Reja: Mollyuskalar (Mollusca) tipiga umumiy tavsif. Aplacophora, Xitonlar (Polyplacophora) va Monoplacophora sinfi vakillari xilma-xilligi. Qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi. Boshoyoqlilar (Cephalopoda) sinfi


Akralar (do‘mboq akra) ovlanadi, oziq sifatida ishlatiladi. Tropik dengizlarda uchraydigan pennalar


Download 99 Kb.
bet9/9
Sana03.11.2023
Hajmi99 Kb.
#1743866
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maluskalar filoginyasi, maluskalar tuzulishi rejasi kelib chiqishi evalyutsiyasi

Akralar (do‘mboq akra) ovlanadi, oziq sifatida ishlatiladi.
Tropik dengizlarda uchraydigan pennalar oilasiga mansub ikki pallalilar sadaf va marvarid berishi bilan xarakterlanadi. Dengiz sadafdorlarining ba’zilarida 2 – 3 tadan 20 – 230 tagacha marvarid hosil bo‘lishi mumkin. (10-15 sm kattalikda, og‘irligi 1 – 1,5 kg keladi).
Yaponiya zoologlari maxsus ko‘rfazlarda mollyuska tanasiga marvarid “o‘stirish” usulini ixtiro etishdi. Buning uchun yosh sadafdorning tanasiga maxsus modda kiritiladi va 5 -6 yildan so‘ng ovlanadi. Yapon firmasi har yili bir necha 100 ming dona marvarid oladi.
Rossiyada dengizlarida Azov, Orol, Kaspiy dengizlarida, Qozog‘iston ko‘llarida tarqalgan “dreyssina” katta zarar keltiradi.
Ikki pallalilar katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Midiyalar, ustritsa, chuchuk suv sadafdorlari eng ko‘p miqdorda odamzodning ozig‘i sifatida (so‘nggi yillarda 2 mln t. dan ortiq ovlanadi).
- Ikki pallali chig‘anoqli mollyuskalarning ko‘pi dengizda yashaydi. Bulardan ba’zi birlari, masalan sadafdorlar ovlanadi. Ular bezak maqsadida marvarid olish uchun ovlanadi. Ustritsa, midiya, dengiz tarog‘i va boshqa mollyuskalarni odam iste’mol qiladi, ular go‘shtida vitaminlar juda ko‘p. Zarar keltiradiganlar qatoriga “karabl” qurtini kiritish mumkin. Bu mollyuskalarni bo‘yi 10 smgacha chuvalchangsimon bo‘ladi. Karabl qurti yog‘och inshoatlarini yemiradi.
Kurakoyoqli mollyuskalar (Scaphopoda) sinfi.
Kurak oyoqli mollyuskalarni hozirgi zamon faunasida 500 ta turi uchraydi. Barcha vakillari tipik dengiz hayvonlari hisoblanadi, qum va balchiqni yorib (dengiz tubida) hayot kechiradi. Chig‘anog‘i uzun trubkasimon bo‘lib sut emizuvchilar tishining tuzilurishiga o‘xshash. Shunung uchun bir paytlar tishsimon mollyuskalar ham deb atalgan. Turlari kattaligi 4 mm dan – 30 sm gacha bo‘ladi.
Mollyuskalar filogeniyasi va evolyutsiyasi.
Mollyuskalar – paleozoy erasining boshlari (kembriy davri) dan boshlab yashab kelayotgan va bir zamonlar okean – dengizlarda nihoyatda keng tarqalgan eng qadimgi hayvonlarlardir (bularning tuxumi qurigan bir necha o‘n ming qazilma turlari fanga ma’lum). Hozirgi paytda ham bu tipning yuz mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, dunyoda eng ko‘p tarqalgan hayvonlardan hisoblanadi.
Mollyuskalarning hozir yashayotgan avlodlarini qiyosiy o‘rganish va qazilma qoldiqlarning tekshirish xulosalaridan ma’lum bo‘lishicha, bularning eng qadimgi avlodlari qorinoyoqlilar va to‘rt jabrali boshoyoqlilar bo‘lgan (qorinoyoqlilar hozirgi zamonda ham mazkur tip turlarining yaqin beshdan to‘rt qismini tashkil etadi). Qorinoyoqlilarning ham ko‘p qadimgi turlari yo‘qolib ketib, ularning o‘rniga yangi – o‘zgargan muhitga muvofiqlashgan formalari paydo bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari chuchuk suv havzalarida, hatto quruqlikda yashashga moslashgan formalar hosil etgan.
Dengiz ikki pallalilari bilan qorinoyoqlilarning embrion rivojlanishini asosan bir tipda, ya’ni dastlab traxofora lichinkai, so‘ngra – veleger lichinkalari shaklida borishi va boshqa qiyosiy faktlar ikki pallalilarning qadimgi avlodlarini qadimgi qorinoyoqlilardan paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Faqat ikki pallalilar suv muhitidan tashqariga tarqalib, qorinoyoqlilar kabi ko‘p turlar hosil eta olmaganlar. Bu hodisaga, aftidan, ularning yon tomonidan “qisuvchi” ikki pallali chig‘anoqlari va boshqa faktlar sabab bo‘lgan.
Paleozoy erasining boshlaridan boshlab, yaqin 500 mln. yillar davomida yashab, minglarcha turlar hosil eta olgan to‘rt jabralilarning ba’zi avlodlaridan ikki jabralilar (o‘n oyoqli va sakkiz oyoqli mollyuskalar) rivojlangan. Garchi mazkur sinfning minglarcha qadimgi turlarining tuxumi qurigan bo‘lsada, hozirda ham bular (xususan ikki jabralilar) dengizda eng ko‘p tarqalgan yirik mollyuskalar hisoblanadi.
Qalqonli mollyuskalar aftidan mazkur tipning eng qadimgi avlodlaridir.
Trixofora lichinkasi va yagona ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining saqlanishi, ba’zi guruhlarida (qalqonlilar sinfida) sodda chuvalchanglar xos nerv sistemasining saqlanganligi va boshqa faktlar mollyuskalarning eng qadimgi avlodlarini qadimgi sodda halqalilarning avlodlaridan yoki qadimgi traxoforasimon hayvonlardan mustaqil ravishda rivojlanganligini ko‘rsatadi. Bu masala fanda hozirgacha to‘la isbotlangan emasdir.
Adabiyоtlar:
1. G.G.Abrikosov va boshqalar. «Zoologiya» 1 - 2 jilt. T: 1966.
2. V.F.Natali «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1966.
3. S.P. Naimov. «Umrtqali hayvonlar zoologiyasi» 1995 y.
4. O Mavlonov .Sh.Xurramov «Umirqasizlar zoologiyasi» T. 1988 y.
5. E.I.Lukin «Zoologiya» Moskva 1989
6. B.А.Kuznеtsov, A.Z.Chеrnov, L.N.Katonova «Kurs zoologiya». M.1989 y.
Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling