Reja: Mumtoz adabiy turlar va navlar tasnifi


Download 55 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi55 Kb.
#1622866
  1   2
Bog'liq
2-ma\'ruza. She\'r navlari


MUMTOZ ADABIYOTDA ADABIY TURLAR VA SHE’R NAVLARI


Reja:

  1. Mumtoz adabiy turlar va navlar tasnifi

  2. Mumtoz she’r navlari va turlari

  3. Mumtoz she’r unsurlari va qismlari

O`zbek mumtoz she’riyati va uning tur, nav hamda xillarini tadqiq etish jarayoni o`z tarixiga ega. Mumtoz she’riyatimiz tur va she’r shakllari, avvalo, turkiy xalqlar og`zaki ijodiyoti quchog`ida kamol topib yozma adabiyotga ko`chib borgan. Turkiy xalqlar adabiyoti o`z ichki imkoniyatlari doirasida rivojlanish bilan bir qatorda boshqa qo`shni xalqlar adabiyoti tajribalaridan ham bahra olib turgani sir emas. Mumtoz she’riyat an’analari va uning tadrijiy tarixini o`rganishda birinchi galda qadimiy manbalarga murojaat qilamiz. Mumtoz she’riyat qoidalari o`tmishda besh yo`nalishda, ya’ni ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’, ilmi she’r va ilmi muammo tarzida o`rganilgan. Bu sohadagi izlanishlar va risolalar dastlab arab hamda fors-tojik tillarida yaratilgan, ulardan o`z navbatida Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy, mutafakkir Alisher Navoiy, xassos ijodkor Zahiriddin Muhammad Boburlar yaratgan asarlarida unumli foydalanganlar.


Mumtoz she’riyat qonun-qoidalari, an’ana va unsurlari Umar Roduyoniy(XI asrda yashab ijod qilgan)ning “Tarjimon ul-balog`a” (1114 yil ko`chirilgan), Rashiduddin Vatvot(vaf.1182)ning “Hadoiq us-sehr fi daqoiq ish-she’r” (hadoiq – hadiqaning ko`pligi – bog`, daqoiq – daqiqning ko`pligi – nozik), Shamsuddin Qays Roziyning “Al-mu’jam” (to`liq nomi “Al-mu’jam fi maoyir-il-ash’or-ul-Ajam”, XIII asr), Nasiriddin Tusiyning “Meyor ul-ash’or” va “Asos ul-iqtibos”(XIII asr), Xusrav Dehlaviy (1253-1325) “E’jozi Xusraviy” (XIV asr), Husayn Koshifiy (1420-1505) ning “Badoye’ ul-afkor fi sanoye’ il-ash’or” (XV asr), Atoullo Husayniy (1440-1513) ning “Badoye’ us-sanoye’” (1492), Vohid Tabriziyning “Jami muxtasar” (XV asr), Qabul Muhammadning “Haft qulzum” (XIX asr) va boshqa talay asarlarda tahlil etilgan.
Mumtoz she’riyat, umuman, mumtoz adabiyot turlari va navlari o`zbek allomalaridan Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning “Funun ul-balog`a” (XV asr), Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lug`atayn”, “Mufradot”, “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat”, Boburning “Boburnoma”, “Mufassal” (“Muxtasar” nomida nashr etilgan) asarlarida tadqiq etiladi. Keyingi asrlarda ayniqsa, XX asr boshlarida mumtoz adabiyot janrlarini tadqiq etishga ma’lum e’tibor qaratildi. Chunonchi o`zbek professorlaridan A.Sa’diy va A.Fitratlar tomonidan yaratilgan “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” (1924) hamda “Adabiyot qoidalari” (1926) risolalari diqqatga sazovordir. Shuningdek, XX asrning 20-yillarida Vadud Mahmud, Sotti Husayn, Elbek kabi ijodkorlarning ham bu boradagi kuzatuvlari o`sha davr vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilib turildi. Masalan, adabiy turlar bahsiga doir Sa’diy, Fitrat va V.Mahmudlarning matbuotdagi munozarali chiqishlari olqishga loyiqdir. Masalan Fitrat xalq og`zaki ijodiyoti (folklor) ni el adabiyoti, Sa’diy omma adabiyoti va nihoyat V.Mahmud ulus adabiyoti deb atash fikrlarini izhor etadi. Folklorning el adabiyoti deb atash ko`p jihatdan maqbul bo`lgan holda Fitrat kamtarlik qilib A.Sa’diyining omma adabiyoti atamasiga muvofiqlik bildiradi. Cho`lpon ham o`zining “Adabiyot nadir” asarida bu masalalarga ozmi-ko`pmi munosabat izhor etadi.
Mumtoz she’riy janrlarni maxsus o`rganish o`zbek adabiyotshunosligida o`tgan asrning 40–50-yillaridan ibtido topdi. Shu tariqa tahlilga jalb etilgan mavzu doir akademik adib Oybek (1905-1968), xassos shoir M.Shayxzoda (1908-1967), atoqli olim N.Mallayev (1922-1996) larning Alisher Navoiy g`azaliyotiga bog`liq kuzatishlari alohida diqqatlidir. Shu tariqa olimlardan Y.Ishoqov, M.Yunusov va I.Haqqulovlarning ruboiy, O.Nosirovning g`azal, R.Orzibekovning g`azal va musammat, M.Abduvohidovning munozara, M.Jamolovaning noma, M.Oymatovaning fard janrlariga oid tadqiqotlari paydo bo`ldi. M.Mamatqulovning esa turkiy xalqlar adabiyotida janrlar poetikasi haqidagi ilmiy ishi yuqoridagi tadqiqotlar sirasiga qo`shilgan ajoyib ulushligi bilan ajralib turadi.
Devon so`zi mamlakat idorasi, hujjatlar saqlanadigan va tartib beriladigan joy ma’nosini anglatadi. Bu idora usuli Sosoniy (224-651) lar davridan boshlangan va u Abbosiy (750-1250) lar tomonidan davom ettirilgan, xuddi shu xil idora usuli Somoniy (875-1005) lar zamonida ancha qat’iylashadi, boisi bu usul davlatni markazlashtirishda qo`l kelgan. Bu usul, ya’ni shu xil idora tizimi G`aznaviy (997-1186) lar va Buxoro Mang`it (1757-1920) lari davlatida ham ustuvor maqomga ega edi.
Devon so`zining ikkinchi bir ma’nosi adabiyotshunoslik atamasi bo`lib, u she’riy to`plam yoki majmuadir. Devonda ma’lum bir shoirning she’rlari joylashtiriladi, bundan doston yoki nasriy asarlar mustasnodir. Devon tuzish va uni tartib berish an’anasi fors-tojik adabiyotida IX-X asrlarda boshlangan. Fors-tojik mumtoz adabiyotida dastlabki devon sohibi sifatida shoir Xonzalai Bodg`iziy (vaf.839) e’tirof etiladi. Lekin Davlatshoh Samarqandiy bo`lsa ilk devon tartib bergan shoir deb Rudakiyni (858-941) hisoblaydi va uning she’riy devoni borligi xususida xabar berib o`tadi.
Dastlabki tuzilgan devonlarda she’rlar janriga qarab qismlarga bo`lingan, masalan XI asr shoiri Ashrafiy G`aznaviy devonda bu holni ko`zatish mumkin. Ammo boshqa shoirlar devonida bu holatga rioya qilinmagan, chunonchi Anvariy, Muizziy, Sayfi Isfarangiy va boshqalar devonida she’r shakllari aralash joylashtirilgan. Sa’diy SHeroziy (1204-1292) zamoniga kelib tur va navlar bo`yicha alohida devon tartib berish an’anasi rasm bo`la boshlaydi, jumladan: “Qasoidi arabiy”, “Qasoidi forsiy”, (“Qita’ot”, ruboiyot, fardiyot) “Qit’a, ruboiy va fardlar” tarzidagi devonlari bor.
O`zbek mumtoz adabiyotida mutafakkir Alisher Navoiyning guvohlik berishicha Lutfiy va Sakkokiy devonlari ilk devonlar sifatida e’tirofini topgan. Adabiyotimizda mukammal devon tuzish an’anasini Alisher Navoiy boshlab bergan, uning devonida she’riy shakllar joylashuvi masalasiga ham diqqat qaratilgan. Navoiyning “Badoyi’ ul–bidoya” devonida she’r navlari va xillari joylashuvi quyidagi tartibda: g`azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, qit’a, ruboiy, lug`z, muammo, tuyuq, fard, “Navodir un-nihoya” bo`lsa faqat g`azallardan iborat. “G`aroyib us-sig`ar” da g`azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, masnaviy, qit’a, ruboiy. “Navodir ush-shabob”: g`azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, tarkibband, qit’a, muammo mavjud.
Ammo mumtoz adabiyotimizda Hofiz Xorazmiy devoni ham mavjud bo`lib, bu devon keyingi yillar aniqlandi va u qadimiy an’analar asosida tuzilganligi bilan ahamiyati kattadir. Boisi ushbu devon tarkibi qasidalar bilan ibtido topadi, adabiy an’anaga muvofiq devonlar aslida qasidalardan boshlangan, shundan so`ng g`azal va boshqa she’r shakllari joylashtirilgan.
Shoir – arabcha so`z bo`lib, donishmand, tushungan, anglagan, topgan, tanilgan ma’nolarini anglatadi, aslida she’r so`zidan olingan shoir so`zi donishmandlik va ma’rifat demakdir. Adabiyot – odob, adab va yot yoki ot arabcha ko`plik, jamlik-lar qo`shimchasini ifoda etadi, ya’ni ko`plikda odoblar ma’nosini beradi. Badiiy adabiyot, demak badiiy so`zi ilk kezlar yangi ma’nosini anglatgan, keyinroq ma’no ko`chish hodisasi yuz berib go`zal ma’nosiga ega bo`ladi, xulosa badiiy adabiyot-go`zal odoblardir. O`z vaqtida xassos shoirimiz va dono adabiyotshunos olim Maqsud Shayxzoda badiiy adabiyotni nafis adabiyot, nafis odoblar, deb atashga moyillik bildirgan ekan.
Nasr va mansur istilohlari nasriy asarlarga nisbatan ishlatiladi, ushbu atamalarning lug`aviy ma’nosi nazm yoki manzumga zid bo`lgan holda sochilgan, to`zilgan ma’nolarini aks ettiradi. YA’ni nazm va manzum ipga tizilgan, tartib bilan terilgan marvaridlar shodasi, shokila ma’nosini ifoda etsa, nasr va mansur ipga tizilgan, tartib bilan terilgan marvarid shodasi yoki shokilasining to`zg`igan, ip uzilib sochilgan mazmunni anglatadi.
SHe’r unsurlari: misra, bayt, matla’-mabda’, maqta’, rukn (turoq-hijo-vazn), sadr, aruz, ibtido, zarb-ajuz, hashv (bezak), shohbayt, taxallus, qofiya, radif, hojib (niqob), raviy va boshqalar. Misra arabcha so`z, eshikning bir pallasi, bayt–uy, matla’–quyoshning, oyning, umuman, yulduzlarning chiqish joyi, qasida va g`azalning birinchi bayti. Mabda’–chashmaning suv chiqadigan joyi, ya’ni ko`zi ma’nolarini anglatadi, maqta’–qat, ya’ni kesilgan, qirqilgan joy mazmunini beradi. Aksar vaqt maqta’–qasida yoki g`azalning oxirgi bayti sifatida qarab kelingan, aslida esa maqta’ nazmiy va nasriy asarlarning xulosa, yakuniy qismidir. Shundan maqta’ xotima, anjom, ado, oxir, yakun va xulosa ma’nolarini ham beradi, lekin maqta’ni bir baytdan iborat deb qat’iy hukm chiqarish g`alatdir. Boisi asar, umuman she’riy asarning yakuni a’lo darajada aytilsa, u adabiyotshunos nazariyotchilar tarafidan husni maqta’ deb nomlangan. Chunonchi Ataullo Husayniyning Alisher Navoiy madhidagi qasidasi maqta’i uch baytlidir.
Husni maqta’dek husni matla’ yoki zebi mabda’ ham mavjud, she’rning ilk baytida ajralib turuvchi chiroyli fikr, go`zal g`oya tashkil topgan baytga husni matla’ (goho zebi mabda’) deyishgan. Sababi asarning boshlanishi qanchalik jozibali bo`lsa, uning keyingi yo`nalishi o`quvchi (g`azalxon) ning diqqatini tortib, uning rag`batini voqealarga shunchalik orttirib borgan. Ba’zan husni matla’ni husni ibtido nomi bilan ham atashadi, shoir Husayniy (1438-1506) dan bir misol:

Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling