Режа: Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi. Tovar va uning xususiyatlari. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafligi nazariyasi. Pulning kelib chiqishi


Download 24.18 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi24.18 Kb.
#1527350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1403158087 43570

Pulning qiymat o’lchovi vazifasini ideal pul bajaradi, ya‘ni tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq qilgan taqdirdagina uning qiymatiga mos keladi. Tovarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nasbati kabi omillarga bog’liq bo’ladi.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagina pul materialini birlik qilib olinadi. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) deb ataladi. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning narxlari real pulga aylanadi. Tovarlar va xizmatlarni ayirbosh (oldi-sotdi) qilish jarayonida pul muomala vositasi vazifasini bajaradi.
Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda pulning bevosita kumush yoki oltin qo’ymalar ishlatilgan. Shuning bilan bir qatorda ayirboshlash vaqtida qiynchiliklar tug’dirgan. Monetalar - ya‘ni oltin tangalar uzluksiz muomalada bo’lishi natijasida siyqalanib, yoyilib hajmi kamayib boradi.
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’plash vazifasini bajaradi. Natural xo’jalik sharoitida boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan bo’lsa, tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan pul jamg’arish ko’rinishida amal qiladi.
Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kechiktirib sotilganda pul to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to’lashda to’lov vositasi bo’ladi. Qog’oz pullar veksel va banknotlar pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasini bajaradi.
Pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan uumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. Bu tovar ham iste‘mol qiymatga va qiymatga egadir.
Qog’oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajratiladi: naqd pullar (qog’oz pul tangachalar) va kredit pullar (chek, veksel, sertifikat, to’lov talabnomalari).
Xulosa qilib aytganda, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar-pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo’ldi va bozorning rivojlanishiga shart-sharoit yaratib berdi.

Download 24.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling