Reja: Mingtepa yodgorligi


Download 32.43 Kb.
bet1/3
Sana16.11.2021
Hajmi32.43 Kb.
#175192
  1   2   3
Bog'liq
Farg'ona vodiysidagi arxeologik madaniy yodgorliklar vaularni o'lkamiz tarixini yoritishdagi ahamiyati.


Mavzu: Farg'ona vodiysidagi arxeologik madaniy yodgorliklar vaularni o'lkamiz tarixini yoritishdagi ahamiyati.

Reja:


1.Mingtepa yodgorligi

2. Quva yodgorligi

3. Axsikent

Kishilik jamiyatining daholaridan biri Arnold Toynbi vodiyga “Qadimgi Farg’ona – jahon tsivilizatsiyasining muhim markazlaridan biridir” deb ta’rif berishi bejiz emas. Qadimgi Farg’ona Baqtriya, So’g’d, Xorazm kabi Turonzaminning yirik tarixiy-madaniy o’choklaridan biri hisoblanib, umumbashariyat madaniyatiga qo’shgan munosib hissasi tufayli “Farg’ona tsivilizatsiyasi” degan nom ostida jahon tarixiga kirgan.

Vodiy xududida ayniqsa uning sharqiy qismida yani Qoradaryoning yuqori va o’rta oqimlarida ilk dehqonchilik va dastlabki shaharsozlik makonlari ko’plab qayd etilgan va arxeologlar tomonidan yaxshi o’rganilgan.

Yozma manbalarda xususan antik davr mualliflarida Farg’ona vodiysi to’g’risida deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina ba’zi ma’lumotlar Xitoy yilnomalarida qayd etilib, ularda Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar mavjudligi aytilib Ershi, Yuchen. Guyshuan (Guyshan) shahri nomlari keltiriladi.

Xitoy yilnomalarida Ershiga ko’p to’xtaladilar. Arxeologlar Andijoi viloyatidagi Mingtepani tarixiy Ershi bilan qiyoslaydilar. Bu yodgorlik tarkibiy jihatdan ichki (o’rta shahar) va tashqi shaharlardan iborat bo’lib, ark qoldiqlari ichki shaharda joylashgan va uni markaziy qismi saqlangan xolos. Xitoy manbalari xabar bergan Ershi – «o’rta shahri» qoldiqlari faqat Mingtepada saqlangan (maydoni 40 gektardan ziyod). “O’rta shahar” ikki qator kuchli mudofaa devorlari bilan o’ralgan, ular arxeologik jihatdan qayd etilgan. Ichki shaharning mudofaa inshootlari to’la saqlangan: 1952 yildagi ma’lumotga asosan g’arbiy va sharqiy devorda 20 tadan, janubda 6 ta, shimolda 12 ta kuzatuv minoralari (burjlari) saqlanib bizgacha yetib kelgan.

2011 yili samodan olingan suratlar taxlil etilganda Mingtepa ichki shahrini rejasi to’g’ri to’rtburchakli emas, balki parallellogramma ko’rinishdagi ekanligi ayon bo’ldi. Bu narsa nafaqat Mingtepa rejasiga emas, balki uni o’rganish bilan bog’liq muammolarga ham o’zgartirish kiritishi shubxasiz. Chunki u ko’plab belgilariga ko’ra ilk temir davrining eng yirik yodgorligi Eylaton qadimgi shahri rejasi bilan o’xshashlik tomonlari ko’zga tashlanadi. Bu narsa Mingtepani davriy jihatdan bir oz qadimgi davrga qadimiylashishi mumkinligi uchun yangi dalil bo’ladi. Chunki har ikki shahar bir davrda bunyod etilgan bo’lishi mumkin. 2015-2016 yillari ikkinchi tashqi devor o’rami to’rt tomonida 500 gektar maydon Xitoy maxsus asbobi Tan chan (sanchqich) yordamida o’rganib chiqildi. Natijada Mingtepani tashqi mudofaa devorlari qoldiqlari qayd etildi. Ko’hna shaharning ikkinchi tashqi mudofaa devori himoyalagan xududni 300 gektardan ziyod ekanligi aniqlandi.

Mingtepani birinchi mudofaa devori tizimi bo’yicha ham yangi ma’lumotlar qo’lga kiritildi. Yuqorida ta’kid etganimizdek, g’arbiy mudofaa devorining o’rta qismidagi (9 va 10 minoralar oralig’i: qazishmada eng qadimdagi (miloddan oldingi IV-III asrlar) mudofaa devori to’g’risida ma’lumotlar olindi. Devorning eni: quyida 5,45m, yuqorida 4 m., balandligi 6 m. Shahar himoyasining-mudofaa tizimining tayanch bo’g’inlariga katta e’tibor qaratilgan. Miloddan avvalgi IV-Sh asrlarda madaniy qatlam ustiga qurilgan eng qadimgi mudofaa devorga tirqab qo’shimcha devor va kuzatuv minoralari tiklangan. Minoralar juda mahobatli bo’lgan: qadimgi devordagi 10 metr turtib chiqqan, minora uzunligi 18 metr. Ikki marta qilingan qayta qurilishlar natijasida mudofaa devorining umumiy qalinligi (quyida) 7,3 metrga, yuqoridagisi 4 metrga, balandligi 6 metrga borgan. Bunday mahobatli ximoya devori va to’g’ri to’rtburchakli minoralar vodiyning boshqa biror yodgorligida hali aniqlangan emas. To’g’ri to’rtburchakli minoralar vodiyda ilk bor Eylaton shahar xarobasida paydo bo’ladi (mil avv VI-III asrlar) va vaqt o’tishi bilan mukammalasha boradi. Shahar darvozalariga kelsak, bizningcha Mingtepani kamida uch tomonida darvozalari bo’lib, ulardan markaziy darvoza 9- va 10-minoralar oralig’ida joylashgan bo’lishi kerak. Shunday qilib g’arbiy mudofaa tizimidagi qazishmada ikki tomondan uzunchoq xonalardan iborat burjlar (minoralar) bilan kuchaytirilgan darvozaxona tizimi ochildi. Bu tizim Markaziy Osiyo va Xitoy antik va o’rta asrlar shaharlarida qayd qilingan (Loyan, Chan-an va b.).

Yodgorlikni markaziy qismidagi qazishmada uzunligi 30 metrcha, eni 140-170 sm toshyo’lak shimol janub yo’nalishida tozalab ochildi. Mazkur ko’chada 2-4 suvoriy otliqlar yoki “Qo’kon aravasi” bemalol yurgan. Mayda tosh to’shalgan bunday ko’cha Mingtepa janubidan ham aniqlandi. Ushbu qazishmadan asosan yirik xajmdagi idishlarni parchalarini va xumlarni topilshi mazkur kism ishlab chikarish bilan bogliq bo’lishi mumkin xamda ular sanasi eramiz boshlariga to’gri keladi degan xulosani beradi. Ishlab chikarish teri ishlash (ko’nchilik) yoki to’qimachilik sohalari bilan bog’langan bo’lishi mumkin. Chunki xumlar ostki kismi yer ostiga kovlab bir tizimda o’rnatilgan va xumlar atrofi maxsus loy – qir (turpoq, qamish kuli va oxak aralashmasibilan o’ralgan (gidroizolyatsiya qilingan). Mutaxassislar fikricha, mazkur oshxona idishlari eramiz boshlariga to’g’ri keladi. 1946-1952 yillari tekshiruvlar paytida Mingtepada balandligi 2 metrgacha borgan shunday idishlar topilgai. Topilmalarga asosan qazishma o’rnida ochiq osmon ostidagi ishlab chiqarish punkti bo’lgan degan xulosani aytish mumkin. Mazkur topilmalar ehtimol Xitoy manbalari tilga olgan vino ishlab chiqarish bilan bog’lik bo’lishi kerak. Ya’ni ular xabaricha Farg’ona vodiysida uzum yetishtirish rivojlangan va badavlat oilalar bir necha ming dan (litr) vino saqlaganlar. Hatto manbalarda tilga olinishicha, Xitoy imperatorining 


Download 32.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling