Kombinator o‘zgarishlar So‘z tarkibidagi tovushlaming bir-biriga o‘zaro ta’siri natijasida ro‘y beradigan tovush o‘zgarishi (fonetik o‘zgarish) kombinator o‘zgarish deyiladi. Bunga assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza kabi hodisalar kiradi. 1. Assimilyatsiyada tovushlardan biri ikkinchi bir tovushni o‘ziga aynan yoki qisman o‘xshatib oladi. Masalan, xat-ni - xatti (o‘zakdagi t tovushi affiks tarkibidagi n ni aynan o‘ziga o‘xshash tovush - t ga aylantiradi (yozilishi: xatni); ish+ga - ishka (bunda o‘zakdagi jarangsiz undosh sh affiks tarkibidagi jarangli undosh g ni o‘ziga qisman o‘xshatadi, ya’ni jarangsiz к ga aylantiradi (yozilishi ishga). - 2.Dissimilyatsiyada ikkita aynan yoki qisman o'xshash tovushdan biri yoki har ikkalasi talaffuzda o'zgarib, noo'xshash tovushga aylanib qoladi. Masalan, zarur - zaril (zarar so'zi tarkibidagi ikkita bir xil r undoshining biri talaffuzda l ga aylangan). Yana qiyoslang: koridor>kalidor, devor>devol, nodon>lodon, biror>biron (yozilishi: zarur, koridor, devor, biror yoki biror, nodon).
- 3. Metateza so'z tarkibidagi ayrim tovushlaming talaffuzda o'rin almashuvidir. Masalan, daryo - dayro (bunda r va y undoshlarining o'zaro o'rin almashuvi yuz bergan); ahvol - avhol (hv-vh), aylanay - aynalay (ln nl), tuproq-turpoq (pr-rp); yog'mir-yomg’ir (g'm- mg'); yozilishi: daryo, ahvol, aylanay, tuproq, yomg'ir.
- 2-Pozitsion o'zgarishlar- Tovushning so'z tarkibidagi o’rni (joylashish tarkibi) uning pozitsiyasini tashkil qiladi. Tovush so'zning turli o'rinlarida kela oladi. Masalan, d undoshi dono, dehqon, doston so'zlarining boshida; abadiy, aerodrom, badiiy, bayroqdor so’zlarining o'rtasida; taqlid, obod so’zlarining esa oxirida kelgan. Shu so‘zlarni talaffuz qilganimizda, ularning ayrimlari (masalan, dono, dehqon, doston, abadiy, aerodrom, badiiy, bayroqdor...) tarkibidagi d undoshi hech qanday o‘zgarishga uchramaydi, ammo taqlid, obod so’zlari tarkibidagi bu undosh jarangsiz t tarzida (taqlit, obot) aytiladi
- Tovushning so‘zdagi o‘rni, urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘g‘inda kelishi bilan bog‘liq holda yuz beradigan o‘zgarishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |