3. MK protsessorlarining buyruqlar tizimi.
Har qanday mikroprotsessor tizimidagi kabi MK protsessorining buyruqlar tizimi ham to‘rtta asosiy buyruqlar guruhini o‘z ichiga oladi.
-axborotlarni uzatish buyruqlari;
Zamonaviy MK ko‘pchiligida shuningdek portlarning (registrlar) razryadlarini bog‘liq bo‘lmagan holda boshqarishni joriy etish uchun bitli boshqarish buyruqlar guruhi inobatga olingan (bul yoki bitli protsessor). Bitli protsessor buyruqlarining mavjudligi dasturni boshqaruvchi kod hajmining va ularni bajarish vaqtini jiddiy kamayishiga imkon beradi.
Qator MK shuningdek kontroller resurslarini boshqarish buyruqlar guruhini ajratib ko‘rsatadilar, ularni kiritish/chiqarish portlarini ish tartibini sozlash, taymerni boshqarish va h.k. ishlatiladi. Zamonaviy MK ko‘pchiligida kontrollerning ichki resurslari axborotlar xotirasida aksini topadi (yoziladi), shuning uchun resurslarni boshqarish maqsadida axborotlarni uzatish buyrug‘i ishlatiladi.
MK buyruqlar tizimi universal mikroprotsessorning buyruqlar tizimiga qaraganda odatda arifmetik va mantiqiy buyruqlar tizimi kam rivojlangan guruhlardan iborat, lekin shunga qaramay axborotlarni uzatish va boshqarish buyruqlari ancha quvvatli rivojlangan guruhlardan tashkil topgan. Bu xususiyatlar MK tatbiq qilinadigan sohalariga bog‘liq bo‘lib, avvalam bor atrof muhitni nazorat qilish va boshqaruv taʻsirini hosil qilish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |