Reja Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol
O’zbek modeli ning kishilar tafakkurini yangilashda tutgan o’rni va roli
Download 1.24 Mb.
|
Reja Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va -fayllar.org
O’zbek modeli ning kishilar tafakkurini yangilashda tutgan o’rni va roli. Jamiyatni rivojlantirish borasida har bir yangidan yaratilgan model o`zining amal qilish tamoyillariga ko’ra kishilarning ongi va tafakkuriga o`zining ta’sirini o`tkazadi. Xuddi shu ma’noda O’zbek modeli ning kishilar tafakkurini yangilashda tutgan o’rni va roli quyidagilar:
birinchidan, odamlarning dunyoqarashini tubdan o’zgartirib, mustaqillikning ulug’ saodat ekanligiga ishonchini mustahkamlaganligi; ikkinchidan,iqtisodiy erkinlik shaxs, oila, mehnat jamoasi, ijodiy guruxlarningtashabbuskorligi va tadbirkorligini kuchaytirib xalq farovonligini oshirayotganligi; uchinchidan, xususiy mulkning daxlsizligini ta’minlab, uning mavqeini kuchaytirayotganligi; to`rtinchidan,aholining nochor qatlamlari, bolalar, talabalarning ijtimoiy jihatdan qo’llab- quvvatlanayotganligi; beshinchidan, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirib, komil insonlarni voyaga yetkazishga xizmat qilayotganligi; oltinchidan, jahonda O’zbek degan xalqning borligini har tomonlama namoyon qilayotganligi va boshqalar bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham bu modelning O’zbek xalqi hayotda tutgan o’rni va roli haqida Birinchi Prezident I.A.Karimov: “Biz tanlagan taraqqiyot strategiyasining naqadar to’g’ri bo’lganini hayotning o’zi yana va yana bir bor tasdiqlab bermoqda”, degan edi. Bu xususda O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: «Davlatimiz rahbari asoslab bergan, dunyoda taraqqiyotning «O’zbek modeli », «Birinchi prezident Islom Karimov modeli » deb tan olingan strategiya yo’lining mohiyati va ahamiyati, uning vaqt o`tgan sari yo’zaga chiqayotgan potensial imkoniyatlarini har qachongidan ham chuqurroq anglaymiz», — deganda, haq gapni gapirgan edi. «O’zbek modeli »ning mantiqiy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevraldi «O’zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» Farmon qabul qilindi. Harakatlar strategiyasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog’ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling