Reja Oddii haydash jarayoni. Suv bug‘i bilan haydash. Rektifikatsiya prinsipi. Oddii haydash jarayoni
Download 13.83 Kb.
|
Reja Oddii haydash jarayoni. Suv bug‘i bilan haydash. Rektifikat-fayllar.org
Suv bug‘i bilan haydash. Aralashmaning qaynash temperaturasini pasaytirishga vakuum ishlatishdan tashqari uning tarkibiga qo‘shimcha komponentlar (suv bug‘i yoki inert gaz) kiritish yo‘li bilan ham erishish mumkin. Agar aralashmaning komponentlari suvda erimasa, u holda haydash kubiga qo‘shimcha komponent sifatida suv bug‘i kiritiladi. Bu usuldan 100 S dan yuqori temperaturalarda qaynaydigan moddalarning aralashmalarini ajratish yoki ularni tozalash uchun foydalanish mumkin. Bu usul bo‘yicha qurilmaning kub shakldagi apparatga qizdirilgan kuchli suv bug‘i beriladi.
Suv bug‘i bilan ishlaydigan haydash qurilmasining sxemasi -rasmda ko‘rsatilgan. Bu qurilma kubining qobiHiga susaytirilgan bug‘ beriladi. Dastlabki aralashma kubga qo‘yiladi, so‘nrra barbotyor orqali kuchli suv bug‘i yuboriladi. Aralashmaning bug‘lanishidan hosil bo‘lgan bug‘lar kondensator-sovitkichga beriladi. Hosil bo‘lgan kondensat ko‘rsatkich fonar orqali separatorga tushadi. Separatorning pastki qismidan gidravlik zatvor orqali suv chiqarib yuboriladi, yuqorigi qismidan esa suvda erimaydigan yengil komponent chiqariladi va maxsus idishga tushadi. Suv bug‘i bilan haydash nomuvozanat holatda olib boriladi. Bu jarayonda kuchli suv bug‘i ikki xil issiqlik tashuvchi va qaynash temperaturasini pasaytiruvchi agent) vazifani bajaradi. Jarayonni davriy yoki uzluksiz usul bilan olib borish mumkin. Ayrim sharoitlarda suv bug‘i o‘rniga inert gazlar (masalan, azot, uglerod ikki oksid va boshqalar) dan foydalaniladi. Inert gazlar qo‘llanilganda aralashmaning qaynash temperaturasini ancha pasaytirish mumkin. Biroq kubdan uchib chiqayotgan bug‘ tarkibida inert gazlarning bo‘lishi kondensator-sovitkichda issiqlik berish koeffitsiyentining keskin pasayib ketishiga olib keladi. Natijada issiqlik almashinish yuzasi kattalashib ketadi. Bundan tashqari, bug‘-gaz aralashmasining kondensasiyalanishi tuman hosil bulishiga olib keladi. Bunday holda esa aralashmaning ajralishi qiyinlashadi va tayyor mahsulotning bir qismi inert gaz bilan uchib ketadi.
Download 13.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling