Reja: Oliy moliyaviy hisoblashlarni va taqribiy hisoblashlar Oddiy foizlar;murakkab foizlar; diskontlash
Download 232.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Laziz moliya stat
I
t = D(1 + q) t−1 q, (28) bu erda: t = 1, 2, 3. . . n; q - asosiy qarzga yoziladigan foiz stavkasi. Respublikaga bozor iqtisodiyotining kirib kelishi bilan moliyaviy operatsiyalar va bitimlar amalga oshirila boshlandi. Har qanday moliyaviy kredit, investitsion, tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun qator shartlarni bajarish kerak va bularga bitimning barcha qatnashchilari rozi bo‗lishlari zarur. Kredit olishni ko‗rsak. Bu yerda bitim qatnashchisi ikkita: qarz beruvchi va oluvchi. Ular shartnomaga qo‗l qo‗yishdan oldin kredit summasi, vaqt parametrlari, foiz stavkasi va boshqa miqdoriy ma‘lumotlarni o‗zaro kelishib olishlari kerak. Ma‘lumki, sanalgan xarakteristikalar turli-tuman shakllarda ifodalanishi mumkin. Masalan, to‗lovlar bir yo‗la to‗lanadigan, muddati uzaytirilgan, vaqt bo‗yicha doimiy va o‗zgaruvchan bo‗lishi mumkin. Foizlarni va foizni qo‗shib yozishning o‗nlab turlari mavjud. Vaqtning hajmi va oralig‗i ikkita operatsiyada bir xil bo‗la olmaydi. Bitta moliyaviy bitim chegarasida yuqorida sanab o‗tilgan ko‗rsatkichlar tegishli mantiqqa bo‗ysunadigan qandaydir o‗zaro bog‗langan tizimni tashkil etadi. Bu tizim parametrlarining ko‗pligining o‗zi uning oxirgi aniq natijasi ochiq-oydin emasligiga olib keladi. Buning ustiga, tizimdagi bitta miqdorning o‗zgarishi operatsiyaning umumiy natijasiga ta‘sir etadi. Demak, bunday tizimlar miqdoriy moliyaviy tahlil obyekti bo‗lishi zarur. Mana shunday tahlil oliy moliyaviy hisob-kitoblar deyiladi. Ularning maqsadi – moliya bozori ko‗rsatkichlarini mantiqiy jihatdan oldindan tahlil qilgan holda miqdoriy o‗rganishdir. Kredit va qarzlarni olish, qoplash, ma‘lum bir miqdorda va davrda foizlar to‗lash, moliyaviy risklar, operatsiya va bitimlar samaradorligini baholash kabilar bilan bog‗liq bo‗lgan muammolarni tahlil qilishning miqdoriy metodlarini ishlab chiqish oliy moliyaviy hisob-kitoblarning vazifasidir.Oliy moliyaviy hisoblashlar kredit, sug‗urta, investitsiyalar, pul muomalasi yig‗ma ko‗rsatkichlarini umumlashtirishda, ularning darajasi, tarkibi, dinamikasi va o‗zaro bog‗liqligini, valuta va qimmatli qog‗ozlar bozori konyunkturasini o‗rganishda, davlat moliyasining turli ko‗rsatkichlarini (davlat budjeti daromadlari va xarajatlari, respublika va hududiy tarif, norma, renta, foizlar, soliq stavkalari) hisoblashda, tashkilot va korxonalarning (bo‗ysunishi va mulk shaklidan qat‘iy nazar) moliyaviy natijalari va barqarorligini o‗rganish kabilarda qo‗llaniladi. Oliy moliyaviy hisoblashlar metodlari bundan tashqari moliyaviy operatsiya va bitimlarning u yoki bu omilga bog‗liqligini aniqlashda, moliyaviy holatlarning kelgusi modellarini tuzishda, o‗sgan qiymat hajmini hisoblashda, moliyaviy ko‗rsatkichlarni diskontlashda, turli moliyaviy to‗lovlarni hisoblashda, moliyaviy majburiyatlarni qoplash rejasini tuzishda va h.k. qo‗llaniladi. Miqdoriy moliyaviy tahlil hal qiladigan vazifalar turli-tuman. Agar berilgan parametrlar o‗zgarmasa, ularni ma‘lum bir tizimga solish mumkin. Agar berilgan parametrlar o‗zgarsa, tizimlashtirish bo‗lmaydi. Real hayotda oxirgi holat ko‗proq uchraydi. Oliy moliyaviy hisoblash hal qiladigan vazifalar an‘anaviy va yangi vazifalarga bo‗linadi. Bu, bizning fikrimizcha, noto‗g‗ri. Chunki bugun yangi hisoblangan vazifa ertaga eskirishi mumkin. Miqdoriy moliyaviy tahlil turli sharoitlarda qo‗llaniladi. Masalan, oddiy obligatsiyalarni chiqarishda barcha shart-sharoit aniq, ya‘ni ularning muddati, kutgan daromad, sotib olish tartibi to‗lig‗icha ko‗rsatiladi. Bu hamma vaqt hamma narsa aniq bo‗ladi, degani emas. Masalan, pul bozori dinamikasini hisobga olishga to‗g‗ri kelsa, noaniqlik boshlanadi. Chunki vaqt o‗zgarishida foiz stavkalari, valuta kurslari va tariflar o‗zini qanday tutishini bilmaymiz. Miqdoriy moliyaviy hisob-kitoblar qo‗llanilish doirasi juda keng. Ularni oddiy foiz yozishdan boshlab to murakkab moliyaviy hisobkitoblargacha qo‗llash mumkin. Masalan, obligatsiya chiqarish samaradorligiga ta‘sir qiluvchi omillarni baholash yoki moliyaviy investitsiyalar portfelini diversifikatsiyalash bilan risklarni qisqartirish metodlar va h.k. Oliy moliyaviy hisob-kitoblar hal qiladigan vazifalar turlicha: – oshgan qiymatni hisoblash; – umumiy natijada operatsiyani har bir qatnashchining manfaatini aniqlash; – foizlarning turli stavkalarini tahlil qilish; – diskontlash metodlarini qo‗llash; – to‗lovlar va stavkalarning ekvivalentligini ta‘minlash; – moliyaviy operatsiyalarni bajarish rejalarini ishlab chiqish; – operatsiya va bitimlarning oxirgi natijalarini va ularning parametrlari o‗rtasidagi bog‗liqlikni o‗lchash; – moliyaviy operatsiya va bitimlar samaradorligini o‗rganish. Yuqorida sanab o‗tilgan vazifalar vaqt o‗tishi bilan o‗zgaradi. Zamonaviy amaliyot yangi-yangi vazifalarni ko‗ndalang qilib qo‗yaveradi. Oliy moliyaviy hisob-kitoblarning qo‗llanilishi diapazoni muntazam kengayib borgan. Moliyaviy hisob-kitoblar kapitalizm paydo bo‗lishi davrlarida boshlangan, degan fikrni juda ko‗pchilik tasdiqlaydi. Fanning alohida tarmog‗i sifatida XIX asrda paydo bo‗lgan. O‗sha paytlarda ular ―tijorat hisob-kitoblari‖ deb atalardi. XIX asrning oxiridagi ayrim g‗arb davlatlarida iqtisodiyotning tez o‗sishi tijorat hisoblashlarining ortishiga va hatto kadrlar tayyorlashning ko‗payishiga olib keldi. Bu ishga savdogar bilan bir qatorda shahar va hatto hukumat organlari aralashadigan bo‗ldi. O‗sha yillarda faqat Germaniyada ―tijorat arifmetikasi‖ni o‗rgatishga asoslangan 24 ta oliy tijorat bilim yurti faoliyat ko‗rsatgan. Tijorat bilimining dolzarbligi va muhimligini Rossiyaning davlat arboblari darrov tushunib yetishdi va o‗n yilda (1896-1906) Rossiyada 150 dan ortiq tijorat maktabi ochildi. 1896-yildan boshlab Rossiyadagi barcha tijorat maktablari moliya vazirligi huzurida ishlaydigan bo‗ldi. Tijorat maktablarida o‗qitiladigan asosiy fan tijorat arifmetikasi hisoblangan. Tijorat arifmetikasi kursiga nimalar kirgan? Bugungi kun nuqtayi nazaridan qaraganda juda oson bo‗lgan bu kurs – oddiy va murakkab foizlarni hisoblash texnikasi, veksel hisoblari (diskont va diskontlash metodlari) texnikasi, veksel – kurs hisoblari texnikasi, pul-moneta hisoblari (turli davlat pul birligida), tovar hisoblari (tovar baholari, chegirmalar va hokazolar kalkulatsiyasi) texnikasi, foizli qog‗ozlar va aksiyalar hisoblari texnikasi, bank hisoblari (joriy schyotlar, qisqa va uzoq muddatli qo‗yilmalar va ssudalar, komission operatsiyalar) texnikasini o‗rgatish bilan shug‗ullangan. Bulardan tashqari tijorat arifmetikasi kursiga qisqa (soddalashtirilgan) va taqribiy hisoblash texnikalari ham kirgan.Ajoyib rus matematigi, moliyachisi va buxgalteri N.S. Lunskiy (Rossiya moliyaviy menejmentining otasi, XIX asr) ta‘kidlashicha, moliyaviy matematika oldinlari ―siyosiy arifmetika‖ nomi bilan atalgan. Ushbu atama taniqli iqtisodchi, klassik burjuaziya siyosiy iqtisodi asoschisi U.Petti (1623-1687) tomonidan muomalaga kiritilgan1. N.S. Lunskiy ―siyosiy arifmetika‖ yo‗nalishidagi bilimni tartibga solib boyitdi va moliyaviy matematikaga quyidagicha ta‘rif berdi: ―Oliy moliyaviy hisoblashlar – bu amaliy matematikaning tarmog‗i bo‗lib, bu tarmoq siyosiy iqtisod, statistika va moliyaviy fanlarning matematik tahlil qilish mumkin bo‗lgan tadqiqotlariga bag‗ishlanadi‖. Lekin Rossiyada tijorat arifmetikasi bo‗yicha rus tilida birinchi qo‗llanma ―Bankirlar, savdogarlar, zavodchilar, fabrikachilar va ularni tarbiyalovchilar uchun savdo-sotiq arifmetikasi‖ 1811-yilda V.Kryajev tomonidan chop qilingan. Keyinchalik Shteyngauz, M.Svetkov, M.Savinov, V.Vladkin, I.Xrushev, F.Grosskurt, A.Prokofyev va boshqa mualliflar kitoblari chop qilinadi. Dastlab chop qilingan kitoblar o‗sha davrning asosiy muammosi bo‗lgan hisob-kitoblarning tezkor texnikasini o‗rgatishga mo‗ljallangan. Keyinchalik chop qilingan kitoblar tijorat arifmetikasini o‗rgatishga bag‗ishlangan asarlarga nisbatan qiyinroq bo‗lib, ularni o‗rganuvchilarda muayyan matematik tayyorgarlik mavjudligi, ya‘ni kurs tinglovchilar boshlang‗ich algebra, qayta ko‗paytirish nazariyasi, Nyuton binomi va ehtimollar nazariyasining boshlang‗ich asoslari bilan tanish bo‗lishlari talab etilgan. Yuqoridagi talablar asosida rus tilida ilk bor chop qilingan kitob G.Brauning 1845-yilda chiqqan ―Moliyaviy hisoblashlar‖ asaridir. Shu asar e‘lon qilingan vaqtdan boshlab, moliyaviy hisob-kitoblar shartli ravishda ikki yo‗nalishga bo‗lindi: 1) tijorat arifmetikasi; 2) oliy moliyaviy hisoblashlar.Oddiyroq tilda aytganda, tez hisoblash va moliyaviy operatsiyalarni baholash. Ya‘ni ta‘lim tizimida yangi fan – oliy moliyaviy hisoblashlar paydo bo‗ldi. 1 Ulyam Pettining "Siyosiy arifmetika" asari 1676-yilda yozilgan. Biroq bu asar Angliya va Fransiya o‗rtasidagi siyosiy munosabatlarning murakkabligi bois chop etilmagan edi. Boshida bu kitobining qo‗lyozmasi tarqatilgan, keyinchalik muallifning ruxsatisiz boshqa nom bilan chop qilingan. "Siyosiy arifmetika" kitobini to‗lig‗icha U.Pettining vafotidan so‗ng uning o‗g‗li lord Shelbern chop etgan. Ushbu fanning vujudga kelishiga sabab sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: Birinchidan, XX asr boshida moliyaviy operatsiya va bitimlarni tuzishda hisob-kitoblar tezkorligi va aniqligi dolzarb bo‗lishi. ―Vaqt – bu pul‖ degan tamoyil o‗sha paytlarda paydo bo‗lgan bo‗lsa ajab emas. Barcha hisob-kitoblar hisoblash texnikasi yordamida juda qisqa vaqt ichida va aniq bajarilishini o‗sha davr amaliyotchilari orzu ham qila olmagan bo‗lsa kerak. Ikkinchidan, moliyaviy hisoblashlarni bajarishda tez va aniq hisoblash bilan bir qatorda maxsus bilim va ko‗nikmalar zarurligi. Uchinchidan, kam mehnat va vaqt sarfi bilan noma‘lum natijaga erishish maqsadida hisoblashlarni soddalashtirish. Soddalashtirilgan usul kunlik yoki odatdagi hisob-kitoblarni tekshirish uchun ham qo‗llanilgan. To‗rtinchidan, tijorat arifmetikasi har qanday sotuvchi shaxs, ayniqsa, boshqa mamlakatlar bilan ish yurituvchilar uchun haddan tashqari muhimligi. Bundan tashqari, u buxgalteriya hisobini o‗rganishda va turli moliyaviy bitimlarni tuzishda ularning samaradorligini baholashda yordam ko‗rsatadi, kurslardan oqilona foydalanishga, chet el veksellari bo‗yicha to‗lash va olishda eng manfaatli yo‗lni tanlashga, foizli qog‗ozlar bilan turli operatsiyalarni bajarishga, tovarlarning turli bozorlardagi narxi o‗rtasidagi farqdan foydalanishga imkon yaratadi. O‗z paytida tijorat hisoblashlarning mohiyati va tayinlanishi qanday aniqlangan? Fan sifatida u ―yangi tarix tongida‖ Venetsiyada paydo bo‗lgan hisoblanadi. O‗sha paytlarida Venetsiya savdoning juda katta markazlaridan biri bo‗lgan. Savdo markazining Yevropaga siljishi bilan tijorat arifmetikasining rivojiga nemis va golland maktablarining ta‘siri kuchaydi. N.S. Lunskiy moliyaviy va tijorat hisobkitoblarining rivojlanishiga asosiy hissani nemis, golland, fransuz, ingliz olimlari qo‗shgan, deb ta‘kidlashi tasodif emas1. Tijorat arifmetikasi bo‗yicha ilk mualliflar2 uni fan emas, umumiy arifmetikaning amaliy qismi, deb hisoblagan, boshqalari3 esa aksincha – u mustaqil fan deb isbotlashgan. Buxgalteriya hisobi, tijorat arifmetikasi va statistika birgalikda hisob-tahlil yo‗nalishidagi fan deganlar1 ham mavjud bo‗lgan. Kursning nomi ham evolutsion o‗zgarib bordi va u 1811-1870- yillarda savdo arifmetikasi, 1870-yildan boshlab tijorat arifmetikasi deb atalgan. Ta‘kidlash lozimki, ikkalasida ham asosiy e‘tibor savdoga qaratilgan. XIX asr oxirlariga kelib ixtisoslashuvning kuchayishi natijasida va manfaat ko‗rish (yo‗qotish) savdodan boshqa tarmoqlarga (masalan, moliyaga) asta-sekin ko‗chishi bilan tijorat hisoblashlari bilan bir qatorda moliyaviy hisob-kitoblarga bag‗ishlangan kitoblar chop qilina boshlandi. A.N. Glagolev o‗z kitobida2 ilk bor murakkab foizlar va rentalar nazariyasi, qoplash rejalarini tuzish metodlarini, foizli qog‗ozlarning daromadlilik usullarini yoritib beradi. A.I. Tolvinskiy, I.I. Kaufman, B.F. Maleshevskiy, I.P. Babenko, N.S. Lunskiy kabi yirik olim va mutaxassislar ushbu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo‗shganlar. Ularning orasida salmoqli mehnati bilan N.S. Lunskiy ajralib turadi. Aynan u ―oliy moliyaviy hisoblashlar‖ tushunchasini iste‘molga kiritdi. 1917-1980-yillarda oliy moliyaviy hisoblashlar ancha-muncha davom ettirildi. Davr idealogiyasiga mos ravishda (1930-1950) oliy moliyaviy hisob-kitoblar – ―xo‗jalik hisoblari‖ deb nomlanadigan bo‗ldi. 1960-yillardan boshlab hisobni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish yo‗nalishi paydo bo‗lishi bilan xo‗jalik hisobi kursi o‗rniga ―IIQIAT – iqtisodiy informatsiyani qayta ishlashni avtomatlashtirilgan tizimi‖ nomli kurs o‗qitildi. 1990-yillarda bozor iqtisodiyotiga o‗tish munosabati bilan yana oliy moliyaviy hisob-kitoblar bo‗yicha darslik, o‗quv qo‗llanma va monografiyalar chop qilina boshlandi. Umumiy holda oliy moliyaviy hisob-kitoblarning paydo bo‗lishi va rivojlanishi quyidagi bosqichlardan iborat deyish mumkin: birinchi bosqich faqat tijorat arifmetikasi yoki tijorat xodimlariga tezkor hisob-kitoblarni o‗rgatish, ikkinchisi – moliyaviy operatsiyalarni baholash, ya‘ni doimiy to‗lovlarni – moliyaviy renta-larni tahlil qilish, uchinchisi (bizning davr) — to‗lov oqimlari tahlili, to‗rtinchisi (kelgusida) — moliyaviy investitsiyalar portfeli va qarzlar tahlili. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Davlat va munitsipal moliya muallif Novikova Mariya Vladimirovna 2.Statistikaning umumiy nazariyasi" muallif Konik Nina Vladimirovna 3.Moliyaviy statistika" muallif Sherstneva Galina Sergeevna 4.Statistika nazariyasi muallif Burxanova Inessa Viktorovna 5.Iqtisodiy statistika" kitobidan muallif Sherbak Va A 6.Byudjet parametrlari Internet saytlari Lex.uz Soliq.uz Ziyonet.uz Stat.uz Download 232.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling