Reja: Oila va jamiyat Mahalla Mahalla, oila va jamiyatning hamkorligi Xalqimizda «Oilang tinch — olam tinch» degan hikmat bor. Darhaqiqat, shunday. Oilada tarbiyaviy muhit oqilona yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa
Download 24.11 Kb.
|
oila2
Mahalla , oila va jamiyatning bog’liqligi Reja: Oila va jamiyat Mahalla Mahalla , oila va jamiyatning hamkorligi Xalqimizda «Oilang tinch — olam tinch» degan hikmat bor. Darhaqiqat, shunday. Oilada tarbiyaviy muhit oqilona yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va komillik bo‘ladi. Shu jihatdan, oilaning mustahkamligi mamlakat rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda oilaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini oshirish maqsadida ko‘plab ishlar qilindi. Birinchi galda huquqiy asoslar takomillashtirildi, oila salomatligini saqlash, uning farovonligi uchun shart-sharoit yaratish uchun chuqur islohotlar amalga oshirildi. Konstitutsiyamizning alohida bobi oilaga bag‘ishlanib, unda oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega, deb belgilab qo‘yilgan. Oila bilan bog‘liq konstitutsiyaviy qoidalarni hayotga tatbiq etish maqsadida 50 ga yaqin qonun, Prezidentning 20 ga yaqin farmon va qarorlari, 70 dan ortiq hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi qabul qilindi. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o‘zaro hurmat, hamjihatlik va ishonch ruhida qurish, oila oldida uning barcha a’zolari mas’ulligi, biron-bir shaxsning oilaga o‘zboshimchalik bilan aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishi hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlovchi qoidalar qat’iy belgilab qo‘yildi. Ayni vaqtda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, oilaga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturini amalga oshirish, bolalarni oila sharoitida tarbiyalashda samarali psixologik-pedagogik tadbirlar joriy etish izchil yo‘lga qo‘yildi. 1998 yil mamlakatimizda Oila yili deb e’lon qilindi, shu yili respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Ayollar, Sog‘lom avlod, Onalar va bolalarga keyingi yillarda ham davlat dasturlarida oilaning jamiyat hayotidagi ahamiyatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Shuningdek, 2002 yil 5 iyulda Vazirlar Mahkamasi «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining «Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘ligini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2002 yil 25 yanvardagi qarorini bajarish yuzasidan dastur ishlab chiqildi. Unda aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish, ayollar salomatligini mustahkamlash, bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirishga urg‘u berilgan. Mazkur dasturda yoshlarning reproduktiv salomatlik bo‘yicha bilimi va tibbiy madaniyatini oshirish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘ishlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilishning dolzarbligi masalalarini aholi keng qatlamlariga yetkazish ishlarini tizimli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Hozir yoshlarda sog‘lom oila barpo etish uchun zarur tushunchalarni shakllantirish maqsadida nikohgacha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, yoshlarni sog‘lom oila barpo etishga tayyorlash bo‘yicha FHDYo bo‘limlari huzurida doimiy o‘quv kurslari tashkil etilgan. Qizlar, ayollar, erkaklar va yosh oilalarning maqbul tarkibli oilani shakllantirish, tug‘ma nuqsonli bolalar tug‘ilishining oldini olish masalalari bo‘yicha bilimlarini va tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida o‘quv yurtlari va mahallalarda sog‘liqni saqlash va FHDYo xodimlari ishtirokida muntazam seminarlar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi va uni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentimizning 2009 yil 13 apreldagi «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2009 yil 1 iyulda «2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi. Bu boradagi islohotlar tufayli o‘tgan yigirma yil ichida yurtimizda o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga yetdi, onalar o‘limi 2, bolalar o‘limi 3 barobar kamaydi. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish joriy etilgani va boshqa chora-tadbirlar natijasida tug‘ma va irsiy kasalliklar bilan tug‘iladigan bolalar soni qariyb ikki barobar ozaydi. «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi shu yil o‘tkazgan so‘rovlar natijasi ko‘rsatishicha, aholining mutlaq ko‘pchiligi (96,5 foiz) mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, ayniqsa, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan siyosatni to‘liq ma’qullaydi. Yurtimizda oilaga bo‘lgan konstitutsiyaviy e’tiborning ustuvorligini boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda yaqqol farqlarni ko‘rish mumkin. Misol uchun, AQSh, Avstriya, Fransiya, Daniya, Norvegiya, Niderlandiya kabi davlatlar konstitutsiyalarida oila haqida biron-bir qoida belgilanmagan. Qolgan davlatlarning asosiy qonunida keltirilgan qoidalarni Konstitutsiyamiz bilan qiyoslasak, quyidagi hol oydinlashadi. Birinchidan, faqat bizda oila jamiyat va davlat muhofazasida, deyilgan. Boshqa davlatlarda esa yoki davlat yoki jamiyat himoyasida, deb belgilangan. Ikkinchidan, faqat bizdagina ota-onasiz bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlash, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantirishga nafaqat davlat, balki jamiyatning ham vazifasi sifatida qaraladi. Uchinchidan, faqat bizda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. Shu ma’noda, aytish mumkinki, asosiy qonunimizda oila — jamiyat tayanchi sifatida belgilangan, oilaga doir qoidalar milliy an’ana va qadriyatlarimizni, dunyodagi ibratli tajribalarni o‘zida uyg‘unlashtirgan. Bu borada ham o‘ziga xos «o‘zbek modeli» yaratilgan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Download 24.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling