Reja: Mikroprosessor ishlab chiqarilish tarixi


Download 128.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.02.2023
Hajmi128.39 Kb.
#1198879
  1   2
Bog'liq
3-MARUZA



MAVZU: Mikroprotsessorlar va ularning turlari. Mikroprotsessorning 
tuzilishi. 
Reja: 
1.Mikroprosessor ishlab chiqarilish tarixi.
2.Mikroprosessor turlari.
3.Mikroprosessor ishlab chiqarilish tarixi
Kompyuter eng oddiy sondagi elektron qismlardan tashkil topgan bo’lib, bu 
qismlarga nisbatan bajariladigan eng oddiy vazifalarning turi esa juda ham oz.
Kompyuter elementlarning bu vazifalari o’tgan 45-50 yil ichida deyarli 
o’zgarmaydi, ammo bu elementlarning fizik tuzilishida muhim o’zgarishlaryuz 
berdi. Kompyuterlarning har bir rivojlanish bosqichi kompyuterlarning elementlar 
majmui bilan, yani elementlar b a z a s i orqali belgilanar edi. EХMning elementlar 
bazasi o’zgarishi bilan uning xususiyatlari, tashqi ko’rinishi va imkoniyatlari ham 
o’zgarib bordi. Inson tomonidan shu paytgacha ixtiro qilingan hech bir texnik 
qurilma elektron hisoblash mashinalari kabi jadal rivojlanmagan edi. Har 10-12 
yilda EХMning tuzilishi va ishlab chiqarilishida katta o’zgarishlar yuz berdi. 
Bunday keskin o’zgarishlar natijasida ular eski EХMlarni yangi modellarning 
ko’llanilish soxalari tobora kengaytirib borildi va natijada ular eski EХMlarni siqib 
chiqara boshladi. 
Mana shuning uchun ham hisoblash texnikasining rivojlanish davrida biri o’rniga 
boshqasi vujudga keladigan EХM a v l o d lari haqida gapirish o’rinlidir.
Shunday qilib, hisoblash texnikasi avlodlarining almashishi asosida EХMning 
elementlar bazasining yangilanishi yetadi. Yangi elementlar bazasining vujudga 
kelishi EХM kismlari ishlashining yangi prinsiplarini, materiallarning yangi 
xossalarini va ishlab chiqarishning yangi usullarini ochishga olib keladigan fizika 
va kimyo sohalarining rivojlanishiga bog’liqdir. 
Elementlar bazasining yangilanishi hisoblash texnikasini ishlab chiqaradigan 
zavodlarni to’la qayta ko’rishni ,yangi texnologik liniyalar, stanoklar va boshqa 
uskunalarni ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shuning uchun bunday almashish 
hisoblash texnikasining xususiyatlarini tubdan yaxshilay olgandagina o’zini 
oqlaydi, xolos.
Тabiiyki, avlodlarning almashishi elementlar bazasining yangilanishidangina iborat 
bo’lmasdan, balki har bir yangi avlod bilan EХMdan amaliy foydalanishda 
masalalarni yangicha yechish usullari va dasturli taminotning yangi tashkil 


qiluvchilari ham vujudga keldi. O’zining taraqqiyot darajasi, elementlar bazasi, 
xotirasi va tezligiga qarab EХMlar asosan besh avlodga bo’linadi. 
Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasining asosini to’rtinchi avlod mashinalari tashkil 
yatadi.
B i r i n ch i a v l o d (1946-1955 yillarni o’z ichiga oladi) EХMlarida elektron 
sxemalarning barcha elementlari alohida detallar ko’rinishida tayyorlanar 
edi.Ularning ichida eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va televizorlarda 
uchratish mumkin bo’lgan vakuumli elektron lampalar edi. Bunday lampalarning 
bir nechtasi metall panel- shassi ustiga urnatilar,uz navbvtida shassi esa EХM 
korpusi ichiga joylashtirilar edi. Shu shassining o’ziga sxemaning boshqa 
elementlari ham mustahkamlab qo’yilar edi. 
EХM ning o’zi esa elektron lampali shassilar bilan to’ldirilib tashlangan ko’p 
sondagi metall shkaflardan iborat ko’rinishga ega edi.
Birinchi avlod mashinilari katta zallarni egallagan holda, yuzlab tonna og’irlikka 
ega bo’lib, yuzlab kVt elektr energiyasini sarflar va ularning tezligi sekundiga 10-
20 ming arifmetik amalgacha edi. Bunday EХMlar jumlasiga MESM, BESM, 
Strela, Ural, Minsk-1 kabi va h.k. kiradi. 
I k k i n ch i a v l o d (1955-1965 yillar o’rtalarini o’z ichiga oladi) EХMlari 
tranzistorlarning ixtiro qilinishi tufayli paydo bo’ldi. Тranzistorlar o’lchamlarining 
radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EХM bloklarini bosma p l a t a l a r deb 
ataluvchi ko’rinishda tayerlash imkonini beradi. Bunday plata bir tomondan 
tranzistorlar va boshqa elementlar joylashtirilib, qalaylangan ikkinchi tomondan 
sirtida sxema elementlarini bog’lovchi yupka ko’rinishdagi metall o’tkazgichlar 
joylashgan plastmassa p l a s t i n k a d a n iborat.
Тranzistorlar va bosma platalardan foydalanish radiolampalarga nisbatan kamroq 
joy egallab, kamroq energiya sarflar va ishonchlirok ishlar edi. Bu hol EХMni 
ixchamroq, arzonroq va tejamliroq qilishga imkon beradi. Ularning tezligi 
sekundiga 10 mingdan 100ming arifmetik amalgacha bo’lib, bunday EХMlarga 
hozir ishlab chiqarilmayotgan, lekin foydalanib kelinayotgan SA-501 modeli 
(AQSh,1959), Stretch(Angliya), "Minsk-2", BESM-6 va x.k.kiradi. 
U ch i n ch i a v l o d (1960 yillarning urtasi va 1970 yillar) EХMlarining asosini i 
n t ye g r a l s x ye m a l a r tashkil qiladi (bunday sxemalar birinchi marta 
AQShdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shaxrida yaratilgan). Fizika va 
kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristallidan yasalgan 
plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli 
aralashmasining yupka qatlamini surtib quygan holda tuzish mumkunligini 
ko’rsatdi. Elementlerni birdagina plastinkaning ko’pgina qismlarida ham tashkil 
qilish mumkin.


Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko’p qatlamli moddalar ko’rinishidagi bunday 
sxema i n t ye g r a l s x ye m a nomini olgan. Bitta kristallda joylashgan dastlabki 
integral sxemelarda yuzga yaqin elementlar joylashgan edi. Integral sxemalarning 
ixtiro qilinishi EХMning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng 
istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to’la foydalanib bo’lingani 
yo’q. Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlanishi, 
o’lchamlarning ixchamligi ishlab chikarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat 
yaratdi. Bu avlod EХMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi 
integral sxemalar qo’llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan 1 mln. arifmetik 
amalgacha bo’lib, bunday EХMlarga "IBM-360" (AQSh,1965) va YeS oilasiga 
mansub bo’lgan YeS-1022, YeS-1035, YeS-1060 va x.k. kiradi. 
Т o’ r t i n ch i a v l o d (1970-1980 yillar) EХMlarida bir kremniy kristallida o’n 
minglab o’tkazgich elementlar bo’lgan katta integral sxemalar (BIS-Bolshaya 
integralnaya sxema ) kullaniladi.Bir kremniy kristallida butunlay joylashadigan 
EХM protsessorning yaratilishi ХХ asrning ajoyib yutug’i bo’ldi. Bunday bir 
kristalli protsessorlar mikroprotsessorlar degan nomni oldi. Natijada bitta platada 
EХMning hamma qurilmalarning elektron sxemalarini joylashtirish mumkin 
bo’lib, o’ttiz yil ilgari katta zalni egallagan EХMning o’zi esa hajmi va narxi 
buyicha foydalanuvchining ish joyida yakka tartibda ko’llashga imkon yaratib 
berdi. Natijada shaxsiy EХMlar, chuntak va stol mikrokalkulyatori paydo buldi.
Hozirgi paytda ishlash tezligi, xotira sig’imi va boshqa xususiyatlari bo’yicha eng 
yuqori bo’lgan "Super EХM" mashinalari tayyorlash imkoniyati paydo bo’ldi 
.Bunday EХMlar eng zamonaviy elementlar bazasida tayyorlanib, juda 
qimmatbaho, lekin bu mashinalar fan va texnikaning turli soxalarida tengi yo’qdir. 
Ularning tezligi sekundiga 100 mingdan bir necha million arifmetik amalgacha 
bo’lib, bunday EХMlar jumlasiga hozirgi paytda ishlab chiqarishda keng 
qo’llanilayotgan 486 DX2-66,Power Macintosh,VIST 2000 Pentium va x.k. kiradi. 
B e sh i n ch i a v l o d kompyuterlari optik elementlar asosida yaratilgan bo’lib, 
ular kelajak mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer nurlari bilan 
almashtiriladi. Natijada kompyuterning tuzilishi ham tubdan o’zgaradi. Uning 
asosiy xususiyatlaridan biri faqat sonli hisoblashlarni emas, balki axborotni 
kiritishda analiz qilish usuli bilan fikrlanadigan axborotlarni ham bajarish 
imkoniyatiga ega, yani kompyuter bilan muloqot tabiiy maxsus bilimga ham ega 
bo’lmogi kerak. Хulosa qilib aytganda, beshinchi avlod kompyuterlarning ishlash 
prinsipi inson tafakkurining faoliyatiga iloji boricha yaqinlashuvi lozim. Demak, 
ushbu avlod kompyuterlarning operativ xotirasi suniy intellekda tasvirlanishi 
kerak. Bundan ko’rinadiki, beshinchi avlod EХMlarini faqatgina bizga malum 
bo’lgan hisoblash jarayonlari uchun emas, balki inson faoliyatining turli soxalarida 
keng ko’lamda qo’llash mumkin bo’ladi. Ularning tezligi yorug’lik tezligiga yaqin 
bo’lib, bunday kompyuterlar loyixasi ichida yapon loyixalari birinchi o’rinni 
egallaydi.


1897 yil. Angliyalik fizik J. Tomson elektron nurli trubka ishlab chiqdi. 
1904-1906 yillar. Elektron diod va triod ishlab chiqildi.
1944 yil. Amerikalik matematik Govard Ayken rahbarligida dastur yordamida 
boshqariladigan avtomatik hisoblash mashinasi – “Mark – 1” bunyod etildi. U 
elektro-mexanik relelar asosida qurilgan bo'lib, ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi 
perfolenta orqali kiritilar edi. 
1945 yil. Jon fon Neyman “Edvak” mashinasi haqidagi dastlabki hisobotida 
zamonaviy kompyuterlarning asosiy tashkil etuvchilari va ishlash prinsiplarini 
tavsiflab berdi
1946 yil. Amerikalik J. Ekkert va J. Mouchli “Eniak” (Electronic Numerical 
Integrator and Computer) nomli birinch elektron raqamli kompyuter yasadilar. 
Unga 20 ming elektron lampa va 1,5 mingta rele ishlatildi. U “Mark – 1” dan ming 
barobar tezroq ishlab, sekundiga 300 ta ko'paytirish va 5000 ta qo'shish amallarini 
bajarar edi. 
1948 yil. Amerikaning Bell Laboratories firmasida fiziklar – Uilyam Shokli, Uolter 
Bratteyn va Jon Bardin tranzistor yaratishdi. Buning uchun ular Nobel mukofotiga 
sazovor bo'lishdi.
1957 yil. Amerikaning NCR firmasi tomonidan birinchi tranzistorli kompyuter 
yaratildi. 
1958 yil. Jek Kilbi (Texas Instruments firmasi) birinchi integral sxemani yaratdi.
1967 yil. S.A.Lebedyev rahbarligida sekundiga bir million amal bajara oladigan, 
dunyodagi eng tezkor EHM – BESM-6 ning ommaviy ishlab chiqarilishi tashkil 
etildi. Uning ketidan “Elbrus” – sekundiga 10 million amal bajara oladigan, yangi 
turdagi EHM ishlab chiqarildi. 
1968 yil. Intel firmasi tashkil etildi. Xozirda u mikroprotsessorlar hamda 
kompyuterning boshqa integral sxemalarini ishlab chiqarish sohasida dunyoda 
yetakchi o'rin tutadi.
1971 yil. Intel firmasi oddiy mix qalpoqchasidan katta bo'lmagan kristalga 
joylashgan 2250 ta tranzistordan iborat 4004 mikroprotsessorini ishlab chiqardi. 
1974 yil. Intel firmasi 4500 ta tranzistordan iborat 8080 – birinchi universal sakkiz 
razryadli mikroprotsessor ishlab chiqardi.
1979 yil. Intel firmasi 8088 mikroprotsessorini ishlab chiqdi. 


1981 yil. IBM firmasi 8088 mikroprotsessori asosida tashkil qilingan IBM PC 
nomli birinchi shaxsiy kompyuterini ishlab chiqdi.
1982 yil. Intel firmasi 80286 mikroprotsessorini ishlab chiqdi. 
1985 yil. Intel firmasi 80386 mikroprotsessorini ishlab chiqdi.
1993 yil. Intel firmasi Pentium mikroprotsessorini ishlab chiqardi. 
ii. 

Download 128.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling