Reja Oddii haydash jarayoni. Suv bug‘i bilan haydash. Rektifikatsiya prinsipi. Oddii haydash jarayoni


Download 68.71 Kb.
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi68.71 Kb.
#1265635
  1   2   3
Bog'liq
Оддий ҳайдаш uz-assistant.uz



Oddiy haydash
Reja



  1. Oddii haydash jarayoni.

  1. Suv bug‘i bilan haydash.

  2. Rektifikatsiya prinsipi.



Oddii haydash jarayoni

Suyuq aralashmalarni bir marta qisman bug‘latish yuli bilan ajratish jarayoni oddiy haydash deb ataladi. Oddiy haydash jarayoni aralashma komponentlarining uchuvchanliklari o‘rtasidagi farq ancha katta bo‘lgandagina ishlatiladi. Odatda suyuq aralashmalarni birlamchi ajratish uchun hamda murakkab aralashmalarni keraksiz qo‘shimchalardan tozalash uchun oddii haydash usulidan foydalaniladi.


Oddiy haydash quyidagi usullarga bo‘linadi: 1) fraksiyali haydash; 2) deflegmatsiya bilan haydash; 3) suv bug‘i bilan haydash.
Fraksiyali haydash. Suyuqliklarni fraksiyali haydash даври» yoki uzluksiz usullarda olib boriladi. Haydash kubidagi suyuqlik asta-sekin bug‘latiladi. Hosil bulgan bug‘lar kondensatorga yuboriladi. Agar haydash jarayoni davriy ravishda olib borilsa, u holda vaqt o‘tishi bilan qoldiq suyuqlikdagi yengil uchuvchan komponentning miqdori va natijada, distillyatning tarkibidagi yengil uchuvchan komponentning miqdori ham kamaya boradi. Shu sababli har xil tarkibli distillyatning fraksiyalari ajratib olinadi. har xil tarkibli mahsulot olishga mo‘ljallangan suyuqliklarni ajratish usuli fraksiyali haydash deb ataladi. - rasmda fraksiyali xaydash uchun davriy ishlaydigan qurilmaning sxemasi ko‘rsatilgan. Dastlabki aralashmaning maʼlum miqdori haydash kubiga solinadi. Haydash kubining ichiga zmyevik joylashtirilgan bo‘lib, u orqali suv bug‘i o‘tadi. Suyuqlik qaynash temperaturasigacha isitiladi. Hosil bo‘lgan bug‘lar kondensator sovitkichga yuboriladi. Distillyat fraksiyalari tegishli idishlarga tushadi. Haydash jarayoni tamom bo‘lgandai so‘ng, qoldiq suyuqlik haydash kubidan tushirib olinadi. So‘ngra sikl qayta takrorlanib, ajratilishi lozim bo‘lgan suyuqlik haydash kubiga yana beriladi.


Oddiy haydash atmosfera bosimi yoki vakuum ostida olib borilishi mumkin. Vakuumni qo‘llash natijasida issiqlikka chidamsiz aralashmalarni ajratish imkoni tuHiladi. Vakuum qo‘llanilganda eritmalarning qaynash temperaturasi pasayadi, shu sababli haydash kubini isitishda past ko‘rsatkichli suv bug‘laridan foydalanish mumkin.


Deflegmatsiya bilan xaydash. Suyuqlik aralashmasining ajratish darajasini oshirish uchun distillyatning tarkibi deflegmatsiya yordamida boyitiladi ( - rayem), haydash kubidan chiqayotgan bug‘lar deflegmatorga o‘tadi, u yerda bug‘lar qisman kondensatsiyalanadi. Asosan bug‘ning tarkibidagi qiyin uchuvchan komponent kondensatsiyalanadi va hosil bo‘lgan suyuqlik (flegma) haydash kubiga qaytib tushadi. Yengil uchuvchan komponent bilan to‘yingan bug‘lar kondensator sovitkichga o‘tadi va u yerda tuda kondensatsiyalanadi. Kondensat o‘z navbatida tegishli idishlarga yuboriladi. haydash jarayonining tugashi kubda qolgan suyuqlikning qaynash temperaturasi bo‘yicha tekshiriladi. Odatda qoldiq suyuqlik maʼlum tarkibga ega bulishi kerak. Tarkibida asosan qiyin uchuvchan komponent ushlagan qoldiq; suyuklik haydash kubining pastki qismida joylashgan shtutser orqali te gishli idishga tushiriladi.



Download 68.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling