Reja: Metrologik xizmat haqida
- mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste‟molchilarni chalg„ituvchi harakatlarning oldini olish
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lecture 13
- mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste‟molchilarni chalg„ituvchi harakatlarning oldini olish. Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari ham ko„rsatib o„tilgan (5 – modda). Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: - texnik reglamentlarni qo„llashning majburiyligi; - texnik reglamentlarni qo„llashning bir xilligi; - texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi; - texnik reglamentlarning, ularni ishlab chiqish, qabul qilish va e‟lon qilish tartibi to„g„risidagi axborotning ochiqligi. Bundan tashqari qonunda texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi (6 – modda) ham ko„rsatib o„tilgan. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi: O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari – O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi; texnik jihatdan tartibga solish sohasida o„z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va xo„jalik boshqaruvi organlari. Qonunning 2 – bobi “Davlat organlarining va boshqa organlar hamda tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari” deb nomlangan bo„lib, unda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (7 – modda), O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (8 – modda), O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi, O„zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O„zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasining texnik jihatdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (9 – modda) , Davlat va xo„jalik boshqaruvi organlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (10 – modda) ko„rsatib o„tilgan. Qonunning 3 – bobi “Texnik reglamentlar” deb nomlangan. Unda texnik reglamentlarning turlari (15 – modda), texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta‟minlashga doir talablar (16 – modda), texnik reglamentlarning mazmuni (17 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish (18 – modda), texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi (19 – modda), texnik reglamentlarni qabul qilish tartibi (20 – modda) va shu kabilar aniq ko„rsatib berilgan. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling