Reja: Nutq tovushlarining o’zgarishi Grafika haqida umumiy ma’lumot Orfografiya (imlo) Har qanday tilda ham tovushlar yozuvda yozilganidek talaffuz qilinavermaydi


Download 1.02 Mb.
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1070119
1   2   3   4   5   6   7
Til va yozuv
  • Til va yozuv o'zaro uzviy bog'liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo'lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo'lmaydi. Yozuv - jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. Yozuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqaaralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko'p hollarda yozuv tilning o’rnini bosadi. Lekin til va yozuvning o'ziga xos ahamiyatli tomonlari bor. Yozuv fikrni yetkazishda masofa jihatidan chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi. Yozuv madaniy, ma’rifiy va adabiy boyliklami keyingi avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyatiga ega. Og'zaki nutq esa aytilayotgan paytdagina qabul qilinadi. Biroq yozuv maxsus yozuv qurollari, sharoit, vaqt va shartli belgi, shakllami talab etadi. U tilni barcha nozikliklari bilan aks ettira olmaydi.
    • Kirill grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi
    • Kirill yozuviga asoslangan alfavitda 35 ta shakl bo'lib, bu shakllardan 33 tasi harf, 2 tasi belgidir. Har bir harfning bosh va kichik shakli (Aa), bosma va yozma shakllari bor. Har bir harf o‘z nomiga ega. Harf nomini bilish va uni to‘g‘ri talaffuz qilish muhim amaliy orfoepik ahamiyat kasb etadi, chunki tildagi qisqartma so‘zlami to‘g‘ri o‘qish uchun harf nomlarini bilish zarur,
    • Kirill grafikasi asosidagi alifbo quyidagicha tartiblashtirilgan: Aa, Бб, Вв, Гг, Дд, Ее, Ёё, Жж, Зз, Ии, Йй, Кк, Лл, Мм, Нн, Оо, Пп, Рр, Сс, Тт, Уу, Фф, Хх, Цц,"Чч, Шш, Ъъ, Ьь, Ээ, Юю, Яя, Уу, Кк, Ff, Хд, Muayyan tartibda joylashtirilgan shakllar yig'indisi alfavit deyiladi. Bu alifboda 10 ta unli harf (а, о, и, у, у, э, e, ё, ю, я) bo'lib, ular 6 ta unli tovushni ifodalaydi.
    • Bulardan to'rttasi (e, ё, ю, я) yolashgan (grafema) tovushlar bo'lib, ularning 2 holati farqlanadi:
    • l.Ba’zi so'zlarda undoshdan keyin kelib, u bilan birga bitta bo'g‘inni hosil qiladigan va bir tovushni (a, u, e, o) ifoda etadigan holati: ter-ter, syujet-sujet, sentyabr-sentabr, rejissyor-rejissor kabi.
    • 2.So'z boshida va bo'g'in boshida kelib, ikki tovushni (e, ё, ю, я) ifoda etadigan holati: ёстщ, юрак, куёш, январь va hokazo.
    1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling