Reja: Moliyaning ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar mohiyati. Ijtimoiy iqtisodiy statistika ko’rsatgichlari O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi statistik tahlillarga misollar


O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi statistik tahlillarga misollar


Download 62 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi62 Kb.
#1393354
1   2   3   4
Bog'liq
Moliya Toshev Ibrohim BXA 94-2

O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi statistik tahlillarga misollar.


Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 266,0 tonna tozalangan soya yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 12,1-martaga oshgan.
2023-yilning yanvar-fevral oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha 575,8 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 407,1 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 70,7 % ni, fuqarolik ob’ektlari qurilish ishlari 131,9 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 22,9 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 36,8 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.
2023- yilning yanvar-fevral oylarida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 1 630,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu xizmatlarning koʻrsatilgan bozor xizmatlari jami hajmidagi ulushi 2,6 foizni tashkil etdi.
2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 6 499,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 0,6 % ga, 2018- yil bilan taqqoslaganda esa 16,4 % ga o‘sdi.
2022- yilning yanvar–dekabr oylarida Samarqand viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 313,2 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 104,3 %), 1 378,4 ming tonna sut (104,3 %), 1 281,0 mln. dona tuxum – (106,9 %) yetishtirildi va 16 825 t. baliq (86,1 %) ovlandi.
O’zbekistonda 2023- yilning 1- aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 82 237 ta
Toshkent viloyatida – 38 665 ta
Samarqand viloyatida – 37 862 ta
Farg‘ona viloyatida – 36 143 ta
Qashqadaryo viloyatida – 32 688 ta
Andijon viloyatida – 27 230 ta

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling