Protokooperatsiya – (yunoncha – «protos» – dastlabki, «cooperatio» – hamkorlik) har ikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, ikki tomon ham manfaatdor, lekin majburiy bo‘lmagan, ya’ni har bir populatsiya alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zaro munosabat turi. Tabiatda shunday baliq turlari borki, ular yirik baliqlar terisini, jabra va og‘iz bo‘shlig‘ini parazitlardan tozalab beradi. Asalarilar gulli o‘simliklardan o‘ziga oziq (chang, nektar) olish davomida o‘simliklarni changlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |