Reja: Mesopotamiya manbashunoslik
Download 270.39 Kb.
|
Mustaqil ish tarix (1)
Mustaqil ish Qadimgi Mesopotamiya tarixiga oidmanbalar tasnifi. Reja: 1. Mesopotamiya manbashunoslik. 2. Shummer shahar davlatlarining vujudga kelishi. 3. Shummer-Akkad podsholigi. 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar. Old Osiyodagi mamlakatlar orasida dehqonchilikni keng rivojlantirish uchun eng qulay bo'lgan mamlakat Dajla va Frot daryolari orasida joylashgan bo'lib, uni qadimgi yunonlar Mesopotamiya deb atashgan. Jaxon sivilizatsiyasining markazlaridan hisoblangan Mesopotamiya tarixi Old Osiyodagi kishilik jamiyatining paydo bo'lishidagi ta'sir doirasini o'rganib chiqish asosiy muammolardan biri hisoblanadi chunki Shummer, Akkad davlatining tarixi unga misol bo'lishi tahlil qilib chiqiladi.Mesopatamiya manbashunosligi.1. Ikki daryo oralig'i xalqlari tarixini o'rganishda manbalar ahamiyati.2.Dastlabki davlatlarni yuzaga kelish mohiyati. Mesopatamiya xalqi voha va tog' oldi rayonlarida yashashgan bo'lib, neolit davriga kelib, o'lka rivojlandi. Bu davr tarixini ochib beradigan yozuv paydo bo'lgunga qadar mavjud madaniyat o'choqlari, Xassun va Xalaf manzilgohlarini aytib o'tish lozim, bu xalqlar tarixini ochib berishga 5 ming yillik oxiri 4 ming yillikda ancha rivojlangan El-Ubayda manzilgohi Shummerliklar davri manzilgohi bo'lishi mumkin. Chunki Shummerliklarni kelib chiqishi xozirgacha boy. Mesopatamiyaning shimoliy qismiga sharqiy Semit qabilalari o'rnashdilar hamda ular 3 ming yillikka kelib butun Mesopotamiyaga yoyildilar va Shummer tili va adabiyoti Akkadliklar ta'sirida o'z ahamiyatini yo'qotdi. Mesopatamiyaga g'arbiy Semit qabilalari Amorey qabilalari, Hurritlar va boshqa qabilalarni kirib kelishi kuzatiladi. Mesopotamiya tarixini o'rganishda ayniqsa xo'jalik xujjatlari, qulchilik maxsulot turlari, loy taxtachalarga yozilgan 3 ming yillikka oid Jamded nasir manzilgohni olohida takidlash kerak. Shuningdek yuridik xujjatlari, Shulgi qonunlari, Larsa - Issim qonunlari, hamurapi qonunlari Mesopotamiya tarixini yoritishga xizmat beradi. Mesopotamiya (yun. μέσος (mezos) — „orasi“, „oʻrtasi“ va ποταμός (potamos) — „daryo“, yaʼni „ikki daryo oraligʻi“) Tigr va Yevfrat daryolari orasidagi mintaqa boʻlib, asosan hozirgi Iroq hamda shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya va gʻarbiy Eron hududlariga mos keladi. Qadimgi Mesopotamiya joylashgan hudud.Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi) — Dajla va Furot daryolarining oʻrta va quyi oqimidagi hudud (Gʻarbiy Osiyoda). Qadimgi Sharqning madaniy markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikda Mesopotamiya hududida ilk davlatlar (Ur, Uruk, Lagash va boshqalar) vujudga kelgan.Diplomatik xujjatlar :Mesopotamiyaning Vavilon, Mari, Suriya, Finikiya kinyazliklari bilan umumiy yozishmalar qayd etilgan. Akkad podshosi Naram Suen bilan Elam podshosi o'rtasidagi shartnoma nusxalari mavjud. Mesopotamiya tarixini o'rganishda ingliz olimlaridan G. Leyyard fransuz A. Parro va sobiq ittifoq olimlari V. SHleyko, V. Struve kabi olimlarning ilmiy ishlarini aytib o'tish lozim. Qadimgi Mesopotamiya manbashunosligiga rus olimlaridan M. Nikolskiy va A. Ivanovlar Van ko'li atrofida qazish ishlarini olib boradi va Urartu tarixiga oid materiallarni, xususan yozuvlarni to'plash va o'rganish borasida katta muvaffaqiyatga erishdilar. Mesopotamiya (yun. μέσος (mezos) — „orasi“, „oʻrtasi“ va ποταμός (potamos) — „daryo“, yaʼni „ikki daryo oraligʻi“) Tigr va Yevfrat daryolari orasidagi mintaqa boʻlib, asosan hozirgi Iroq hamda shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya va gʻarbiy Eron hududlariga mos keladi.Qadimgi Mesopotamiya joylashgan hudud.Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi) — Dajla va Furot daryolarining oʻrta va quyi oqimidagi hudud (Gʻarbiy Osiyoda). Qadimgi Sharqning madaniy markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikda Mesopotamiya hududida ilk davlatlar (Ur, Uruk, Lagash va boshqalar) vujudga kelgan.Mesopotamiya baʼzan „tamaddun beshigi“ deb ataladi, bunga sabab bu mintaqada Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari boʻlganligidir. Temir asrida Mesopotamiya Yangi Ossuriya va Yangi Bobil imperiyalari, keyinchalmk Axamoniylar hukmronligi ostida boʻldi. VII asr Islom fathigacha Sosoniylar tomonidan boshqarilgan bu hudud fathdan soʻng Iroq degan nom bilan ataladigan boʻldi. Shumerlar, shumeriylar — Janubiy Mesopotamiya (hozirgi Iroq)da yashagan qadimiy xalq. Oz sonli lingvistik va toponimik maʼlumotlarga koʻra, Sh. mamlakatning tub joy aholisi boʻlmagan. Ular bu hududga kamida mil. av. 4-ming yillikda kelishgan. Antropologik jihatdan yevropeoid boʻlishgan. S.P. Tolstovning fikricha, Shummer tili koʻp jihatdan Oltoy til guruhiga mansub turkiy tillarga oʻxshash boʻlgan (qarang Shumer shili).SH. dastlab, Mesopotamiyaning katta qismini egallashgan. Mil. av. 3-ming yillikning 2-choragida (ehtimol undan avvalroq) Janubiy Mesopotamiyaning shim.ga joylashgan sharqiy somiylar — akkadlar tomonidan jan.roqqa siljiganlar. Mil. av. 2-ming yillikning 1-yarmida Sh. va sharqiy somiylar yagona — akkad xalqi boʻlib birlashganlar. shahrida boshqa dinlar qatori tangrichilik ham tarqalgan. Shumer tili Mesopotamiyada din va ilm-fan tili sifatida mil. av. 2—1-asrlargacha saqlanib qolgan. Mesopotamiya xalqi eng qadimiy yozuv — mixxatning ijodkorlari hisoblanadi. Bu yozuv ilk sulolalar davrida (mil. av. 2700-2300) da mixxat paydo bo'lgan. Shaharlar orasida xususan Uruk, Umma, Lagash, Akkad va boshqa shaharlar o'rtasida gegemonlik uchun kurash avj olgan. Akkad podshosi Sargon butun Mesopotamiyani o'z qo'l ostida birlashtirgan va qudratli davlatga aylangan. Keyinchalik shaharni Bobil davlati tarkibiga qo'shib olingan. Shumerlar dini — tabiiy politeizm, yerdagi hosildorlik va moʻl-koʻlchilikni taʼminlovchi koinotning buyuk kuchlariga sigʻinish. Shumerlarda shaharlarning homiy-xudolari bilan bir qatorda, ulardan yuqorida samoviy xudolar ham mavjud boʻlib, koʻpincha bu ikki sinfdagi xudolarning funksiyalari bir-birini takrorlaydi va, xatto aralashib ham ketadi. Odamlar — ilohiy irodani amalaga oshiruvchilar, bu iroda amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan maxsus asbob boʻlgan, xolos. Ularning vazifasi yerda samarali hayotni taʼminlovchi buyruqning soʻzsiz tatbiq qilinishini taʼminlashdan iborat boʻlgan. Buni amalga oshirish uchun har bir kishi oʻzining homiy-xudosiga ega boʻlgan. Shu tariqa, qadimgi inson har bir kishining bir nechta homiy xudolari-boʻlishiga ishonilgan. Bu xudolar oʻz mohiyatiga koʻra, „muhim hodisaning — shaxs oʻzligini idrok qilishining muayyan psixologik jihatlari individuallashgan va miflashgan holda namoyon boʻlishi edi“. Shaxsiy homiy-xudolarning paydo boʻlishi va rivojlanish fenomeni soʻzsiz qadimgi dunyo kishisining ongi, oʻzini individual shaxs sifatida anglash jarayoni oʻsganligidan dalolat beradi. Qadimda mamlakat janubini Shumer, aholisini shumerlar. shimoldagi yerlarni Akkad, aholisini esa akkadlar deb atashgan. Shumer va Akkad aholisi tashqi qiyofalari jihatidan bir-birlaridan farq qilganlar.Shumerlar past bo’yli, kaltabaqay, jussador, kulcha yuzli, tanqaygan burunli, soqol va mo’ylovining siyrakligi bilan akkadlardan ajralib turganlar. Semit qabilalariga mansub akkadlar esa kelishgan jussali, norg’il, qirra burun, yuzlari cho’ziq, ko’zlari katta-katta, sersoqol va sermo’ylov bo’lishgan.Miloddan avvalgi VIVyilliklarda irrigatsiya va qishloq xo’jaligining rivojlanishi natijasida Ur, Uruk, Erudu, Larsa, Kish, Lagash, Umma singari katta-katta qishloqlar paydo bo’ldi. Miloddan avvalgi IV ming yilliklarda Janubiy Mesopotamiyaga janubi-sharq tomondan shumerlar kelib joylashganlar. Shu vaqtdan boshlab bu joy Shumer viloyati nomini olgan. Janubiy Mesopotamiyada dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida badavlat kishilar, erkin jamoachi dehqonlar. Hunarmandlar va qullar ko’paya boshlagan. Bu Mesopotamiya dunyosidagi tabaqalar edi. Har bir shahar-davlatning o’z podshosi, amaldorlari, vaziru vuzarolari, qo’shinlari, qo’riqchilari, ruhoniylari, jinoyatchilarini jazolovchilari va qamoqxonalari bo’lgan. Butun shahar, unga qarashli qishloq ahli podshoning fuqarosi hisoblangan. Qadimgi Mesopotamiya shahardavlatlarini faqat jazolovchi tashkilot deb qarash kerak emas. Bu shahar-davlatlar zimmasida sug’orish inshootlarini tartibga keltirish, dehqonchilikni, chorvachilikni, hunarmandchilikni, savdo-sotiqni rivojlantirish va mamlakatni mudofaa qilishdek juda muhim ishlar turgan. Bu jarayonlar Mesopotamiyada miloddan avvalgi IV ming yillikning ikkinchi yarmi va III ming yillik boshlarida sodir bo’lgan. Miloddan avvalgi III ming yillik boshlarida Janubiy Mesopotamiyada turli xil tillarda gaplashuvchi qabilalar yashar edi. Janubda mahalliy aholi bilan aralashgan shumerlar, Dajla va Frot vohasining o’rta qismida esa mahalliy aholi bilan birga akkadlar ham yashar edilar. III ming yillikning birinchi yarmida Shumerda Eredu, Ur, Larsa, Uruk, Lagash, Umma, Shuruppak, Isin, Nishur, Kish, ulardan shimolda esa Ashshur, Mari, Nineviya va boshka yirik shahar-davlatlar bor edi. Mamlakat janubida yashagan shumerlar bilan shimolda yashagan semitlar o’rtasida qonli urushlar davom etgan. Uzoq davom etgan janglar natijasida semitlar g’olib chiqqanlar va Akkad davlatini tuzganlar. Bu davlatning asoschisi o’z davrining yirik siyoiy arbobi Sargon I (2316—2261) edi. O’sha davrdan qolgan afsonalarda Sargonning tashlandiq bola bo’lganligi aytiladi. Hikoyada aytilishicha, uning onasi kambag’al bir ayol bo’lgan. U go’dak o’g’lini boqa olmay, qamishdan yasalgan savatga solib Frot daryosi bo’yiga tashlab ketgan. Akki degan suv tashuvchi—meshkob uni topib olib tarbiya qilgan. Ma’buda Ishtar voyaga yetgan Sargonni yaxshi ko’rib qolib, uni Akkadga podsho qilib qo’ygan. Sargon (haqiqiy podsho degani) dastlab Akkadda o’z hokimiyatini mustahkamlab olgach, yanada kuchli qo’shin tuzib, Kishni bosib olgan. O’zini "Kish podshosi" va "Akkad podshosi" deb e’lon qilgan. NATIJA Sargon I butun Shumerni o’ziga qaratib, Elamga qo’shin tortib, uning bir qancha shaharlarini bosib olgan. Fors qo’ltig’ida ham o’z hokimiyatini mustahkamlagan. Sargon. I navbatdagi hujumlarini Akkadning shimol va shimolig’arbidagi o’lkalariga qaratgan. Uning qo’shinlari Suriya, Falastinni bosib olib, O’rta yer dengizi sohillariga chiqqan. Sargon I Elam, butun Mesopotamiya va Old Osiyoni o’z ichiga olgan g’oyat katta harbiy davlat barpo etib, o’zini "to’rt iqlim podshosi" deb e’lon qilgan. Bu Janubi-G’arbiy Osiyodagi eng yirik dastlabki quldorlik davlati edi. Sargon I 55 yil bu saltanatning podshosi bo’lib turgan. Bu davrda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivoj topgan. Yirik sug’orish inshootlari qurilgan, ayniqsa savdo-sotiqqa keng yo’l ochib berilgan. Ammo Sargon I podsholigining oxirlarida Mesopotamiyada ham, boshqa o’lkalardagidek, noroziliklar kuchayib, qo’zg’olonlar boshlangan. Sargon I qo’shinlari bu qo’zg’olonlarni qiyinchilik bilan bostirganlar. Sargon I vafotidan keyin uning taxtiga vorislari Rimush, Manishtush, Karamsin va boshqalar (2261— 2200) o’tirib davlatni boshqarganlar. Rimush qo’zg’olon ko’targan Shumer shaharlari va Elam ustiga bir necha bor qo’shin tortgan. U qo’zg’olonni bostirib, qo’zg’olonchilardan shafqatsizlik bilan o’ch olgan. Ularni qaytadan o’ziga bo’ysundirgan. U Akkadning yanada ravnaq topishiga erishgan Rimushning vafotidan keyin taxtga uning ukasi Manishtush o’tirgan. U ham mustaqillik uchun kurash boshlagan qo’zg’olonchilarni tor-mor qilgan. U Shumer va Elamdagi ruhoniy aslzodalarga katta-katta hadyalar berib, ularni o’ziga qaratib olgan. Manishtush Akkad va Shumer aslzodalariga va o’z askarlariga yerlar bo’lib bergan. XULOSA Shu yo’l bilan markaziy hokimiyatni mustahkamlab olishga harakat qilgan. U ham fitnachilar tomonidan oo’ldirilgan. Mening xulosam: Mesopotamiya tarixiga nazar tashlasak uning siyosiy jihatlari, qo'shni davlatlar bilan o'zaro iqtisodiy, siyosiy, diniy munosabatlar va jarayonlar haqida o'rganish barobarida yutuq va kamchiliklari haqida ham ma'lumotlarga ega bo'lish imkoni tug'ildi. Ushbu davlatning o'ziga xos xususiyatlari qonun qoida va ma'lum ijtimoiy me'yorlari va konsepsiyalarga ega ekanligi ham uning o'z davridagi yuksalish pog'onasiga ko'tarilishining ma'lum manodagi turtkisi deb ham sanash mumkin. Shummer va Akkad davlatlari uzoq yillar davomida kurashlar olib bordi. Bu davrlar oralig'ida ikki davlat o'rtasida nizolar avj oldi. Sargon olib borgan siyosiy tadbirlar ushbu ikki nizoli davlatni o'zaro birlashtirib ravnaq topishiga ilib keldi. Shuning bulan ushbu yangi jamiyatda savdo sotiq, dehqonchilik, hunarmandchlik kabilarni rivojlantirdi. Shuning bilan birga ta'kidlab o'tish joizki davlat rivoji uchun eng muhim strategiyani qo'llab muntazam qo'shin tuzishga erishdi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.V.I.Istoriya Drevnogo Vasmoka M-1948 yil. 2. Feder D. T Istoriya Drevnogo Mira M-1985 yil. 3. Arxeologlar hikoya qiladi. To'plami. Toshkent, 1974-yil. 4. Borisaviskiy A. I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka, 1980-yil. Download 270.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling