Reja: Musiqali ritmik harakatlarga o‘rgatish metodlari va usullari
Download 132.14 Kb.
|
3 - Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Bolalarni musiqaviy-ritmik harakatlarga o‘rgatish Reja: 1. Musiqali - ritmik harakatlarga o‘rgatish metodlari va usullari 2. Ashula, raqs, xorovodli o‘yinlarni o‘rgatish Musiqali ritmik harakatlarga o‘rgatish metodlari va usullari -xilma-xildir. Bu ko‘rsatmali eshitish (musiqaning pedagog tomonidan ifodali ijro yetilishi), ko‘rsatmali ko‘rish (o‘yin, raqs, harakatlarning ayrim yelementlarini ko‘rsatish), og‘zaki (yangi o‘yin, raqs haqida obrazli hikoya qilish, ularni ijro yetish vaqtida tushuntirish, yeslatish va shu kabilar) metodlardir. Ko‘p holda takrorlash mashqlari metodi ham katta ahamiyatga yegadir. Bular faqat harakat malakalarini yegallash uchungina yemas, balki bolalarning mustaqil holatlarida, ular ijodiy topshiriqlarni bajarayotganlarida ham qo‘llanadi. Musiqali o‘yinlarni o‘rganishda pedagog faqat ko‘rsatishdangina yemas, balki obrazli shaklda qisqa, aniq ko‘rsatmalar shakldagi so‘zdan ham foydalanadi. O‘yin bilan dastlabki tanishtirishda quyidagi metod yeng maqsadga muvofiq bo‘lib ko‘rinadi: avval musiqa yaxlit ijro yetiladi, so‘ngra o‘yinning qisqacha bayoni berilib, musiqa takrorlanadi, shundan so‘nggina bolalar o‘yinni ijro yetishga kirishadilar. Bunday usulga o‘yin syujetli bo‘lmagan, biroq u o‘z harakatlari bilan aniq bo‘lgan vaqtda ko‘proq murojaat qilinadi. Teksti harakat tomonidan aytilib turiladigan qo‘shiq jo‘rligidagi o‘yinni tushuntirishda ham ana shu metoddan foydalanish mumkin. O‘yinning bundan keyingi yegallanishi asarlarning xususiyatlarini farqlash va kerakli ifodali harakatlarni yegallash bo‘yicha yangi topshiriqlarning to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar o‘yin vaziyati anchagina murakkab bo‘lsa, musiqali vositalar va shunga muvofiq harakatlantiruvchi ta’sirlarni farqlashga tayyorlovchi mashqlar qo‘llash mumkin. Ashula, raqs, xorovodlarni o‘rganish o‘yin priyomlariga o‘xshash usullarni qo‘llashni nazarda tutadi. Bu yerda ham qiziqish muhitini yaratish, masalan, raqs musiqasini chalgach, obrazli hikoya yordamida raqs haqida umumiy tasavvur berish, uning harakatlarini ketma-ket ko‘rsatish mumkin. Zaruriyati bo‘lsa, turli trenirovka mashqlarini qo‘shish lozim. Xuddi qo‘shiqni o‘rganish jarayonida bo‘lganidek, ritmika bo‘yicha ish metodikasi repertuarni asta-sekin o‘rganish qo‘shiqlar, o‘yinlar, raqslar, ayniqsa yeng murakkablarini nazarda tutadi, shuningdek, har bir bolaning yosh xususiyatlari va individual imkoniyatlarini hisobga oladi. Barcha metod va usullar bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir-birini to‘ldirib turadi, Musiqali o‘yinlarni o‘rganishda pedagog faqat ko‘rsatishdangina yemas, balki obrazli shaklda qisqa, aniq ko‘rsatmalar shakldagi so‘zdan ham foydalanadi. O‘yin bilan dastlabki tanishtirish-da quyidagi metod yeng maqsadga muvofiq bo‘lib ko‘rinadi: avval musiqa yaxlit ijro yetiladi, so‘ngra o‘yinning qisqacha bayoni berilib, musiqa takrorlanadi, shundan so‘nggina bolalar o‘yinni ijro yetishga kirishadilar. E'tiboringiz uchun rahmat! Download 132.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling