Reja Mustaqillik – o’zbek xalqining azaliy orzu-intilishi


Download 391.42 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi391.42 Kb.
#1291917
  1   2   3
Bog'liq
MUSTAQILLIIK – BUYUK NE’MAT


MUSTAQILLIIK​​ – BUYUK NE’MAT

Reja

1.Mustaqillik – o’zbek xalqining azaliy orzu-intilishi.

2. O’zbekistonda milliy- ma’naviy-tiklanishga e’tiborning zaruriyati.


3. Milliy- ma’naviy-tiklanish jarayonida amalga oshirilgan ishlar.
Bizga ulkan ne’mat, yaqin o’tmishda o’tgan bobolarimiz uchun armon bo’lgan ozodlik, mustaqilligimizni qaytarib bergani uchun Alloh subhanahu va taologa cheksiz hamdu sanolar bo’lsin. Darhaqiqat, bugun Vatanimizdagi rivojlanish, tub islohotlar, shahar-qishloqlarimizning zamonaviy chiroy kasb etishi, albatta, mustaqilligimizning sharofatidir. Barchamiz mustaqillik bayramini katta xursandchilik bilan kutib olamiz. Chunki, bu istiqlol Alloh taoloning bizga bergan buyuk ne’matidir. Shu ne’mat tufayli bizni ikki dunyo saodatiga yetaklovchi iymonimiz qaytdi. Besh mahal namoz va jum’a namozlarini xohlagan masjidda o’qiyapmiz. Ramazon ro’zasi, iftorliklar, tarovehlar bayramdek o’tmoqda. Haj va umra safariga nafaqat borish, balki, haj va umra kvotalarining oshirilishi, yurtimizda ko’plab masjid-madrasalar ochilishi, xususan, biz buxoroliklar va barcha yurtdoshlarimiz uchun quvonchli voqea – Buxoro shahrida shaxsan yurtboshimiz tashabbuslari bilan Mir Arab oliy madrasasining tashkil etilishi – bularning barchasiga mustaqillik tufayli erishdik. Mana, yaqinda yurtboshimiz tomonidan qurbon hayiti munosabati bilan 21-23-avgust kunlari dam olish kuni deb e’lon qilinganining o’zi ham mustaqillik davrida dinimizga qilingan e’tiborning bir ko’rinishidir. Qolaversa, o’tgan 2018-yil xalqimiz va yurtimiz musulmonlari uchun barakali va sermazmun yil bo’ldi. Buning boisi, birinchi bor O’zbekistonda qur’on musoboqasining o’tkazilishi yurtdoshlarimiz va xorijlik musulmonlar tomonidan yuqori baholandi. Ha, azizlar! Uyidan bir parcha “eskicha” yozuv topilib “quloq” qilingan bobolarning nabiralari bugun Qur’oni karimni tajvid bilan o’qib, bir-birlari bilan musobaqa qilyapti. Ozodlik, mustaqillikni orzu qilib, qonli ko’z yoshlarini to’kkan ajdodlarning avlodlari bugun ko’ksini qalqon qilib, Vatan xizmatiga shay turibdi. Bilim olishni orzu qilib, orzusi ushalmay umri paxta dalasida o’tgan momolarning navnihollari bugun shinam, keng, yorug’ va barcha qulayliklarga ega bo’lgan xonalarda ilm olyapti. Davlat boshliqlari tomonidan “Din – afyun, eskilik sarqiti” deb uqtirilgan xalqning bugungi kundagi sarboni “Qur’onni eshitish, eshita olish – yuksak ma’naviyat, ma’rifat. Qur’on hech qachon yomonlikka da’vat qilmaydi. Agar Qur’oni karimni eshita olsak, eshittira olsak bu muvaffaqiyat bo’ladi. Elimizga nur keladi”-demoqda!!! Subhanalloh, Alloh taolo bizga mustaqillikni berib, ortidan shuncha yaxshiliklarni ato qilgan ekan bu ne’matlarning qadriga yetib, shukr qilmog’imiz lozim. Zero, Alloh taolo O’zining bandalarini hidoyatga boshlovchi Kitobida marhamat qilib aytadiki: ”Agar shukr qilsangiz, ko’paytirib beraman”. Demak, biz bandalar mudom Alloh taoloning ne’matlariga shukr qilarkanmiz, Alloh bizga ziyoda qilib beraveradi. Alloh taoloning va’dasi haq va u va’dasiga xilof qilmaydi.
Payg’ambarimiz s.a.v ham hadisi muboraklarida “Kim dunyo tufayli xafa bo’lib tong ottirsa, robbisi undan g’azablangan holda tong ottiribdi. Kim musibatidan shikoyat qilib tong ottirsa, robbisidan shikoyat qilibdi’ - dedilar.
Shunday ekan, Alloh taoloning bizga bergan ne’matlariga shukr qilib, yaqin o’tmishda o’tgan ota-bobolarimizning duolari, iztirobu mashaqqatlari tufayli erishilgan mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, yurtimiz, xalqimiz, jonajon O’zbekistonimizning gullab-yashnashi va nurli istiqboli, yoshlarimizning ertangi kuni uchun beminnat xizmat qilish yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning burchidir.
Alloh taolo mustaqilligimizni abadiy qilsin!
Shu kunlarda yurtimizning har bir go‘shasida bayram shukuhi kezib yuribdi. Shodiyona kunlarda xalqimiz mustaqillik in’om etgan har bir ne’matni e’tirof etib, shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytmoqda.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yanada yuksalib bormoqda.

Download 391.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling