Reja: Norvegiya davlati haqida umumiy malu’motlar


Download 31.49 Kb.
Sana07.02.2020
Hajmi31.49 Kb.

REJA:

  1. Norvegiya davlati haqida umumiy malu’motlar



  1. 2. Norvegiya davlati iqtisodiyoti va makroiqtisodiy ko’rsatkichlari

1.Norvegiya davlati haqida umumiy malu’motlar

Norvegiya hududida odam muzlik davridan keyingi asrlardan beri yashaydi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida saam va german qabilalari yashagan. Norveglarning hayoti azaldan dengiz bilan bogʻliq: mamlakatning nomi ham „norveg“ — „shimoliy yoʻl“, „dengiz yoʻli“ maʼnosini bildiradi. 872-yil birinchi norveg qiroli taxtga oʻtirdi.

8—11-asrlarda mohir dengizchi boʻlgan norveg vikinglari Islandiyaga, Grenlandiya sohillari va Shimoliy Atlantikadagi orollarga yetib borib, ularni mustamlakaga aylantirdilar. 11-asrda xristianlik joriy etilib, markazlashgan monarxiya qaror topadi. 14-asr oʻrtalarida tarqalgan vabo kasalligi mamlakat xoʻjaligini, ijtimoiy va siyosiy xayotni izdan chiqardi, asta-sekin mustaqillik barbod boʻlishiga olib bordi. 

1319-yil Shvetsiya, 1380-yil Daniya bilan ittifoq tuzdi.  1397-yil Kalmar ittifoqiga koʻra, Norvegiya Daniyaga tobe boʻlib qoldi, 1537-yil Daniyaning viloyatiga aylandi.

1805—14 yillardagi Angliya-daniya urushi va hosilsizlik Norvegiyani halokat yoqasiga keltirib qoʻydi, oʻn minglab kishi ochlikdan oʻldi. 

1814-yil Kil sulh shartnomasiga koʻra, Norvegiya shvedlar mulki boʻlib qoldi. Bundan norozi boʻlgan norveg xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi. Oʻsha yil 17 mayda birinchi parlament (taʼsis majlisi) chaqirilib, konstitutsiya qabul qilindi va qirol saylandi. Shvetsiya-Norvegiya ittifoqi 1905-yilgacha amal qildi, Norvegiya ichki mustakillikdan foydalandi. 1905-yil 7-iyunda storting Shvetsiya-Norvegiya ittifoqini bekor qildi.

Birinchi jahon urushida Norvegiya betaraflik eʼlon qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilanoq Norvegiya betaraf ekanini bildirgan boʻlsa ham, 1940-yilda gitlerchilar Germaniyasi unga bostirib kirdi. Buning oqibatida Norvegiya hukumati Londonga koʻchdi. 1942-yil fashistlar Norvegiyada V. Kvisling boshchiligida sotqin hukumat tuzdi. Mamlakatda qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1945-yil 8-mayda Norvegiya ozodlikka erishdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va rivojlantirishga kirishildi. 1945-yildan BMT aʼzoligiga kirdi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 10-iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17-may Konstitutsiya kuni (1814).

NorvegiyaNorvegiya Qirolligi Shimoliy Yevropadagi davlat. Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385 ming km2. Aholisi 5,328,212 kishi (2019). Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan  Oslo shahriga boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiyaga qaraydi.

Norvegiya — togʻli oʻlka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland va dengiz sohilidagina past tekislik bor. Gʻarbiy qirgʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (ford) koʻp. Yirik orollari — Lofoten, Vesterolen, Senya, Mageryo va boshqalar. Hududining katta qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi — 2470 m).

Foydaliqazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush rudalari. Shimoliy dengizning quruqlikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iqlimi moʻtadil, shimoliy chekkasida subarktika, sohilida okean iqlimi yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —2—4 °C, janubda 2 °C. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glomma, Logen (Gudbransdal), Logen (Numedal). Katta gidroenergiya salohiyatiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra tuprogʻi, janubda togʻ podzol tuprogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27 % oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin, lemming va boshqalar bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va tyulen koʻp.

Davlat tuzumi

Norvegiya — konstitutsion monarxiya hisoblanadi. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1991-yil 21-yanvardan Harald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi palatasi odelsting) parlament — storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi.2013- yildan beri bosh vazir lavozimida Erna Solberg faoliyat yuritib keladi.

Norvegiya ishchi partiyasi, 1887-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-yil tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-yil asos solingan; Sotsialistik soʻl partiya, 1975-yil tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-yil tuzilgan. Xeyre, konservativ partiya, 1884-yil asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1899-yil tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Aholisining 97 % norveglar. Saamlar, kvenlar, shvedlar, danlar, nemislar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — norveg tili. Rasmiy din — lyuteranlik. Shahar aholisi 50 %. Yirik shaharlari — Oslo, Bergen, Tronxeym va boshqalar.

2. Norvegiya davlati iqtisodiyoti va makroiqtisodiy ko’rsatkichlari

Norvegiya — rivojlangan indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.

GDP(PPP) $397 miliard(2018)

Jon boshiga $74 065

GDP(nominal) $443miliard

Jon boshiga $82 711

Hukumat 2018-2019 yillardan boshlab umumiy 24 milliard NOKga teng soliqlarni qisqartirdi.

2018 yildan buyon quyidagi o'zgarishlarni kiritdi:

Daromad solig'i shaxslar va korporatsiyalar uchun qisqartirildi. Jismoniy shaxslar va korporatsiyalar uchun oddiy daromad solig’i 28 foizdan 23 foizgacha kamaytirish iqtisodning o'sish potensialini mustahkamlaydi va jamg'armalar va investitsiyalarni rag'batlantiradi.

Mol mulk solig'i 6,1 mlrdga qisqartirilgan.

Ushbu qisqartishlar mablag'larni tejashni, Norvegiya kapitali oqimini va biznes sohasida investitsiyalarni rag'batlantiradi. Soliq stavkasi 1,1dan 0,85 foizgacha pasaytirildi

Boj to’lanmaydigan yuk hajmi 870 mingdan 1,48 million NOKga ko'tarildi.

Qimmatli qog'ozlar va operatsion aktivlar va qarzdorlik uchun taxminan 20 foizli chegirma joriy etildi. Shu bilan birga, tijorat ko'chmas mulkning soliqqa tortiladigan qiymatini baholash taxminiy bozor qiymatining 50 foizidan 80 foizigacha ko'paytirildi, qayta sotiladigan uy-joylarning qiymati 50 foizdan 90 foizgacha ko'tarildi va dam olish uylarini baholash 10 foizga oshirildi. Bu turli xil aktivlarni yanada teng baholashga olib keldi.

Sanoati

Sanoatning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, sellyuloza-qogʻoz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga xizmat qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga mashinasozlik va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi, kumir, neft va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99 % GESlarda hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, elektrotexnika, radiotexnika va yogʻochsozlik sanoati koʻproq rivojlangan. Axrli jon boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqogʻoz mahsulotlari, ferroqotishma, alyuminiy ishlab chiqarish va kemasozlikda Norvegiya dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.



Qishloq xoʻjaligi

Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda noqulay. Togʻ-tosh koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parrandaboqiladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi.

Transporti

Ichki yuklar va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. Temir yoʻl uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari 89,7 ming km. Asosiy aeroportlari — Gardermoen (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo.

Eksport va import

Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina, mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona.

Tibbiy xizmati

Norvegiyada sogʻliqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80 % ijtimoiy sugʻurta hisobidan qoplanadi. Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Sankt — Olafs — Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneologik kurortlari, gʻarbiy sohilida Bergen dengiz boʻyi iqlimiy shifoxonasi bor.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalar

Dastlabki maktablar 12-asr boshlarida ochilgan. 1848-yil 7 yoshdan 13—14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi, 1968-yil 16 yoshgacha yetkazildi. Hozir taʼlim tizimi maktabgacha tarbiya muassasalari, 6 yillik kichik va 3 yillik yuqori majburiy maktablar, oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziyalar, hunar-texnikalar oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini oʻz ichiga oladi. Oslo, Bergen, Tronxeym, Tromsyodagi universitetlar, 10 ta institut oliy taʼlim beradi.



Mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlarni Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda ilmiy tadqiqotlar maslahat kengashi muvofiklashtiradi. Norvegiya fan va adabiyot akademiyasi (1857), 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti, sanoat va savdo firmalarining 300 laboratoriya, 40 ga yaqin ilmiy jamiyat va boshqalar bor. Bundan tashqari, Oslo universitetida 90, Tronxeym universitetida 50 ilmiy tadqiqot institut va laboratoriya ish olib boradi. Universitetlar huzurida yirik kutubxonalar va Oslo shahri kutubxonasi, Norvegiya xalq muzeyi (1894), universitet milliy osori atiqalar muzeyi, Milliy galereya, Amaliy sanʼat muzeyi, Zool. muzeyi va boshqalar bor. Norveg vikinglarining kemalari, T.Xeyerdalning „Kon-Tiki“ soli muzeyda saqlanayotir.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling