1487-1488- yillarda Navoiy Astrobodda hokimlik qiladi.
1489-yil Navoiy Hirotga qaytadi, uning ukasi Darveshali Balxda isyon ko‘taradi, sulton Navoiyni olib Balxga jo‘naydi, sulh tuziladi. Saroyda siyosiy kurashlar avj oladi. Shu asnoda shahzoda Mo‘min Mirzo qatl etiladi.
1499-yil Navoiy bu hodisadan qattiq ta’sirlanib, ko‘pdan buyon niyat qilgani – hajga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Ammo shu payt Husayn Boyqaroning o‘g‘li Abulmuhsin Marvda isyon ko‘taradi, Sulton isyonni bostirishga borganda shahzoda faqat Navoiy o‘rtaga tushsa, sulh tuzishini aytadi. Navoiy yo‘ldan noiloj ortga qaytadi va ota-bolani yarashtiradi.
1500-yil dekabr oyi oxirida Husayn Boyqaro Astarobod yurishidan qaytadi. Navoiy uni kutib olgani saroy a’yonlari bilan chiqadi. Yo‘lda uning ahvoli og‘irlashadi. Shoh bilan uchrashganda esa Navoiy uning ko‘ksiga bosh qo‘yib, hushdan ketadi.
1501-yil 3-yanvar kuni uch kun hushsiz yotgan Alisher Navoiy Hirot shahrida sakta kasalligi sababli vafot etadi.
- Аёзий Мирзо Муҳаммад Ҳайдар. Тарихи Рашидий. – Тошкент: Oʻzbekiston, 2011.
- Бобур Заҳириддин Муҳаммад. Бобурнома. – Тошкент: Шарқ, 2002.
- Бобур Заҳириддин. Бобурнома / Ҳозирги ўзбек тилига Ваҳоб Раҳмонов ва Каромат Муллахўжаева табдили. Тошкент: Oʻqituvchi, 2008.
- Бойқаро Ҳусайн. Рисола: Девон. – Тошкент: Шарқ, 1995.
- Восифий Зайниддин. Бадоеъул вақоеъ – Нодир воқеалар / Форсийдан Н.Норқулов таржимаси. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1979.
- Самарқандий Давлатшоҳ. Шоирлар бўстони («Тазкират уш-шуаро»дан). – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1967.
- Хоксор Муҳаммад Ризобек. Алишер Навоий асарлари луғати. Мунтахаб ул-луғот. Зубд ул-луғот / Масъул муҳаррир Ш.Сирожиддинов. – Тошкент: Akademnashr, 2019
- Хондамир Ғиёсиддин бинни Ҳумомиддин. Макорим ул-ахлоқ (Яхши хулқлар) / Форсчадан К.Раҳимов таржимаси. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 2015
- Навоий замондошлари хотирасида. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1985.
Do'stlaringiz bilan baham: |