Reja: Odam skletining tuzulishi va funksiyasi


Download 28.88 Kb.
bet4/5
Sana26.03.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1297314
1   2   3   4   5
Bog'liq
Skelet-tizimi-filogenezi-va-buzulishi

TANA SKELETI Tana skeleti umurtqa pog'onasi hamda ko'krak qafasi suyaklaridan tashkil topadi. Tana skeleti suyaklari o'rta embryonal parda — mezodermadan taraqqiy etadi. Mezoderma uch qismga, ajraladi — dermatom (teri osti qavati taraqqiy etadi), miotom (mushaklar taraqqiy etadi), sklerotom (suyaklar taraqqiy etadi). Mezodermaning ichki oldingi tarafida joylashgan sklerotom segmentlardan (bo'laklardan) tuzilgan bo'lib, umurtqalar taraqqiyotini taminlaydi. Boshlang'ich paytidagi biriktiruvchi to'qima tog'aylar bilan almashinib, ularda suyaklanish nuqtalari hosil bo'ladi. Har bir umurtqaning hosil bo'lishida ikki tarafdagi sklerotomning o'rta qismlari ishtirok etadi. Suyaklanish jarayonida, umurtqa tanalari orasidagi tog'ay moddalar saqlanib qoladi. Umurtqalar tuzilishi filogenetik taraqqiyot bosqichlarida o'zgarib boradi. Suvda yashovchilarda (baliqlarda), har bir umurtqalarining tana va dum qismlari tafovut etiladi. Quruqlikda yashashga o'tilishi bilan (amfibiyalarda) avvalo bo'yin qismidagi qovurg'alar yo'qolib, bo'yin umurtqalarida qovurg'a qoldiqlari ko'ndalang o'simtalar bilan birlashib ketadi.
Qovurg'alarning faqat ko'krak sohasida saqlanib qolinishiga ko'krak qafasidagi a'zolarning (o'pkalarning) taraqqiy etishi ta'sir ko'rsatadi. Qo'lning hosil
8
bo'lishi esa, to'sh suyagi, yelka kamari suyaklarini hosil bo'lishini ta'minladi. Oyoqning takomil etishi, chanoq suyaklarining hosil bo'lishi dumg'aza umurtqalarining qo'shilib ketishini taqozo etadi. Umurtqa turlarining miqdori turlicha bo’ladi. Bo'yin umurtqalarining miqdori quruqlikda yashovchilarda 7 ta bo'lib, bu miqdor bo'yin uzunligiga bog'liq emas. Kalta bo'yinli kalamushlarda ham, uzun bo'yinli jiraflarda ham bo'yin umurtqalarining soni yettita bo’ladi. Ko'krak umurqalarining miqdori esa saqlanib qolgan qovurg'alar miqdoriga bog'liq bo'lib, 9 tadan 24 tagacha bo'lishi mumkin. Bel umurtqalarining miqdori ham har xil hayvonlarda 2 tadan 9 tagacha bo'ladi. Odamlarda bo'yin umurtqalari 7 ta, ko'krak umurtqalari 12 ta, bel umurtqalari 5 ta, o'zaro qo'shilib dumg'aza suyagini hosil etuvchi umurtqalar 5 ta, rudement holatida saqlanib qolgan dum umurtqalari 1 tadan 4 tagacha bo'ladi. Ba'zi hollarda 13 ta qovurg'a bo'lishi mumkin. Bunday hollarda ko'krak umurtqalarining soni 13 ta bo'ladi. Bel umurtqasi XIII ko'krak umurtqasiga aylanadi. Ba'zan esa qovurg'alar soni 11 ta bo'lishi mumkin. Bu holda 12-ko'krak umurtqasining tuzulishi bel umurtqasini eslatib, bel umurtqalarining soni 6 ta bo ladi. Ba'zan 5-bel umurtqasi, dumg'aza umurtqalari bilan qo'shilib suyaklanib ketadi.
Bunday holda bel umurtqalari 4 ta, dumg'aza suyagi esa 6 ta umurtqalarning qo' shilishidan hosil bo’ladi. Aksincha ba'zan 1 dumg'aza umurtqasining tuzilishi bel umurtqasini eslatadi. Natijada bel umurtqasi soni 6 ta, dumg'aza umurtqasi esa 4 ta bo'lishi mumkin.

Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling