A um. - umumiy mutloq miqdor;
a1 … an - kuzatilayotgan ob’ektdagi yakka mutloq miqdorlar;
- to‘plam birliklarining yig‘indisi.
Xodimlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
Ish haqi, so‘m
|
48400
|
39500
|
50600
|
47300
|
58500
|
62400
|
53000
|
44300
|
Masalan: Kichik korxonada 8 kishi ishlaydi. Ularning may oyida olgan mehnat haqlari quyidagicha:
Aum = 48400+39500+....+44300=404000 so‘m
Demak, xodimlar mehnat haqining umumiy miqdori bu summalarning yig‘indisi - 404000 so‘mdan iborat.
Mutloq miqdorlar natura, shartli natura, qiymat (pul) va mehnat o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin. Ob’ektning xususiyatiga qarab, ya’ni ularning hajmi, og‘irligi, uzunligi yoki maydoni miqdorlari ko‘rsatilishiga qarab, natura o‘lchovda dona, metr, kilogramm va shu kabilar ishlatilishi mumkin.
Mutloq miqdorlarning o‘lchov birliklari
Natura o‘lchov birliklari
Shartli-natura o‘lchov birliklari
Kompleks o‘lchov birliklari
Qiymat o‘lchov birliklari
Mutloq miqdorlarning bir-biriga nisbatan olinib taqqoslanishi nisbiy miqdorlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |