Reja Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
2-мавзу
11
1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar 2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari 3. YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash 4. YAIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblash 5. YAIMni daromadlar bо‘yicha hisoblash 6. Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa kо‘rsatkichlar va ular о‘rtasidagi nisbat 7. Nominal va real YAIM 8. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar 2.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bо‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun bir qator iqtisodiy kо‗rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qо‗llaniladigan kо‗rsatkichlardan farqli tarzda bu kо‗rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil о‗tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xо‗jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi. Bu kо‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof ichki mahsulot (SIM), yalpi milliy daromad (YAMD), sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), shaxsiy tasarrufidagi daromad (SHTD), iste‘mol(С), jamg‗arish(S) kо‗rsatkichlarining hajmi va о‗sish sur‘atlari;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va о‗sish suratlari;
resurslardan foydalanishning samaradorligini ifodalovchi kо‗rsatkichlar (mehnat unumdorligi, fond qaytimi, fond sig‗imi);
davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari indeksi, inflyatsiya sur‘atlari; ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning jamg‗armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar. Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi kо‗rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qо‗llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, SHD, SHTD, С, S kо‗rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning miqdorlarini va о‗zgarishini tahlil etishda foydalaniladi. Bu kо‗rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini о‗tagani holda uning standartlaridan kelib chiqib makroiqtisodiy kо‗rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini о‗rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab о‗tilgan barcha kо‗rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yо‗l qо‗yilishi mumkin.
12
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot kо‗rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat kо‗rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini ifodalasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular о‗zaro farqlanadi. Bugungi kunga kelib milliy hisobchilik tizimini qо‗llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot kо‗rsatkichi asosiy makroiqtisodiy kо‗rsatkich sifatida tan olinadi. Kо‗pgina iqtisodiy adabiyotlarda YAIMga ishlab chiqarilishda qо‗llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat‘iy nazar, mamlakatning jug‗rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig‗indisi deb ta‘rif berib kelingan. 1993 yilda BMT tomonidan qabul qilingan MHTning yangi talqiniga kо‗ra yalpi ichki mahsulot (YAIM) tushunchasiga aniqlik kiritildi. Yangicha talqiniga kо‗ra:
rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa о‗sha mamlakat rezidenti deb qaraladi.
Elchixonalar va harbiy bazalar о‗zlari tegishli bо‗lgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni bо‗lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YAIMni hisoblashda iqtisodiy va jug‗rofiy hudud о‗rtasidagi farq deb qaraladi. Yalpi ichki mahsulot 3 xil: ishlab chiqarish, xarajatlar va daromadlar usullari bilan hisoblanadi. Har uchala usul bilan hisoblangan YAIM kо‗rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda о‗zaro teng bо‗lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YAIM kо‗rsatkichni hisoblashda о‗ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. YAIMni hisoblash shartlari:
YAIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va xizmatlar bozor qiymatini, ular sotilgan yoki sotilmaganligiga qaramasdan о‗z ichiga oladi.
YAIM tovarlar va xizmatlarning bozor qiymati orqali о‗lchanib, ular qiymat kо‗rsatgichida (sо‗m, frank, dollar, yevro, dinar, iyena, rubl va boshqa pul birliklarida) hisoblanadi. 3. YAIMda faqatgina yakuniy tovar va xizmatlar hisobga olinadi. 4. YAIMga noishlab chiqarish bitimlari bо‗yicha tushumlar kiritilmaydi. Masalan, davlat va xususiy transfertlar, avval sotilgan va ishlatilgan buyumlarni qayta sotishdan tushgan tushumlar, qimmatli qog‗ozlarni sotishdan tushumlar... .
hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bо‘lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar (korxonalar, uy xо‘jaliklari) rezident hisoblanishadi. 13
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qо‗shilgan qiymatlar yig‗indisi sifatida aniqlanadi. YAIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bо‗lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya‘ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi. Ishlab chiqarish hajmini tо‗g‗ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va kо‗rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Kо‗pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini о‗taydi. Shu sababli YAIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan kо‗p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YAIMga qо‗shilmaydi.
uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar о‗rtasidagi farq kо‗rinishida aniqlanadi. Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YAIM kо‗rsatkichining tarkibini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qо‗shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning о‗zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YAIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar о‗zaro qо‗shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: 1. Uy xо‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (С): a) uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga; b) kundalik foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga; c) iste‘mol xizmatlari tо‗loviga. 2. Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I): a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga; b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan; c) tovar zahiralari о‗rtasidagi farqlar yoki zahiralarning о‗zgarishi. 3. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G). Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yо‗llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida tо‗lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu о‗rinda ta‘kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert tо‗lovlari kiritilmaydi.
14
xarajatlar о‗rtasidagi farq. Demak, YAIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
YAIMni daromadlar bо‗yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etgan rezidentlar, ya‘ni ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratilgan, qо‗shilgan qiymatlar hisobidan, tо‗langan dastlabki daromadlar qо‗shib chiqiladi. YAIMni daromadlari yig‗indisi kо‗rinishida hisoblashda asosan quyidagi kо‗rsatkichlardan foydalaniladi: 1. Iste’mol qilingan kapital hajmi (CCA) yoki amortizasiya (A), ya‘ni, joriy yildagi YAIMni ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan investisiya tovarlarini sotib olishga mo‘ljallangan ajratmalar;
bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Jumladan, qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksizlar, lisenziya to‘lovlari va bojxona bojlari.
ish xaqi to‘lashga sarflagan umumiy xarajatlari (ish xaqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari – nafaqa, bandlik va boshqa ijtimoiy fondlarga).
xo‘jaliklarining daromadlari (masalan, ijaraga berilgan turarjoylar, binolar, asbob- uskunalar, er va boshqalardan olinadigan daromadlar).
xususiy biznes daromadidan pul to‘lovlari. 6. Individual mulkdan keladigan daromad (P 1 ). 7. Korporasiya foydasi (P 2 ). Korporasiyalarning foydasi quyidagilarga bo‘linadi: a) Korporasiya foydasiga soliq yoki foyda soligi(P 2.1
); b) Hissadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan dividendlar(P 2.2 );
c) Taqsimlanmagan foyda(P 2.3
). Yoqoridagi ko‘rsatgichlar yig‘indisidan daromadlar (taqsimot) usulida YAIMni hisoblash formulasini keltirib chiqaramiz: Xarajatlar va daromadlar kо‗rinishida hisoblab topilgan YAIM hajmi о‗zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir subyekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad bо‗lib tushadi.
Milliy hisobchilik tizimiga kо‗ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YAIM kо‗rsatkichidan boshqa yana bir qator kо‗rsatkichlardan foydalaniladi. Bu kо‗rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YAMD), Yalpi milliy mahsulot (YAMM), SIM, SMM, SMD, Shd, ShTD (ID) va boshqa kо‗rsatkichlar ham kiradi. Quyida bu kо‗rsatkichlarning mohiyati o‘rganib, hisoblanishiga to‘xtalib o‘tamiz. 15
ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olingan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir. YAIM va YAMD kо‗rsatkichlari о‗rtasidagi farqni quyidagi formula kо‗rinishida tasavvur etish mumkin:
rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini о‗lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang‗ich daromadlarni о‗lchaydi.
kо‗rsatkichlari YAIM va YAMD kо‗rsatkichlaridan amortizatsiya (iste‘mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi. Ya‘ni: Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (SHD) kо‗rsakichi ham qо‗laniladi:
Foizlar kо‗rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bо‗yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi. Shaxsiy daromaddan aholi tо‗laydigan daromad solig‗i, mulk solig‗i va ayrim nosoliq tо‗lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) kо‗rsatkichi topiladi. ShTD uy xо‗jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S) uchun ishlatiladi:
Makroiqtisodiy tahlilda uy xо‗jaliklarining SHTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YAMTD) kо‗rsatkichlari о‗zaro farqlanadi.
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste‘mol va milliy jamg‗armish uchun ishlatiladi, ya‘ni: Yakuniy iste‘mol uy xо‗jaliklarining iste‘mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste‘molga xarajatlarini ham о‗z ichiga oladi.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy kо‗rsatkichlar о‗rtasida ma‘lum proporsiyalar yoki tenglik ta‘minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bо‗laklarining nisbatini, yoki shu bо‗laklar о‗rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimizning YAMTDning yakuniy iste‘mol va milliy jamg‗arishga bо‗linishini misol qilib keltirish mumkin.
16
Xarajatlar va daromadlar kо‗rinishida hisoblangan YAIM kо‗rsatkichlarining о‗zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi. C+ I + G + Xn = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2 Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‗armalar о‗rtasidagi tenglik hisoblanadi. Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‗armalar miqdoriga bog‗liq bо‗ladi. Bu ikki kо‗rsatkich о‗rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir. Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G = O), deb faraz qilinsa, unda YAIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi SHTD ga teng bо‗ladi. Ya‘ni:
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi kо‗rinishga ega bо‗ladi: yoki Ushbu ayniyatdan kо‗rinib turibdiki, uy xо‗jaliklarining jamg‗arishga bо‗lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (S+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin. Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya‘ni eksport-import aloqalari yо‗lga qо‗yilgan, soliq solish va transfert tо‗lovlari kо‗rinishida davlat aralashuvi mavjud bо‗lsin. Bunday holatda jamg‗arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi kо‗rinishga ega bо‗ladi:
Bu yerda: Sp - xususiy jamg‗armalar; Sg - davlat jamg‗armalari; Sx - boshqa mamlakatlar jamg‗armalari. Bunda xususiy jamg‗armalar daromadlar (Y), transfert tо‗lovlari (TR), davlat zayomlari bо‗yicha foizlar yig‗indisidan (N), soliqlar (T) va iste‘mol (C) xarajatlari yig‗indisini ayirish natijasiga teng bо‗ladi: Davlat jag‗marmalari quyidagi miqdorga teng bо‗ladi: Agar davlat jamg‗armalari nolga teng bо‗lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamg‗arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi:
Bu yerda: BT – byudjet taqchilligi miqdori. Boshqa mamlakatlarning jamg‗armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi: Agar mamlakat eksportiga nisbatan kо‗proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda kо‗chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi. Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg‗armalarning umumiy yig‗indisi investitsiyalarga teng bо‗ladi:
yoki
17
Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg‗armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg‗armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining о‗sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir. Keynschilar fikriga kо‗ra, S=I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg‗aruvchilarnnig rejalari о‗zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat tо‗g‗ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashi shart. 2.8. Nominal va real YAIM Iqtisodiyotda mavjud bо‗lgan inflyatsiya jarayonlari YAIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu kо‗rsatkich dinamikasi bir vaqtning о‗zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining о‗zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YAIM miqdoriga bir vaqtning о‗zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi о‗zgarishi ta‘sir kо‗rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy
inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy kо‗rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qо‗yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib kо‗rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal kо‗rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real kо‗rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli о‗laroq milliy iqtisodiyotda juda kо‗p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YAIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining о‗zgarishi koeffitsiyenti (baholar indeksi) hisoblab topilib, olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi. Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun: - deflyator (Paashe indeksi); - iste‘mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi); - sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. Deflyator kо‗rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
i 1 P i 1 Deflyator = ------------- 100
i 1 P i 0 Bu yerda: i – deflyatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni; Q i
– joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona kо‗ylak va h.k); P i
– joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi; P i 0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi. 18
Deflyatorni hisoblash shartlari: - odatda о‗tgan yilga nisbatan hisoblanadi; - bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda о‗zgartirilishi mumkin; - bozor savatiga ham iste‘mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi; - bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YAIM dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak; - bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari о‗rtasidagi nisbat ularning YAIM dagi ulushlari о‗rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak. Nominal YAIM Real YAIM = ———————————— 100 Deflyator Iste‘mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:
i 0 P i 1 INI = ------------- 100
i 0 P i 0
Bu yerda: Q i 0 – bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi; P i
– i – tovarning joriy yildagi bahosi; P i 0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi. Iste‘mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari; - bozor savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida о‗zgarmaydi; - bozor savatiga faqat iste‘mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi; - bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste‘mol xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak. INI kо‗rsatkichining kamchiligi shundaki bozor savati tarkibi о‗zgarmas bо‗lganligi tufayli aholi iste‘moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining о‗zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida rо‗y bergan о‗zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi Shu sababli bu indeks baholar darajasini biroz oshirib kо‗rsatadi. YAIM deflyatori esa bozor savatiga joriy yida kiritilmay qolgan tovarlar baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini biroz pasaytirib kо‗rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning о‗rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi:
Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste‘mol narxlari indeksi singari hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi. Mamlakatning makroiqtisodiy holati kо‗rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makroiqtisodiy tahlilda YAIM, YAMD, SIM, SMD, SHD, SHTD, YAMTD, C ,S, INI,YAIM deflyatori kabi kо‗rsatkichlardan foydalaniladi.
19
chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‗indisidan iborat. YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste‘mol va taqsimot usulari mavjud bо‗lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qо‗llaniladi. YAIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yо‗l qо‗ymaslik uchun uni qо‗shilgan qiymatlar yig‗indisi kо‗rinishida hisoblanadi. Bu usul YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi. YAIMni xarajatlar kо‗rinishida tо‗rt guruhdagi xarajatlar - iste‘mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig‗indisi orqali hisoblanadi. Har uchala usulda hisoblangan YAIM kо‗rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda о‗zaro teng bо‗ladi. Milliy hisobchilik tizimining barcha kо‗rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi bitta bо‗lgani uchun ularni о‗zaro taqqoslash imkoni mavjud. Makroiqtisodiy tahlilda YAIM kо‗rsatkichi bilan birgaYAMd kо‗rsatkichidan ham foydalaniladi. YAMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‗ich daromadlari yig‗indisidir. Soddalik uchun YAIM yalpi ishlab chiqarish, YAMD esa yalpi daromad deb ham yuritiladi. Nominal YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YAIM esa doimiy narxlarda baholaydi. Shunday qilib, real YAMM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi о‗sishi bilan oshadi, nominal YAMM esa tovar va xizmatlar baho darajasining о‗sishi natijasida ham oshishi mumkin. Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real о‗zgarishini aniqlash uchun baholar indekslaridan: YAIM deflyatori va INI kо‗rsatkichlaridan foydalaniladi.
makroiqtisodiy kо‗rsatkichlar hisoblanadi? 2. Qо‗shilgan qiymat, yakuniy mahsulot, oraliq mahsulot kо‗rsatkichlarini tavsiflab bering.
3. Nima uchun YAIM kо‗rsatkichini qayta hisoblashdan ehtiyot bо‗lish zarur va bunga qanday erishiladi? 4. YAIMni xarajatlar bо‗yicha hisoblashda qо‗llaniladigan komponentlar tarkibini sanab о‗ting?
5. YAMD kо‗rsatkichi qanday hisoblanadi va YAIM kо‗rsatkichidan nimasi bilan farq qiladi?
6. SHD, SHTD, YAMTD kо‗rsatkichlari о‗rtasidagi bog‗liqlik va farqlar nimada? 7. Baholar indekslarini va real YAIMni hisoblash zaruratini asoslab bering? 8. YAIM deflyatori va iste‘mol narxlari indeksi kо‗rsatkichlarining farqlarini izohlang. 1. Karimov I.A. ―2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy 20
mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir‖, Xalq so‘zi, 2015 yil 20 yanvar. 2. Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat‘iyat bilan davom ettirish, Xalq so‘zi, 2014 yil 18 yanvar 3. I.A.Karimov ―Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi‖, Turkiston gazetasi 2011 yil 22 yanvar. 4. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yanada yuksaltirishdir/ I.A.Karimov. – Toshkent: «О‗zbekiston», 2010. – 34-50 b. 5. I.A.Karimov. ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‗llari va choralari‖. T.: О‗zbekiston, 2009 yil. -56 b. 6. B.Y.Xodiyev, A.SH.Bekmurodov, U.V.G‗ofurov, B.K.Tuxliyev. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‗llari va choralari» nomli asarini о‗rganish bо‗yicha о‗quv qо‗llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2009, 26-34, b. b. 7. Mariganova Y.A, Shapiro S.A. Makroekonomika. Ekspress kurs.: uchebnoye posobiye- M.: KNORUS, 2010, 29-42 s.s. 8. Menkyu N.G. Prinsipi makroekonomiki: 4-ye izd./ Per.s ang.–SPb.:Piter, 2009,128-152 s.s.
9. Abel E., Bernanke B. Makroekonomika. 5-ye izd.- SPb.: Piter, 2008, 53-81 s.s. 10. Axmedov D.K, Ishmuxamedov A.E, Jumayev K., Djumayev Z.A. Makroiqtisodiyot, T.: О‗zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‗armasi nashriyoti, 2004, 18-29 b.b. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling