Reja: Muhammadniyoz Erniyozbek o’g’li Ogahiy haqida
Download 54.02 Kb.
|
ogahiy poetikasi 22mavzu
Mavzu: Ogahiy sharq she'riyati dahosi Reja: 1.Muhammadniyoz Erniyozbek o’g’li Ogahiy haqida 2.Ogahiy ijod dahosi xususida. Ilm-fan, san’at va adabiyotning qadim maskanlaridan bo’lgan Xorazmning ulug’ shoiru olimlaridan gap ketganda serqirra iste’dod sohibi Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiyning muborak nomi, albatta, tilga olinib, she’riyat, tarjima, tarixnavislik jabhasidagi faoliyati faxr bilan e’tirof etiladi. Kitobiy va takroriy fikr-mulohazalarni qalashtirmay, gapning indallosini aytganda, she’riyatda ham, nasr va dramaturgiyada ham o’ziga xos tafakkur va ruhoniy shijoatga sohib Shaxs paydo bo’lmasa, umuman badiiy ijodda na yangilik, na e’tirofga loyiq yangilanish bo’ladi. Xalq va adabiyot manfaati uchun birday ahamiyatga molik nihoyatda dolzarb ushbu masalaga o’zbek adabiyotshunosligida hanuzgacha jiddiy e’tibor qaratilganmas. Buning o’ziga yarasha sabab va qiyinchiliklari ham mavjuddir. Birinchisi, adabiyotga ravnaq bag’ishlab, shu yo’l bilan millat dunyoqarashi va ma’naviy hayotiga ta’sir o’tkazishga qodir chinakam iste’dodlarning juda kamligi, ikkinchisi, an’anaviy g’oya, obraz, tasvir vositalarining shuur va idroki turg’un, hatto botinan qashshoq qalam ahlining ko’payishiga izn bergan. Bunday ahvolda hayot bilan bog’lanish, voqelikka jur’at nigohi bilan qarab, eng zarur haqiqatlarni yoritish hissiyoti aslo jonlanmaydi. Bu esa nazmbozlik, o’rtamiyonachilik rivojiga keng yo’l ochilishi demak. Shunaqa ijod namunalarini siyosat talabi, sinfiylik va partiyaviylik mafkurasi bo’yicha tadqiqu tahlil qilgan adabiyotshunoslikdan xolislik yoki yangilik kutish soddalik bo’ladi, albatta. Sharq mumtoz shoirlari adabiy merosi o’rganilgan ilmiy ishlardagi o’xshashlik go’yo ikki tomchi suvday bir-biridan farqlanmaslikning tub zamini mana shu. Shaxsiyati yuksak mutafakkir va mutasavvif shoir ijodini o’qib-o’rganish, tadqiqu talqiniga vaqt sarflash hamisha ko’ngilda zavq uyg’otadi. Ilm-fan, san’at va adabiyotning qadim maskanlaridan bo’lgan Xorazmning ulug’ shoiru olimlaridan gap ketganda serqirra iste’dod sohibi Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiyning muborak nomi, albatta, tilga olinib, she’riyat, tarjima, tarixnavislik jabhasidagi faoliyati faxr bilan e’tirof etiladi. Uning she’riy, tarixiy va tarjima asarlariga kimlar murojaat qilib, qanday fikr-mulohazalarni o’rtaga tashlamagan, deysiz? Ogahiy har qanday baland e’tibor va ehtiromga loyiq san’atkor. Uning ijodiyotiga bir bog’lansa, qaytib ajralib bo’lmaydigan daholardan ekanligini o’z tajribam orqali ham men bilaman. Ming to’qqiz yuz to’qsoninchi yil nashr etilgan “She’riyat – ruhiy munosabat” nomli kitobimda “Ogahiy badiiy ijod qonuniyatlari haqida” nomli bir maqola chiqqandi. Bu ma’lumotni eslatishdan maqsad esa mana bunday: shunaqa qalamkashlar bo’ladiki, bir bora o’qib yoki ko’zdan kechirib chiqqandan so’ng ularning kitobini qayta o’qishga hech ehtiyoj sezilmaydi. Chunki barchasi aniq va odatiy talablarga ko’ra amalga oshirilgan. O’tmishda yashab ijod etgan o’nlab shoirlar va ularning izdoshlari tajribasida bu hol bekamu ko’s tarzda kuzatiladi. Adabiy jarayondagi ana shu hodisaga Ogahiy qarshi turgan, hayotda ham, ijodda ham o’zligini to’la ko’rsata bilgan, insoniy qiyofasi singari adabiy shaxsiyati ham takrorlanmas daho shoirdir. O’zbek mumtoz adabiyotida, xususan, Xorazm adabiy muhitida Ogahiy yaratgan ijod qasri shunchalik muhtasham va naqshinkorki, uning ko’rki, rangi, ma’no mohiyatini hanuzgacha hech kim to’la ta’rifu tavsif etib bera olgani yo’q. Negaki Ogahiyni o’zigacha va o’zidan keyingi shoirlardan ajratib turuvchi o’zlik imkoniyati, shaxsiy fazilatlari, ayniqsa, Ruh va ruhoniyat olami bilan maxsus qiziqilgan emas. Bu shoirning she’riyati singari shaxsiyatini ham tasavvuf va tasavvufiy axloqdan ajralgan holda tasavvur etish Ogahiyning tarixiy qiyofasini buzish yoxud buzib gavdalantirish bilan teppa-tengdir. Ogahiyda kubraviylik tariqati asoschisi Najmiddin Kubro, javonmardlik ta’limoti va haqiqatlarining tolmas kuychisi Pahlavon Mahmud bilan ma’naviy-ruhoniy vobastalik bo’lgani bois unda qalb tasfiyasi va dunyo voqea-hodisalariga basirat ko’zi bilan boqish layoqati boshqacha bo’lgan. Ogahiyning nuqtai nazarida zulm va nafosat, qabihlik va she’r, shoirlik va haqsizlik, san’at va xushomad – sira-sira o’zaro muvofiq kelmaydi. U bir g’azalida bizning keyingi chorak asr oralig’idagi hayotimiz va ahvolimizni ko’rib baho berganday: E’tiboru izzat istar kimsaga olam aro, Yo kerak bisyor zar, yo’q esa purguftor til, -deydi. “Purguftor til” – yolg’on va aldovdan hazar etmaydigan, xushomad va yaltoqlanish, tovlamachilik va fitnayu fasodda mohir shaytoniy tildir. Millat zavolining yorqin bir timsoli mana shu til sanaladi. Ogahiyning isyonkor izdoshi Avaz O’tar “Xalq” deb nomlangan she’rida “Yo’q jahon mulkida bizdek ojizu bechora xalq, deya faryod chekadi. Aslida davr va zamon ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va ma’naviy ojizligu nochorliklarga Xorazmda keng qamrovda diqqatni tortgan shoir Ogahiy edi. E’tiboringiz uchun tashakkur! Download 54.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling