Reja Neft qatlamlarini ishlash rejimlari
Download 32.59 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-Mavzu Neft va qatlamlarni ishlash rejimlari-hozir.org
Neft va qatlamlarni ishlash rejimlari RejaNeft qatlamlarini ishlash rejimlariQatlamlarni ishlash rejimlarini paydo bo‘lishining geologik sharoitlari. Rejimlar samarodorligini taqqoslashNeft qatlamlarini ishlash rejimlari,Gazneft qatlami rejimi deb, tabiiy fizik-geologik sharoitlarga va uni ishlash va ishlatish davomida o‘tkaziladigan tadbirlarga bog’liq bo‘lgan, uni harakatlantiruvchi kuchlarni namoyon bo‘lish xususiyatiga aytiladi.Qatlam rejimiga vaqt davomida uni mahsuldorligi va qatlam bosimini, gaz omili va suyuqlik olishga bog’liq holda bosimni o‘zgarish xususiyatlariga qarab baho beradilar.Qatlam rejimi – uni harakatlantiruvchi kuchlarini murakkab jamlangan holda namoyon bo‘lishi, uyumni ishlash va ishlatish jarayonida yanada murakkablashadi. Qatlam rejimini har tomonlama bilish uchun nafaqat litologo-fizik xususiyatlarni, balki neft, gaz, suv mahsuldorligi, qatlam bosimi dinamikasi, suv-neft tutashmasi (SNT) va gaz-neft tutashmasi (GNT) siljishi bilan tavsiflovchi kon ma’lumotlarni ham o‘rganish zarurdir.Neft qatlamidagi energiya faqatgina neft qatlamini ishlatish boshlangandan keyingina uyumni o‘zida ham, uni o‘rab turuvchi suvli qismda ham harakatlana boshlaydi. Qatlamdan suyuqlik olinayotganda ishlatuvchi quduqlar hududida qatlam bosimini tushishi sodir bo’ladi. Paydo bo‘lgan bosimlar farqi ta’sirida quduqlar tubiga qatlamdan neft o‘zida erigan gaz bilan birgalikda harakat qila boshlaydi. Jarayon rivojlanaversa chekka suvlar va gaz do‘ppisi harakatga keladi, agar u bo‘lsa. Qatlamdan suyuqlik olinayotganda ishlatuvchi quduqlar hududida qatlam bosimini tushishi sodir bo’ladi. Paydo bo‘lgan bosimlar farqi ta’sirida quduqlar tubiga qatlamdan neft o‘zida erigan gaz bilan birgalikda harakat qila boshlaydi. Jarayon rivojlanaversa chekka suvlar va gaz do‘ppisi harakatga keladi, agar u bo‘lsa.Harakat kuchlaridan birining ta’siri ko’proq bo‘lganda qatlam rejimi sirtdan paydo bo‘ladi.Suyuqlik olish sur’ati qatlam rejimiga muhim ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Qatlamga suyuqlik olish yo‘li orqali ta’sir ko‘rsatish bilan bir qatorda, unga suv yoki gaz (havo) haydash yo‘li orqali qo‘shimcha energiya kirgiziladi. Kirgizilgan qo‘shimcha energiya neftni qatlamdan siqib chiqarish mexanizmini bir muncha yaxshilashi, qatlam rejimini xususiyatlovchi asosiy omillarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qatlam rejimini tavsiflovchi asosiy omillarni ko‘rib chiqish bilan birga, qatlamga qo‘shimcha energiya kirgiziladigan holatni qatlamga ta’sir ko‘rsatish faqat suyuqlik olish yo‘li orqali amalga oshiriladigan holatdan farqlay olish lozim. Qatlam rejimini tavsiflovchi asosiy omillarni ko‘rib chiqish bilan birga, qatlamga qo‘shimcha energiya kirgiziladigan holatni qatlamga ta’sir ko‘rsatish faqat suyuqlik olish yo‘li orqali amalga oshiriladigan holatdan farqlay olish lozim. Zamonaviy tasnif qatlamga suyuqlik olish orqali ta’sir ko‘rsatish holati uchun quyidagi rejimlarga ajratiladi: a) suv tazyiqi rejimi (II.1 va II.2-rasmlar); b) taranglik yoki tarang-suv tazyiqi rejimi; v) gaz tazyiqi yoki gaz do`ppisi rejimi va neftda erigan gaz rejimi (II.3, II.4 va II.5-rasmlar); d) gravitatsion rejim. Neft sohasi amaliyotida qatlamga qo‘shimcha energiya kirgizishni qatlam bosimini saqlash usuli deyiladi.Neft sohasi amaliyotida qatlamga qo‘shimcha energiya kirgizishni qatlam bosimini saqlash usuli deyiladi. Qatlamga qo‘shimcha energiya kirgizishda quyidagilarga ajratiladi: a) neftni suv bilan siqib chiqarish rejimi; b) gazli neftni suv bilan siqib chiqarish rejimi; v) neftni (gazli neftni) gaz bilan siqib chiqarish rejimi; g) neftni erituvchilar bilan siqib chiqarish rejimi. Download 32.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling