi (4)ga yuboriladi. Yig‘ish idishi (4)dan esa klarifikator (5)ga yuboriladi. Klarifikatordan chiqishda hosil bo‘ladigan ortiqcha bosim tufayli tindirilgan eritma yig‘ish sig‘imi (6)ga, undan nasos orqali issiqlik almashinish qurilmasi (7)ga yuboriladi. Bu uskunada melassa eritmasi ikki bosqichda: birinchi bosqichda - bug‘latish kamerasi (9)da hosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ bilan; ikkinchi bosqichda - o‘tkir bug‘ bilan 85-90 oS gacha qizdiriladi hamda sterilizator (8)ga nasos orqali uzatiladi. Sterilizator (8)da o‘tkir bug‘ bilan 140 oS gacha qizdiriladi. Suyultirilgan melassa eritmasi sterilizatorda 4 sek davomida saqlangach bug‘latish kamerasi (9)ga yuboriladi. Bug‘latish kamerasi (9)da kuchsiz vakuum hosil qilinadi. Ushbu kamerada ikkilamchi bug‘ ajralib chiqishi natijasida eritma 85 oS gacha sovuydi. Ajralib chiqqan ikkilamchi bug‘ issiqlik almashinish uskunasi (7)ga yuboriladi. Eritmani sovutish uchun nasos orqali plastinkali issiqlik almashinish uskunasi (10)ga yuboriladi. Sovutishda ishlatilgan suv melassani suyultirishda ishlatilishi mumkin.

Adabiyotlar ro‘yxati


1. Pod redaksiyey doktora texnicheskix nauk professora V.A. Smirnova. Texnologiya spirta. Moskva: «Legkaya i piщevaya promыshlennost». 1981 god.416 str.
2. A.A. Fuks. Texnologiya spirtovogo proizvodstva. Moskva: «Piщepromizdat», 1954 god. 650 str.
3. P.M. Malsev. Texnologiya brodilnыx proizvodstv. Moskva: «Piщevaya promыshlennost», 1980 god. 560 str.
Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling