Reja: Neft va gazni temir yo’l orqali tashishni tashkil qilish
-§. Neft va gazni temir yo’l orqali tashishni tashkil qilish
Download 464.17 Kb.
|
Neft va gaz quvurlarini loyihalash-1
1-§. Neft va gazni temir yo’l orqali tashishni tashkil qilish
Transport qilish usullari ichida eng muhim usullardan biri albatta temir yo’l transporti hisoblanadi. Bu usul neft va neft mahsulotlarini tashishni 40% ini tashkil qiladi.Bu mahsulotlar asosan sisternalarda, bochkalarda va konteynerlar-da tashiladi. Asosan sisternalarda tashiladi. Sisternalar 25,50, 60, 90 va 120 tonnali bo’ladi. Bizda ko’p hollarda 60 va 90 t li sisternalar foydalaniladi. Vagon-sisterna universal to‘kuvchi asbob, saqlovchi prujinali klapan, lyuk va narvon bilan jihozlangan. Saqlovchi klapan sisternaning yuqorisida joylashgan bo‘lib, sisterna ichidagi bosimni moslab turadi. Lyuk (mo‘rkon) ham sisternaning yuqori qismida joylashgan. Undan ta’mirlash, tozalash hamda mahsulotlarni quyish va ularni isitish jarayonlarini amalga oshirishda foydalaniladi. Universal to‘kuvchi asbob (d-200 mm) sisternaning pastki qismida joylashgan bo‘lib, u orqali mahsulot oqizib olinadi. O‘rnatilgan to‘kuvchi asboblarning konstruksiyalari turlicha bo‘lib, ayrimlari isituvchi moslamalar bilan ham jihozlangan. Masalan, universal to‘kuvchi-quyuvchi asbob mahsulotlarni isitmasdan to‘kishga mo‘ljallangan. Mahsulotlarni isitib to‘kish uchun suv bug‘i va elektr energiyasi bilan isitishga mo‘ljallangan to‘kuvchi-quyuvchi asboblar ishlatiladi. Yuqori qovushqoqli va yuqori haroratda qotuvchan neft va neft mahsulotlarini tashuvchi vagon-sisternalar tashqi isituvchi «ko‘ylak» (rubashka) yoki ichki isituvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini isitish vagon-sisternalarning ichida o‘rnatilgan isituvchi quvur seksiyalariga suv bug‘ini haydash orqali amalga oshiriladi. Hosil qilingan harorat kamaymasligi uchun sisternaning tashqi yuzasi issiqlik izolatsiya qoplamasi bilan o‘ralgan bo‘lib, uning yuzasi metall qavati bilan qoplangan bo‘ladi. Bunday vagon-sisternalar maxsus «Termos» sisternalari deb ham ataladi. Bundan tashqari vagons isternalar ichidagi mahsulotlarni isitish ularning tashqi yuzasida hosil qilingan bug‘ «ko‘ylagi» yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi «ko‘ylak» sisternaning pastki qismi (yarmigacha)ga o‘rnatilgan bo‘lib, unga suv bug‘i beriladi. Download 464.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling