Reja: Mustaqillik, mustaqil demokratik taraqqiyot va milliy g‟oya tushunchalarining o‟zaro munosabati hamda mazmuni va mohiyati
Download 17.45 Kb.
|
Mavzu8
Mavzu8: O`zbekiston taraqqiyotining milliy g`oya konsepsiyasi bilan bog`liqligi.Aksiologiyada g`oyalar manbai Reja:
1.Mustaqillik, mustaqil demokratik taraqqiyot va milliy g‟oya tushunchalarining o‟zaro munosabati hamda mazmuni va mohiyati 2. Mustaqil demokratik taraqqiyotni ta‟minlashning milliy-ma‟naviy va umuminsoniy demokratik tamoyillar. 3.Ozbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlash va yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‟oyasini amalga oshirishda davlatning bosh islohotchilik roli Mustaqillik – arab tilida tobe emaslik, ixtiyori o‟zidalik, qaram emaslik, degan ma‟nolarni bildirib, – erkin va ozod ravishda boshqalarning rahbarligisiz ish yurita bilish jarayonini o‟zida ifodalaydi. Mustaqillik – o‟zaro hurmat, bir-birini qadrlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ish ko‟rish, keng dunyoqarash va erkin tafakkurga tayanib yashash, fikrlash hamda o‟z hayotini o‟zi tashkil etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi. Mustaqillik har bir xalqning, millatning, har bir fuqaroning o‟z istedodini namoyon etish uchun zarur shartsharoitlarni yaratishga yo‟l ochadi. Mustaqillikka erishish g‟oyasi xalqimizga azaldan meros bo‟lib, bu xalqimizga ajdodlar orqali ming yilliklar qa‟ridan bizgacha yetib kelgandir. Xalqimiz azal-azaldan o‟z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun doimo harakat qilgan. Tariximizning turli davrlarida ko‟plab turli milliy mustaqil davlatchilik asoslari barpo etilgan. Mustaqillik – tenglik sari qo‟yilgan birinchi qadam bo‟lib, tenglik bo‟lgan joyda odamlar o‟rtasidagi munosabatlar ham, davlatlar o‟rtasidagi munosabatlar ham umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash me‟yori hamda tartibi yuzaga keladi. Mustaqillik – o‟zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarga asoslanadi. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o‟z taqdiri bilan bog‟liq bo‟lgan istiqbol haqida o‟ylash jarayonini ham o‟zida ifodalaydi. Mustaqillik bu insonning erkin dunyoqarash va erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir. Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shakli va ko‟rinishini inkor etadi. Mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg‟or tajribalari asosida o‟z ravnaqining o‟ziga xos tamoyillarini ishlab chiqqan holda 203 rivojlanishdir. Mustaqillik o‟zaro hamkorlik, hamjihatlik, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy munosabatlar asosida hayot kechirishdir. Mustaqillik inson uchun tabiatan ongli yashash va ongli munosabatni qaror toptirish mezoni bo‟lib hisoblanadi. O‟zbekiston o‟zining milliy mustaqilligini qo‟lga kiritganidan so‟ng iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma‟naviymafkuraviy sohalarda juda katta o‟zgarishlar, yangilanish jarayonlari sodir bo‟ldi. O‟zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentyabr kuni NyuYorkda bo‟lib o‟tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi xorijda O‟zbekiston haqida shakllangan eski qolipdagi tushuncha va tasavvurlarni tubdan o‟zgartirib, dunyo hamjamiyatining O‟zbekistonga bo‟lgan ishonchining bir necha marta oshishiga olib keldi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqida O‟zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida mustahkamlangan tinchlik va xavfsizlikni, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini ta‟minlash sohasida olib borayotgan odilona siyosatiga alohida to‟xtalib o‟tildi. Prezidentning nutqida dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta‟minlash, xalqlar o‟rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, BMTning rolini yanada oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Davlatimiz rahbarining nutqida O‟zbekistonda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta‟minlashga qaratilgan hamda insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib amalga oshirilgan bir qancha samarali tadbirlar sanab o‟tilgan. 2. Mustaqil demokratik taraqqiyotni ta‟minlashning milliy-ma‟naviy va umuminsoniy demokratik tamoyillar O‟zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-ma‟naviy va umuminsoniy demokratik tamoyillarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari O‟zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlari va nutqlarida yoritilgan bo‟lib, bugungi kunda O‟zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yanada rivojlantirilmoqda. Milliy g‟oya xalqaro huquq qoidalariga, umuminsoniy qadriyatlarga, O‟zbekiston Konstitusiyasiga, milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizga, vijdon erkinligi, insonparvarlik, fikrlar xilmaxilligi kabi demokratik tamoyillarga mos keladi. “Tamoyil” va “yo‟nalish” so‟zlari jamiyatning turli jabhalaridagi ob‟yektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisalarni o‟zida ifodalaydi. Jamiyat hayotida “tamoyil” va “yo‟nalish” so‟zlari ma‟lum bir jarayondagi qonuniyatni o‟zida aks ettiradi. Bugungi kunda demokratiyaning muhim, butun dunyoda e‟tirof etilgan asosiy tamoyillari mavjud bo‟lib, bu tamoyillarga quyidagilar taalluqlidir: 1). erkin va adolatli saylovlar; 2). ochiq va hisobot beruvchi hukumat; 3). inson huquqlarining ustuvorligi; 4). hokimiyat organlarining saylab qo‟yilishi; 5). so‟z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitusiya va qonunlar bilan kafolatlanishi; 6). qonun ustuvorligi; 7). fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi; 8). tayinlash yo‟li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo‟yiladigan organlar oldida hisob berishda burchliligi; 9). ko‟ppartiyaviylik tizimining mavjudligi; 10). umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o‟tkazilishi; 11). mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi; 12). siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko‟rsatishi; 13). jamiyatda plyuralizm, ya‟ni fikrlar xilma-xilligi, turlitumanligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi. O‟zbekiston milliy mustaqillikni qo‟lga 206 kiritganidan so‟ng o‟z oldiga bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishni maqsad qilib qo‟ydi. Demokratik jamiyat qurish milliy-ma‟naviy va umuminsoniy demokratik tamoyillar asosida amalga oshiriladi. O‟zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning milliy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1). Xalqimiz hayotida jamoa bo‟lib yashash ruhining ustuvorligi. 2). Oila, mahalla, el-yurt muqaddasligi. 3). Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat-e‟tibor. 4). Millatning o‟lmas ruhi bo‟lgan ona tiliga hurmat. 5). Kattaga hurmat, kichikka izzat. 6). Ayol zotiga ehtirom. 7). Sabr-qanoat, mehnatsevarlik. 8). Halollik va mehr-oqibat. 9). Demokratik jarayonlarning uzviyligi, asta-sekinligi. 10). Odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi. 11). Xalqimiz milliy madaniyatining o‟ziga xosligi va hokazo. O‟zbekistonda demokratik jamiyat barpo qilishning umuminsoniy demokratik tamoyillariga quyidagilar taalluqlidir: 1). Qonun ustuvorligi. 2). Inson haq-huquqlari va hurfikrlilik. 3). Barcha millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash. 4). Diniy bag‟rikenglik. 5). Dunyoviy bilimlarga intilish, ma‟rifatparvarlik. 6). O‟zga xalqlarning ilg‟or tajribalari va madaniyatini o‟rganish va hokazolar. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda umuminsoniy, mintaqaviy, milliy va diniy qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. 3.O’zbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlash va yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‟oyasini amalga oshirishda davlatning bosh islohotchilik roli O‟zbekistonning o‟tgan mustaqil taraqqiyot davri mobaynida, mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o‟ta muhim bir maqsadga, ya‟ni hokimiyatlar bo‟linishi konstitusiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‟rtasida o‟zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta‟minlash bo‟yicha g‟oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‟rishga qaratilgan edi. Mustaqil O‟zbekiston dunyoning ilg‟or davlatlarining tajribasini har tomonlama o‟rganib va mamlakatimizning muayyan sharoitlarini inobatga olib, xalqning an‟analari va mentaliteti bilan hisoblashib, bu tizimni yuzaga keltirdi. O‟zbekiston o‟zining milliy mustaqilligini qo‟lga kiritganidan so‟ng milliy istiqlol g‟oyasi davlatimiz tomonidan olib borilgan siyosatda “O‟zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan iborada ifodalandi. Mustaqillikni mustahkamlash, yaratuvchilik ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun millik jipslik, ichki osoyishtalik nechog‟li zarurligini hisobga olib, milliy g‟oya ifodasi yanada aniqlashtirildi, yanada soddaroq shaklda ifodalandi – “Bizdan ozod va obod Vatan 209 qolsin”. Ushbu g‟oyaning mohiyati quyidagi fikrda o‟z ifodasini topgandir. Shu aziz Vatan barchamizniki, uning mustaqilligini ko‟z qorachig‟iday avaylab-asrash, har tomonlama rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga teng huquqli a‟zo bo‟lish, kelajak avlodga obod Vatan qoldirish lozim. Mustaqil taraqqiyotning, mamlakatimizda o‟tkazilayotgan tub islohotlarning pirovard maqsadi inson ekanligi avval boshdanoq e‟tirof etilib, “Islohotlar islohotlar uchun emas, balki inson uchun” tamoyili yangi jamiyat barpo etishning tamal toshiga aylandi. Erkin fikrlaydigan, ijtimoiy mas‟ullikni to‟g‟ri tushunadigan shaxs iqtisodiyotni rivojlantirishning, jamiyatni demokratiyalashtirishning, erkin va farovon turmushni qaror toptirishning muhim sharti va asosiy sub‟yektidir. Shuning uchun O‟zbekistonning milliy istiqlol g‟oyasi “Ozod va obod Vatanda – erkin va farovon yashash”, deb oydinlashtirildi. Milliy g‟oya – mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to‟g‟risidagi yaxlit va izchil ta‟limotdir. Milliy g‟oya mamlakatdagi har bir millat, elat, ijtimoiy guruh, din, partiya yoki ijtimoiy qatlam vakili uchun umumiy mezon bo‟lib, u ko‟pmillatli O‟zbekiston xalqining umumiy g‟oyasidir. Xalqning mustaqil davlatchilik an‟analarini ta‟minlash hamda fuqarolarga yot va begona g‟oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni erkin, demokratik fuqarolik jamiyati barpo etish yo‟lida birlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi ishiga safarbar etish bu g‟oyaning asosiy maqsadi va vazifasi sanaladi. Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotganligi, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortayotganligi, xalqimizning ma‟naviy boyib, ilmziyo salohiyati yuksalayotgani Vatan ravnaqining asosi bo‟ladi. Bugungi kunda O‟zbekistonda ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantirishga, yangi zamonaviy innovasion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishga, chet el investisiyalarini mamlakatimiz iqtisodiyotiga tatbiq etib, yangi ish o‟rinlarini yaratishga katta e‟tibor qaratilmoqda. O‟zbekiston jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan o‟zaro manfaatli shartnomalarni imzolab, 2018 yilda O‟zbekistonda 3764 ta qo‟shma korxona, 3196 ta xorijiy korxonalar faoliyat olib bordi. O‟zbekistonda sanoat sohasida 2818 ta, savdoda 1484 ta, sog‟liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 210 ko‟rsatishda 90 ta, axborot va aloqada 181 ta, tashish va saqlashda 207 ta, qishloq, o‟rmon va baliq xo‟jaligida 286 ta, yashash va ovqatlanish bo‟yicha xizmatlarda 289 ta va qurilishda 425 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar tashkil etilib, bu korxonalarning olib borayotgan faoliyati Vatan ravnaqiga xizmat qilmoqda Download 17.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling