Reja: Nutq tovushlarining o’zgarishi Grafika haqida umumiy ma’lumot Orfografiya (imlo) Har qanday tilda ham tovushlar yozuvda yozilganidek talaffuz qilinavermaydi


Download 1.02 Mb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1070119
1   2   3   4   5   6   7
Kombinator o‘zgarishlar So‘z tarkibidagi tovushlaming bir-biriga o‘zaro ta’siri natijasida ro‘y beradigan tovush o‘zgarishi (fonetik o‘zgarish) kombinator o‘zgarish deyiladi. Bunga assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza kabi hodisalar kiradi.
  • 1. Assimilyatsiyada tovushlardan biri ikkinchi bir tovushni o‘ziga aynan yoki qisman o‘xshatib oladi. Masalan, xat-ni - xatti (o‘zakdagi t tovushi affiks tarkibidagi n ni aynan o‘ziga o‘xshash tovush - t ga aylantiradi (yozilishi: xatni); ish+ga - ishka (bunda o‘zakdagi jarangsiz undosh sh affiks tarkibidagi jarangli undosh g ni o‘ziga qisman o‘xshatadi, ya’ni jarangsiz к ga aylantiradi (yozilishi ishga).
    • 2.Dissimilyatsiyada ikkita aynan yoki qisman o'xshash tovushdan biri yoki har ikkalasi talaffuzda o'zgarib, noo'xshash tovushga aylanib qoladi. Masalan, zarur - zaril (zarar so'zi tarkibidagi ikkita bir xil r undoshining biri talaffuzda l ga aylangan). Yana qiyoslang: koridor>kalidor, devor>devol, nodon>lodon, biror>biron (yozilishi: zarur, koridor, devor, biror yoki biror, nodon).
    • 3. Metateza so'z tarkibidagi ayrim tovushlaming talaffuzda o'rin almashuvidir. Masalan, daryo - dayro (bunda r va y undoshlarining o'zaro o'rin almashuvi yuz bergan); ahvol - avhol (hv-vh), aylanay - aynalay (ln nl), tuproq-turpoq (pr-rp); yog'mir-yomg’ir (g'm- mg'); yozilishi: daryo, ahvol, aylanay, tuproq, yomg'ir.
    • 2-Pozitsion o'zgarishlar- Tovushning so'z tarkibidagi o’rni (joylashish tarkibi) uning pozitsiyasini tashkil qiladi. Tovush so'zning turli o'rinlarida kela oladi. Masalan, d undoshi dono, dehqon, doston so'zlarining boshida; abadiy, aerodrom, badiiy, bayroqdor so’zlarining o'rtasida; taqlid, obod so’zlarining esa oxirida kelgan. Shu so‘zlarni talaffuz qilganimizda, ularning ayrimlari (masalan, dono, dehqon, doston, abadiy, aerodrom, badiiy, bayroqdor...) tarkibidagi d undoshi hech qanday o‘zgarishga uchramaydi, ammo taqlid, obod so’zlari tarkibidagi bu undosh jarangsiz t tarzida (taqlit, obot) aytiladi
    • Tovushning so‘zdagi o‘rni, urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘g‘inda kelishi bilan bog‘liq holda yuz beradigan o‘zgarishlar
      Download 1.02 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling