So‘nuvchi tormozlanish. Shartli refleksning so'nishi shartli ta’siriovchini takrorlash soniga, nerv sistemasining tipiga, oldin hosil qilingan shartli refleksning mustahkamligiga va shartli ta’sir kuchiga bog'liq bo'ladi. So'nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mum kin. Bu nerv sistemasining tipiga, so'nish darajasiga va bolaning yoshiga bog'liqdir So'nuvchi tormozlanish muhim biologik ahamiyatga ega. Qiyosiy tormozlanish. Ma’lumki, organizm retseptorlar vositasida atrof muhitdagi xilma-xil ta’sirni qabul qiladi. Qiyosiy tormozlanish. Ma’lumki, organizm retseptorlar vositasida atrof muhitdagi xilma-xil ta’sirni qabul qiladi. Miya yarim sharlari po'stlog'ida shartli refleks faqat shartli ta’sirga nisbatan hosil bo'lmasdan, balki shu ta’sirga yaqin ta’sirlovchilarga nisbatan ham bog'liq bo'ladi. Shartli ta’sirlovchining rangi, shakli yoki tovush balandhgi bir oz o'zgartirilgudek bo'lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi. Masalan, bolada so'lak ajrahshiga shartli refleks hosil qihshda shartli ta’sir daqiqasiga 10 marta takrorlansa-yu, shartsiz ta’sirlovchi bilan mustahkalanmasa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi. Shunday qihb, miya yarim sharlari po'stlog'i shartli ta’sirlovchilarga yaqin bo'lgan ta’siriovchilami tabaqalashtiradi. Bolalarda shartli reflekslarning tormozlanishi. Bolalarda shartsiz tormozlanish tevarak-atrofdagi ta’sirot va ichki organlardan keladigan nerv impulslari ta’sirida vujudga keladi. Masalan, qovuqning to‘lishi yuzaga keltirilgan shartli refleksni tormozlaydi. Tashqi tormozlanish chetki ta’sirlovchining kuchiga, yuzaga keltirilgan sharth refleksning mustahkamligiga va bolaning yoshiga (bola qancha yosh bo‘lsa, sharth refleks shuncha tez tormozlanadi) bog‘liq bo'ladi. O‘ta tormozlanish 10-12 yashar bolalarda 7-10 yashar bolalardagiga nisbatan sekin rivojlanadi. Shartli refleksning so'nish tezligi bolaning yoshiga, sog'lig'iga, oliy nerv faohyatining tipi hamda hosil bo'lgan sharth refleksning turi, hamda mustahkamhgiga bog'hq. 11-12 yashar bolalardagi shartli reflekslar 8-10 yasharli bolalarda yuzaga keltirilgan shartli reflekslarga qaraganda tez so'nadi. Ovqatlanishga nisbatan hosil bo'lgan sharth refleksni so'ndirish qorni och bolalarda qorni to'q bolalardagiga nisbatan qiyinroq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |