Reja: Olmosh soz turkumi haqida umumiy malumot


Download 15.02 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi15.02 Kb.
#1830933
Bog'liq
slayd pedagokika


Olmoshlarning xususiyatkari va turlari
Reja:
1.Olmosh soz turkumi haqida umumiy malumot.
2.Olmosh va uning turlari.
3.Olmosh soz turkumining tuzilishiga kora turlari.
Ot, sifat, son, ravish kabi soz turkumlari ornida qollanib predmet, belgi, miqdor tushunchasining mavjudligini korsatadigan, ularning vazifasini bajaradigan soz turkumiga olmosh deyiladi. Olmoshlar predmet, belgi, miqdor manosini anglatmay, faqat ularga ishora qilish korsatish uchun xizmat qiladi. Masalan; Bizga qalin dost kitob, u goyo nurli oftob. Bu gapda biz va u olmoshlari ot orniga kelib, shaxs va predmetga ishora qilgan. Siz ana shu jannatni dunyoga keltirgan odamlar sogligining posbonisiz. Bu gapda ana shu olmoshi sifat ornida kelib, belgiga ishora qilgan. Men bunaqa voqealar haqida qancha-qancha kitoblar oqiganman .Bu gapda qancha-qancha olmoshi ravish orniga kelib, miqdoriy belgiga ishora qilgan .

Olmosh soz turkumi quyidagi leksik-grammatik xususiyatlarga ega:


1.Olmosh mustaqil soz turkumlaridan farqli ravishda, predmet va uning belgisini, miqdorini ularga atama bolmagan holda korsatilish xususiyatiga ega
2.Olmoshlar gapda bajaradigan vazifasiga kora 4 guruhga ajraladi :
A)ot ornida qollanuvchi olmoshlar :Men, sen, biz, siz, ular, kim, nima, har kim, har nima, hech kim, hech nima, allakim, allanima, bir narsa, bir nima, birov, kimdir, nimadir kabilar.
Bu olmoshlar ot singari soz ozgartiruvchi bajargan sintaktik vazifalarni (ega, toldiruvchi, qaratuvchi , bazan kesim ) bajaradi.Masalan:Kimning ishi togri bolsa, u doim bexavotir boladi.Nimani qilsang xor, oshanga bolasan zor (Maqol).
B)sifat ornida qollanuvchi olmoshlar :bu, shu, osha, u, ana, shu, mana, bu, qanday, qaysi, har, qanday, har qaysi, hech qaysi, hech qanday, hech bir, qandaydir, qaysidir, allaqanday, allaqaysi, biron, biror, qaysi bir, bazi kabilar.
Bu olmoshlar sifat singari otga boglanib, belgiga ishora qiladi, gapda asosan, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini (bazan kesim) bajaradi.
Masalan:Uning yuzida hech qanday malol alomati korinmas, aksincha, har kungidan hurramroq edi.(A.Qahhor) Umidimiz-shu.
V)1) son ornida qollanuvchi olmoshlar: nechta, nechanchi, qancha, bir nechta, bir qancha nechadir kabilar.
Bu olmoshlar son singari otga boglanib, miqdoriy belgiga ishora qiladi, gapda asosan sifatlovchi- aniqlovchi vazifasini (bazan kesim) bajarib keladi.
Masalan: arava bormidi? Dedi Ormonjon kattakon romoli bilan yuzini boynini artib.-Nega arava bordi(A.Qahhor)
2) ravish ornida qollanuvchi olmoshlar: qayerga, qayerda, qayerdan, qachon, har qancha , hech qancha, nega, qalay, qani kabilar.
Bu olmoshlar ravish singari felga boglanib, belgiga ishora qiladi, gapda asosan, hol (bazan kesim ) vazifasini bajaradi.
Masalan: otabek tasdiq ishorasini bergach, negadir bir entikib qoydi.(Abdulla Qodiriy).Bola qalay ekan? Oyoq-qol chaqqonmi!?
3.Olmoshlarning morfologik va sintaktik xususiyatlari yuqorida sanab otilgan mano xususiyatlari bilan boglangan holda turlichadir.
Ot ornida qollanuvchi olmoshlar otga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga sifat orniga qollanuvchi olmoshlar sifatga xos, ravish ornida qollanuvchi olmoshlar ravishga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega.
4.Olmosh mustaqil soz turkumi sifatida soz yasalish xususiyatiga ega emas.Lekin olmoshdan sanoqli qoshimchalar yordamida ot, ravish yoki fel yasalishi mumkin: ozlik, manmanlik kabi otlar; nsizla, sensira kabi fellar;
5.Olmoshlarning boshqa soz turkumidan ajralib turadigan asosiy sintaktik xususiyatlaridan olmosh hech vaqt ozidan oldin aniqlovchi olmaydi.
2.Olmoshlarning mano turlari

1)Kishilik olmoshlari nutq jarayonida ishtirok etadigan shaxslarni va nutqda tilga olingan shaxs yoki predmetni korsatadi .Kishilik olmoshlariga birlik va koplik son shaklidagi sozlovchi (1 shaxs) men, biz; tinglovchi (2shaxs) sen, siz; ozga (3shaxs) u, ular kiradi.

Masalan: Bizning urishimiz ozod urushi boladi ota. U ketgandan keyin Siddiqjon shu yerning oziga chokka tushdi.
Kishilik olmoshlari ot ornida qollanuvchi olmoshlardir. Shuning uchun ham kishilik olmoshlari otga xos morfologi va sintaktik xususiyatlarga ega.
Kishilik olmoshlari kelishik qoshimchalari bilan turlanadi. Men, sen kishilik olmoshlariga -ni tushum kelishigi, -ning qaratqich kelishigi qoshimchasi qoshilganda , ozakda n undoshi tushib qoladi: mening, sening tarzida yoziladi.
U kishilik olmoshiga jonalish, orin –payt , chiqish kelishigi qoshimchalari qoshilganda, ozakda n undoshi orttiriladi: unga, undan tarzida boladi.
Kishilik olmoshining 3shaxs koplik shakli u-lar qoshimchasini qoshish bilan hosil qilinadi.Biz, siz kishilik olmoshlariga qoshilganda, mensimaslik manosini ifoda etadi.
Kishilik olmoshlari gapda ega, kesim, toldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaradi.
Masalan: Sen vazifangni bajaraver, qorqma.Senga hech qanday shikast yetmaydi.Sening taningga oq ham botmaydi, nayza ham.(A.Q)
Korsatish olmoshlari shaxs, predmet yoki belgini vaqt va orniga nisbatan korsatish ajratish uchun ishlatiladi. Korsatish olmoshlariga: bu, shu , osha, ana u, mana bu , ana osha kabilar kiradi.Bu olmosjhlar sifat orniga kelib, belgiga ishora qiladi, qaysi sorogiga javob boladi.
Masalan: ellik sentnerchilar harakatini shu brigade boshlab berdi.Men ana shu soqmoqdan yursam ham boladi.(A.Qahhor).
Korsatish olmoshlari sozlovchi bilan korsatilgan predmet orasidagi masofaning uzoq-yaqinligiga, voqea sodir bolgan vaqtga qarab qollanadi.Bu, mana bu olmoshlari sozlovchining koz oldida yaqin turgan predmetni korsatadi. Shu, mana shu olmoshlari sozlovchining koz oldida bolgan yoki yaqin vaqt ichida tilga olingan predmetni yana eslatish, takidlash uchun ishlatiladi. U , ana u olmoshlari orqali sozlovchining koz oldida bolmagan predmetga ishora qiladi. Osha, ana osha olmoshlari ilgari sozlab otilgan bir predmetni eslash orqali korsatadi.
Korsatish olmoshlari otga boglanib kelib, gapda sifatlovchi-aniqlovchi(bazan kesim) vazifasini bajaradi.
3)Soroq olmoshlari shaxs, predmet, belgi, miqdor haqida soroqni bildiradi yoki nomalum shaxsni korsatadi.Soroq olmoshlariga :kim, nima, qanday, qanaqa, qaysi, nechta, qancha singari olmoshlar kiradi.

4)Belgilash olmoshlari shaxs, predmet, uning belgisi, miqdorini jamlab yoki umumlashtirib korsatadi. Belgilash olmoshlariga hamma, barcha, bari, har qanday kabilar kiradi. Bu olmoshlardan hamma, barcha, bari kabi olmoshlar predmet yoki belgini jamlab korsatadi.Bazi olmoshi todaning, jamlikning qismini korsatadi.Har, har kim, har nima, har bir, har qanday, har qaysi, har qancha kabi belgilash olmoshlari 1 shaxs predmet, belgilarni yakka ajratib korsatadi.


5)Bolishsizlik olmoshlari mutlaqo mavjud emaslik manosi orqali ifodalangan predmet, belgi yoki miqdorni umumlashtirib korsatadi. Bolishsizlik olmoshlariga hech kim, hech narsa, hech qanday, hech qaysi kabilar kiradi.Demak, bolishsizlik olmoshlari hech sozidan song soroq olmoshlarini hamda narsa bir sozlarini keltirish orqali yasaladi.
Masalan: Boyning tashqarisida Yolchidan boshqa hech kim yoq.(O).
Bolishsizlik olmoshlarining ham morfologik va sintaktik xususiyatlari belgilash olmoshlari kabidir.
6)Ozlik olmoshi oz sozidan iborat bolib, u aniq, konkret shaxsni ajratib, korsatish yoki ot va kishilik olmoshlarining manosini konkretlashtirib , takidlab korsatadi.

Ozlik olmoshi ot ornida kelib, shaxsga ishora qiladi. Ozlik olmoshi egalik, kelishik, son qoshimchalarini oladi, ot bajargan sintaktik vazifalarni bajaradi.


7)Gumon olmoshi mavjud , ammo noaniq, nomalum bolgan shaxs, predmet, belgi, miqdorni ifodalaydi.Gumon olmoshi quyidagicha yasaladi:
1.Soroq olmoshi -dir qoshimchasini qoshish bilan :kimdir, nimadir, qandaydir, qanchadir kabi.

2.Soroq olmoshlari narsa sozi oldiga -alla elementi qoshish orqali:


Allakim, allanarsa, allanima, allaqanday kabi.
3.Soroq olmoshi yoki narsa sozidan oldin bir sozini keltirish orqali :bir necha, bir qancha, bir nima, bir narsa kabi belgilash olmoshi qaysi soroq olmoshidan song bir sozini keltirish bilan ham yasaladi: qaysi bir, bazi bir.
4.Bir soziga -ov, -on, -or qoshilishi bilan yasaladi: birov, biron, biror kabi.
3.Olmoshlarning tuzilish jihatdan turlari
Olmoshlar tuzilish jihatdan ,asosan, 3xil:
1)sodda olmoshlar 2)qoshma olmoshlar 3)juft olmoshlar
Sodda olmoshlar bir ozak morfemadan iborat boladi: men, sen, kim, nima, hammma, bazi kabi.
Qoshma olmoshlar ikki ozak morfemaning qoshilishi yoki birikuvidan hosil boladi: mana shu, ana u , har qanday, hech kim kabi.
Juft olmoshlar ikki olmoshning ozaro teng boglanishidan tuziladi: sen-men, u-bu, siz-biz .
4-sinf ona tili darsligi olmoshlar mavzusi
351-mashq.Oqing. Kishilik olmoshlarini ozi boglangan soz bilan birga kochiring.
Men bosh vaqtimda qayiqcha yasayman. 2. Bolalar qayiqcha yasashni mendan organishdi. 2. Bizda kuch- gayrat bor. Kuchni bilim olishga , hunar organishga sarflashimiz lozim. 3.Oyi, bolsa nima yumush , menga ayting. 4.Sizni sogindim , mehribon akajonim.
Men yasayman, mendan organishdi, bizda bor, menga ayting, sizni sogindim.
360-mashq. Oqing. Kishilik olmoshlarini ozi boglangan soz bilan kochiring. Ularning gapdagi vazifasini aniqlang.

Mening aziz Vatanim tong kabi musaffodir. Tong mening yuragimda ajib hislar uygotadi.


Biz qudratli gul Vatanning baxtiyor farzandimiz.
Men ertaning kozgusida Vatanimni koraman.(,,Guncha’’dan)
Qaysi kishilik olmoshlarida tovush ozgarishi yuz bergan? Ularning asos va qoshimchalarini belgilang.
Mening Vatanim (qaratqich aniqlovchi) men +ning =mening tovush tushishi.

Mening yuragim (qaratqich aniqlovchi) men+ning=mening tovush tushishi.


Biz farzandimiz (ega).
Men ko`raman (ega).
Download 15.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling