Reja: Nazariy elektrotexnikaning hozirgi zamon fani va texnikasidagi hamda ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati


Elektr maydonining kuchlanganligi


Download 137.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi137.68 Kb.
#1010359
1   2
Elektr maydonining kuchlanganligi 
Magnit maydonini o‘zgarishi natijasida elektr maydoni va aksincha elektr 
maydonini o‘zgarishi natijasida magnit maydoni hosil bo‘lishi bu ikki maydonning 
o‘zaro bog‘liqligini bildiradi. Buni elektr energiyani uzatish liniyasini ish faoliyati 
misolida ko‘rish mumkin (1- rasm). 
Liniya simlari orqali energiya uzatishda bir-
biridan izolyasiya qilingan simlar U kuchlanish 
ta'sirida bo‘ladi. Buning natijasida simlar 
orasida kuchlanganligi E bo‘lgan elektr maydoni 
hosil bo‘ladi. Liniya simlaridan I tok o‘tishi 
natijasida 
ularning 
ichida 
va 
atrofida 
kuchlanganligi H bo‘lgan magnit maydoni 
yuzaga keladi (1-rasmda elektr maydoni uzuq 
chiziqlar, magnit maydoni esa uzluksiz chiziqlar 
bilan ko‘rsatilgan). 
1-rasmdagi maydonlar kartinasidan ko‘rinib turibdiki, elektr maydoni kuch 
chiziqlari berk emas - ular musbat zaryadlangan simdan boshlanib manfiy 
zaryadlangan simda tugaydi, magnit maydoni kuch chiziqlari esa berk - ularning boshi 
ham, oxiri ham yo‘q. 
Elektr maydonining eng oddiy ko‘rinishi qo‘zg‘almas elektr zaryadlarning 
maydoni hisoblanadi va u elektrostatik maydon deb ataladi. Bu maydonning har bir 
nuqtasi kuchlanganlik vektori 
E
bilan tavsiflanadi. 
Elektr maydonining kuchlanganligi unga kiritilgan nuqtali zaryadga maydon 
tomonidan ta'sir etayotgan kuchning shu zaryadga nisbatiga teng. Kuchlanganlik 
vektorining yo‘nalishi nuqtali zaryadga ta'sir etayotgan kuch vektorining yo‘nalishi 
bilan mos tushadi, binobarin: 




=




=

=
=
m
В
с
А
m
с
B
A
Кl
m
Jl
Kl
N
q
F
E
0
Nuqtali zaryad deb, shunday jism zaryadiga aytiladiki, uning o‘lchami juda kichik 
bo‘lib zaryadi tadqiq etilayotgan maydon ko‘rinishiga ta'sir etmaydi. 
1-rasm


Agar q
0
=1 bo‘lsa, u holda 


F
E
bo‘lib, elektr maydonining kuchlanganligi son 
jihatdan birlik zaryadga maydon tomonidan ta'sir etadigan kuchga teng bo‘ladi. 
Kuchlanganligi barcha nuqtalarda bir xil bo‘lgan maydon bir jinsli maydon deb 
ataladi. 

Download 137.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling