Reja: Ofis texnologiyalari


Download 69.26 Kb.
bet5/6
Sana19.10.2023
Hajmi69.26 Kb.
#1709959
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TALIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI KULASHNIG ASOSIY YO\'NALISHLAR JARAYONI

Multimediali texnologiya axborotni videotasvir ko’rinishda ifodalab, uni multiplikastiya va tovush bilan to’ldiradi.
Gipermediali texnologiya kompyuterda bir-biri bilan gipermurojaat bilan bog’langanbir qancha axborotlarni bitta taqdimot ko’rinishda tasvirlash imkoniyatini beradi.
Sohadagi ilmiy ishlar bitta katta o’quv kursini barcha qismlarini birlashtiruvchi multimediali, gipermediali elektron o’quv-uslubiy kompleks, elektron darslik, elektron qo’llanmalar (ham nazariy, ham amaliy, laboratoriya, seminar, test-sinov qismlarini), ko’rinishda tashkil etishga va shu asosda masofali ta’lim tizimini yaratishga qaratilgan. Multimediali texnologiya asosida yaratilgan qo’llanmalarda haqiqiy dunyo jarayonlari modellashtirish asosida elektron (virtual) voqelikka aylantirilib, o’quvchi uchun o’rganishga qulay sharoit yaratiladi.

Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari (GIS)


Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari (GATT-GIS) yoki GIS- texnologiiyalar o’zida kompyuterli kartografiya va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini mujassamlantiradi. GIS-texnologiyasi asosida ko’p qatlamli elektron karta yotadi (qatlam- zamonaviy rasm tahrirlagichlarning asosiy tushunchalaridan biri). Elektron kartaning tayanch qatlamida territoriyaning geografiyasi tasvirlangan, keyingi har bir qatlamda terrritoriyaning biror xususiyati (foydali qazilmalar, siyosiy-territorial bo’linishi, qishloq xo’jalik ekinlari, qurilish ishlari ...) tasvirlangan. Shunday qilib GIS-texnologiya joyning maxsus geografik, tabiiy, siyosiy va h.k. larini o’z ichida saqlaydigan maxsus axborotlar to’plamidan iborat ekan. Misol uchun, GoogleEarthWin.exe dasturi shunday dastur hisoblanadi.
GIS-texnologiya territoriya bo’yicha taqsimlangan axborot ishlatiladigan va taqdimot qilinadigan har bir sohada zarur. GIS-texnologiyadan foydalanuvchilar sifatida er bilan bog’liq har qanday tashkilot: neft-gaz tashkilotlari, ekologik xizmatlar, kommunal-qurilish tashkilotlari, savdo-sodiq tashkilotlari, banklar va h.k.lar bo’lishi mumkin. Har qanday GIS asosida erning biror qismi, kontinent, davlat, shahar, ko’cha haqidagi har xil ma’lumotlar yotadi
MB da axborot GISning qatlamlaridagi axborotlarnig to’plami sifatida tashkil etiladi. Asosiy jadvallardan biri joyning geografik kartasidan iborat. Unga qatlamlardagi ob’ektlar haqidagi ma’lumotlar qo’shilib boadi. Ular territoriyadagi neft, gaz, vodoprovod, sanoat ob’ektlari, er uchastkalari, ekin maydonlari, maydonlardagi tuproq xarakteristikalari, va h.k. lar to’g’risidagi axborotlardan iborat bo’ladi.
Qatlamlarni birn-ketin, ustma-ust joylashtirish natijasida ular orasidagi bog’lanishlar o’rnatilib boradi.
Odatda, axborot vektor-grafikali tasvir ko’rinishda bo’ladi va saqlanadigan axborot va amalllar hajmini kamaytirish imkoniyatini beradi. Grafik axborot bilan birga matnli, jadvalli, hisoblanadigane axborot ham birga keladi. Hisoblanadigan axborot GIS dan foydalanish jarayonida, hisobot tayyorlash jarayonida paydo bo’ladi.
Ko’pgina GIS lar analitik funkstiyalarga ega bo’lib, krtogragrafik axborotlarga tayanib, jarayonlarni modellashtirish imkoniyatlariga ham ega.
GIS ning yadrosini shartli ravishda 2 ga bo’lish mumkin: MBBT va grafik tasvirlarni boshqarish tizimi. MBBT sifatida SQL-serverlar ishlatiladi.
GIS-texnologiyaning tipik sxemasi quyidagidan iborat:
Ma’lumotlarni tayyorlash va dastlabki ishlov berish;
Ma’lumotlarni kiritish va joylashtirish;
Ma’lumotlarni boshqarish;
Ma’lumotlarga ishlov berish va ularning tahlili;
Natijaviy mahsulotni yaratish.
GIS-texnologiya ning komponentalarining funkstional vazifalari quyidagilardan iborat:
Ma’lumotlarni tayyorlash va dastlabki ishlov berish –boshlang’ich kartalarni tanlash va ishlov berish bilan bog’liq ishlar, qattiq va yumshoq asosga ega materiallar, masofadan olingan rasmlar, dala eksperimentlari natijalari , matn va jadval ma’lumotlar, arxiv materiallari .
Ma’lumotlarni kiritish va joylashtirish- oldingi etapdagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga, ma’lumotlar bazasiga joylashtirish.

Download 69.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling