Reja: Muomala mahorati
Download 225.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Muloqot qoidalari
Muloqot madaniyatimizda xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelingan urf-odatlari, an'analari, axloq normalari mujassam bo'lib, maqollar, hadislar, hikmatli so'zlar, pand-nasihatlar, axloq-odob durdonalari shakllarida xalqni ma'naviy yetuklikka boshlab kelmoqda. Bir kishi ikkinchi bir kishi bilan salomlashar ekan, «Assalomu alaykum» (arabcha so'z bo'lib «sizga tinchlik tilayman» ma'nosini anglatadi) so'zini aytadi, javob beruvchi esa «Vaalaykum assalom» (ma'nosi: «sizga ham tinchlik tilayman», «sizga ham tinchlik bo'lsin») deydi. Salomlashish beg'araz, chin qalbdan bo'lishi bilan bir qatorda, biron kishi bilan muloqot qilishdan oldin salomlashishning quyidagi qoidalariga amal qilish joizdir: ertalab uyqudan turgach, yuvinib. ota-ona, oila a'zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berib, «yaxshi dam oldingizrni? deyish bilan kunni boshlash kerak. Katta yoshdagi kishilarni, qo'ni-qo'shni va qarindoshlarni, ustozlami, tcngdoshlarini uchratib qolgudck bo'linsa, ko'ksiga qo'lni qo'yib sharqona diyonat bilan salom berib, hol-ahvollari so'raladi. Kattalar. ayollar, qiz-juvonlar bilan uchrashganda, ularga qarshi borib salomlashish odobdandir. Agar ko'pchiliklar ichida biron-bir do'stini. qarindoshini yoki tanishini uchratib qolinsa, u kishining o'ziga emas, shu yerda o'tirgan yoki turganlarning barchasiga salom beriladi. Kichik yoshdagilar bilan muloqotda bo'lganda. ular hurmat bilan salom bcrishsa, iloji boricha hammalarining salomlariga umumiy so'rashilgan holda javob berishga harakat qilinadi. Ota-ona. opa-singil. do'stlar, ustozlar, qarindosh-urug'lar va boshqalar bilan muloqot qilishning debochasi. salomlashib bo'lingach, ular bilan haqiqiy muloqot boshlanadi. Imom G'azzoliy aylganidek. «O'zingga nisbatan kishilardan qanday muomalani kutsang. ularga nisbatan ham xuddi shunday muomalada bo'lgin». Oilada bo'ladigan muloqotning sofligi, maznumdorligi. oiladagi bolalarning xulq-atvoriga, ma'naviy kamolotiga ta'sirini kuchaytirish ko'p hollarda ota-ona o'rtasidagi va ulaming bolalar bilan bo'ladigan o'zaro muloqotiga bog'liqdir. Oiladagi kundalik muloqot bu hayotiy ehtiyoj, bolani ijtimoiy va madaniy hayotga tayyorlashning asosidir. Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, larbiyavij va o'zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo'ladigan munosabatlari, samimiy erning xotinga, xotinning crga nisbatan o'zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunday oilada musaffo ma'naviy muhit v ujudga keladi. Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi sabrlilik, o'ylab, aql-zakovat bilan oilaviy yumushlarning birgalikda maslahatli ha I etilishi, ularning bir-biriga mehribonligi, farzandlariga bir xilda muomalada bo'lishi. liar ikki tdmonning qarindosh- urug'larga, qo'ni-qo'shnilarga bir xilda mehr-muhabbat, hurmal bilan qarashi, bir so'zliligi, haqiqatni gapirish kabi ijobiy fazilatlarga ega bo'lish, shuningdek. ichish, chekish, yolg'onchiiik, maishiy buzuqiik. dimog'dorlik, manmanlik va boshqa shu kabi illallardan holi bo'lishi oiladagi muomala madaniyalining sofligini ta'minlovchi xususiyatlardir. Ola-onaning bir-biriga «adajonisi» yoki «oyijonisi» deb murojaat etishlari, «rahmat», «marhamat». biron joyga borilayotganda «yaxshi borib keling» yoki «bexatar borib keling», «yaxshi keldingizmi? » kabi so'zlar muomalani lo'g'ri yo'lga qo'yadi, («Islom nuri» jurnali. 1990-уй, № 32.) farzandlarining ota-onaga nisbatan hurmatini, mehr-muhabbatini oshiradi, ota-ona ular uchun ideal bo'lib qolishlariga yordamlashadi. O'z davrining yetuk mutafakkirlari ham er-xotin munosabatlarining sofligi naqadar muhim ahamiyat kasb etishini e'tirof etishgan. Bu masalaga Rizouddin ibn Faxriddin shunday yondashadi: «Go'zal muomalali bo'lmoq islom shariatining birinchi qoidalaridandir. Go'zal muomalaning eng lozim qismi xotun bilan bo'lajak muomaladir. Adabiyotlar: 1. “O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Barkamol avlod O’zbikiston taraqqiyotining poydevori”- Toshkent: Sharq, 1997-65b. 2. Karimov I.A “Yuksak m’naviyat yingilmas kuch “. Toshkent: O’zbekiston 2008. 202 b. 3. Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi. 2005y. 4. A. Avloniy “Turkiy Guluston yohud ahloq” (nashirga tayyorlovchi Holiqov L)- Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160b. Download 225.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling