Reja. O‘lchashlarning usullari va turlari. O‘lchash vositalari va ularning turlari. O‘lchashlarning usullari va turlari


 O‘lchash vositalari va ularning turlari


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1530174
1   2   3
Bog'liq
o`lchash

2. O‘lchash vositalari va ularning turlari 
 
Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va meyorlangan metrologik 
xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. 
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki 
kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari meyorlangan metrologik xossalarga ega 
bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash 
amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash 
vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 
o‘lchovlar; 
o‘lchash asboblari; 
o‘lchash o‘zgartkichlari; 
o‘lchash qurilmalari; 
o‘lchash tizimlari. 


O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. 
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash 
vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni 
o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar 
ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. 
Standart namuna - modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi 
kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-
budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 
Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq 
xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. 
"Toza rux" 4200S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan 
chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga 
bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. 
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda 
tutishimiz lozim bo‘ladi: 
Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish 
etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat 
etaloni. 
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy 
o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. 
Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat 
standarti idoralarida saqlanadi. 
O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash 
ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. 


Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: 
Shkalali o‘lchash vositalari; 
Raqamli o‘lchash vositalari; 
O‘ziyozar o‘lchash vositalari.
 
1-rasm. O‘ziyozar asboblar 
a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali o‘ziyozar asbob. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling