Reja: Metallarni bosim bilan ishlashning umumiy xarakteristikasi
Download 202.83 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Mavzu : Metallarni bosim bilan ishlash asoslari REJA: Metallarni bosim bilan ishlashning umumiy xarakteristikasi. Bosim bilan ishlashning fizik asoslari. Bosim bilan ishlashdan oldin metallni qizdirish 1.Hozirgi vaqtda metallarni bosim bilan ishlash mashinasozlik sanoatida muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda suyuqlantirib olingan po‘latlarning qariyb 90% ni, rangdor metallar va ularning qotishmalari bosim bilan ishlanadi. Bosim bilan ishlashdan ko‘zda tutiladigan asosiy maqsad oddiy shakldagi zagatovkalardan murakkab shakilli buyumlar hosil qilish, metallarning strukturasini va mexanik hossalarini yaxshilashdan iborat. Metallarni bosim bilan ishlash tejamkor jarayon hisoblanib, mexanikaviy hossasi yuqori bo‘ladi. Masalan, boltning mexanikaviy xossasi bosim bilan ishlangan. kesish yo‘li bilan ishlangan boltnikidan yuqori bo‘ladi. 2.Bosim bilan ishlashda zagatovkaning shakli asliga qaytmaydigan qilib o‘zgartiriladi, buning uchun zagatovka metalida plastiklik hossasi bo‘lishi kerak. Metalning ma’lum sharoitda tashqi kuchlar ta’sirida emirilmay o‘z shaklini asliga qaytmaydigan tarzda o‘zgartira olish xususiyati uni plastikligi deyiladi. Metallar shaklining plastik tarzida o‘zgarishi plastik deformatsiya deb ataladi. Metalga biror kuch ta’sir etirilganda shu metal geometrik o‘zgarishi deformatsiya deyiladi. Plastik deformatsiya vaqtida esa metal kristall donalari maydalanadi va muayyan tartibda joylashib qoladi, kristall panjaralarining shakli o‘zgaradi va bir-biriga nisbatan siljiydi. Donalarning muayan tartibda joylashib qolish hodisasi teksturalanish deyiladi. Metall odatdagi sharoitda plastik deformatsiyalangan uning puxtaligi va qattiqligi ortib, plastikligi kamayadi. Bu hodisa naklyop yoki zogortovka deb ataladi. Metalda plastik deformatsiyalanish natijasida hosil bo‘lgan naklyopni yo‘qotish zarur bo‘lsa, metallni ma’lum temperaturagacha qizdiriladi. Masalan, naklyoplangan po‘lat buyum 200-300°S gacha qizdirilsa, uning qattiqligi va puxtaligi 20-30% pasayadi. Bu xodisa qaytish yoki xordik deyiladi. 3.Metalning deformatsiyalanishdan oldingi hossalari batamom tiklash uchun uni yuqoriroq temperaturagacha qizdirish zarur. Naklyoplangan metall yuqoriroq temperaturagacha qizdirilganda shu metall hossalarini tiklanishi rekristallanish deb ataladi. Rekristallanish temperaturasi har hil metal uchun turlicha bo‘ladi. Masalan misniki 270°S, temirniki 450°S, nikelniki 600°S, alyuminiyniki 100°S. Issiq holda rekristallanish (qaytish) natijasida donalar tiklanadi va puxtalanish kamayadi. Qaytish jarayoni amalga oshgan temperatura rekristallanish temperaturasi deyiladi Trekr 0,4 • Ter toza metallar uchun, Trekr 0,6 • Ter qotishmalar uchun, Ter –erish temperatura (0К). Pōlatlar uchun qaytish temperaturasi 650-7000C oraliqd. soviq holda deformatsiyalash issiq holda deformatsiyalash T < Trekr T > Trekr Metalning rekristalanishi temperaturasi bilan suyuqlanish temperaturasi orasida quyidagi bog‘lanish bor. Tr = Ts Tr - rekristallanish temperaturasi. Ts - suyuqlanish apsalut temperaturasi. α - metallarni tozaligiga bog‘liq bo‘lgan koefisent. Issiq holda rekristallanish (qaytish) natijasida donalar tiklanadi va puxtalanish kamayadi. Qaytish jarayoni amalga oshgan temperatura rekristallanish temperaturasi deyiladi Trekr 0,4 • Ter toza metallar uchun, Trekr 0,6 • Ter qotishmalar uchun, Ter –erish temperatura (0К). Pōlatlar uchun qaytish temperaturasi 650-7000C oraliqd. soviq holda deformatsiyalash issiq holda deformatsiyalash T < Trekr T > Trekr α - toza metall uchun, α = 0,3 : 0,4; qotishma uchun =0,8. Metallarni rekristalllnish temperaturasidan yuqori temperaturada qizdirib deformatsiyalash qizdirib bosim bilan ishlash deb, rekristallanish temperaturasidan past temperaturada defarmatsiyalash sovuqlayin bosim bilan ishlash deyiladi. Download 202.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling