Reja: mtm tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbirlarini o‘tkazishda musiqaning o‘rni


Maktabgacha ta’lim muassasasida bayram ertaliklari va o‘yin kulgi


Download 22.91 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi22.91 Kb.
#1633154
1   2   3   4   5
2. Maktabgacha ta’lim muassasasida bayram ertaliklari va o‘yin kulgi
kechalari.

Musiqa mashg‘ulotlarda fasllar, bayram va tadbirlarga oid musiqa asarlari ustida ishlash. Bayram va tadbirlar ssenariysini ishlab chiqish va o‘tkazish bo‘yicha musiqa rahbari oldiga turgan vazifalar hamda ularga qo‘yiladigan talablar. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ertaliklar va bayramlar davlatimizning muhim voqealari bilan bog‘liq tarzda tashkil etiladi. Turli xil bayramlarga bag‘ishlangan ertaliklarda bolalar mamlakatimizning muhim sanalari va bayramlari bilan tanishib boradilar.


Bunday ertaliklarda musiqa asosiy o‘rinda turadi. Bunday ertaliklarda bolalar qo‘shiq kuylaydilar, raqsga tushadilar, bolalar musiqiy cholg‘ularida ijro etadilar. Bunday ertaliklar uchun ataylab ssenariylar yoziladi. Ssenariylar mavzusi bayram ruhiga yaqin bo‘lishi, turli xil she’rlar, kuy va qo‘shiqlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak.
Demak, bayram ertaliklaridagi repertuar xilma – xil bo‘lmog‘i lozim. Tanlanadigan repertuarning mazmuni bayram mazmuni bilan hamohang bo‘lishi muhim.
Davlatimiz bayramlaridan tashqari maktabgacha ta’lim muassasalarida xayrlashuv kechalari ham tashkil etiladi. Bunda asosan, tayyorlov guruhlari bolalari ishtirok etib, ular bog‘cha bilan hayrlashib maktabga yo‘llanma oladilar.
Bayram ertaliklaridagi ssenariy musiqiy fon ostida namoyish etiladi. Shuning uchun musiqa rahbari har bir hodisa va holatlar uchun mos bo‘lgan musiqa namunalarini tanlashi o‘ta muhim shartlardandir. Bundan tashqari kecha o‘tkaziladigan zallarni ham bayram kayfiyatiga mos jihozlash darkor. Yuqoridagi shartlarni bajarilishi bayram ertaliklarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Mavsumiy: Hosil bayrami(Mehrjon); Archa bayrami; Navro‘z bayrami; Gullar va qushlar bayrami. Ushbu bayramlar xalq og‘zaki ijodi namunalar asosida tashkil qilinadi. Yilma yil bolalarning ushbu bayramlar, ularning har biri bilan bog‘liq bo‘lgan xalqimizning madaniy, milliy an’ana va urf-odatlari haqida olgan bilimlari kengayib boradi.
Ijtimoiy-siyosiy: Mustaqillik kuni; 21- oktyabr - O‘zbek tiliga davlattili berilgan kun; 8-dekabr– Konstitutsiya kuni;14-yanvar- O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topgan kun.
Bayramlarni kattalar bolalar uchun tayyorlaydilar. Har bir bayramning «oilaviy» qismi bo‘lib, u guruh xonasida, aksariyat hollarda ota-onalar ishtirokida o‘tadi.
Har bir bayramda:
* bayram mazmuniga mos o‘yinlar tashkil qilinadi, she’r, qo‘shiq va h.k. aytiladi;
* bolalar va kattalar uchun ko‘ngil ochish soatlari o‘tkaziladi;
* sir tutilgan daqiqalar, esdalik sovg‘alari tashkil qilinadi;

Bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qadam qo‘ygan davridan boshlab, yilma-yil bir jadval asosida bayramlar tashkil qilib boriladi. Bu katta maktabgacha yoshdagi bolalarga:


*har bir bayramga oldindan o‘zlarini tayyorlab borish;
*bayramni tashkil qilish va o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatish;
*bayram tadbirida o‘zini erkin va ishonch bilan tutish imkonini beradi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bayramga endi «iste’molchi» sifatida emas, balki, mehmonlar, ota-onalar, kichik yoshdagi bolalar uchun bayramni «tashkil qiluvchilar» sifatida boradilar.
Bu vaziyatda bolalar o‘zlarini artistlar, ya’ni atrofidagilarga quvonch va lazzat ulashish uchun mehnat qiluvchi insonlardek his qiladilar. Kichik yosh davrlarida ular bu ishni hali uddalay olmas edilar. Katta maktabgacha yoshga etib bolalar kontsert, spektakl (qo‘g‘irchoq teatri yoki rol ijro), ko‘ngil ochishlar, ko‘rik-tanlovlar, syurprizli chiqishlrni tashkil qila oladilar.



Download 22.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling