Reja: Oltin tarkibli rudalarni maydalash va yanchish
Download 17.38 Kb.
|
dokument microsoft word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltin tarkibli rudalarni maydalash va yanchish
- Saralash va yirik donador rudalarni dastlabki boyitish
Oltin rudalarini boyitishga tayyorlash jarayonlari va boyitish usullari Reja: 1. Oltin tarkibli rudalarni maydalash va yanchish 2. Saralash va yirik donador rudalarni dastlabki boyitish
Xozirgi kunda oltin va kumush tug’ma konlarning rudalaridan gidrometallurgiya jarayonlari va kombinatsiyalashgan usul jarayonlari yordamida ajratib olinadi. Bu usullar xilma-xil va rang-barangdir. Xozir Uzbekiston sharoitida, rudalar tarkibidagi oltin va kumush sorbtsiya, ekstraktsiya, ionalmashuvchi smolalar yordamida , er ostida tanlab eritish, tanlab eritish, kimeviy boyitish, gidrometallurgik jarayon, rux kukuni bilan cho’ktirish orqali ham ajratib olinmoqda. Ayrim xollarda, rudaning sulfidli turlari bulsa flotatsiya usulini jarayon tarkibiga kiritish orqali, agar oltin zarralar qatnashsa-gravitatsiya usulidan foydalanish orqali, agar rudada volfram, kalay, temir-pirit minerallari bulsa gravitatsiya, magnit, elektr, xatto bakterial-eritish kabi usullarni joriy kilish bilan ajratib olinadi. Oltin–metallurgiya jarayon texnologiyasi mutaxasisdan chuqur bilim, topqirlik, zexn, zukkolik, chidam-bardoshlik, qat’iyatlik va xozirjavoblikni talab etadi. Ruda o’lchamlari 200-300 mm dan: 1200-1500 mm kattalikda buladi. Bu rudalarni maydalab yanchib, ba’zan 0,15-0,074mm gacha keltirib, ishlov berish lozim bo’ladi. Oltin tarkibli rudalarni maydalash va yanchish Bu jarayonlarning asosiy maqsadi rudalar tarkibidagi oltinni, oltinli minerallarni ochish, yuzini keyingi gidrometallurgiya yoki boyitish usullari uchun moslashtirishdir. Maydalash va yanchish jarayoni, barcha sarf xarajatning 50% ni tashkil etadigan og’ir va murakkab ishdir. Shu boisdan oltinli zarra ochilib, u boyitish va gidrometallurgiya jarayoniga yaroqli bulsa, o’ta yanchishning zarurati yuk. Oltin va kumush zarrasi – ochilib, uni gidrometallurgiya usulida eritib, kimyoviy ajratib olishga yaroqli xolda qoldirish maqsadga muvofiqlidir. Tabiatda yirik oltin zarralari bilan, bir qatorda o’ta mayda oltin zarralari mavjud. Shu boisdan rudalarni 0,4mm dan 0,074mm gacha maydalash lozim bo’ladi. Kupincha rudaning maydalash darajasini, shu ruda tarkibidagi xalaqit beruvchi moddalarning borligi belgilaydi. Odatda rudalar yirik, o’rta va kichik o’lchamda maydalash bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunda har bir maydalashdan so’ng orada g’alvirlash jarayoni qo’yiladi. Maydalash uchun konusli, jagli, qisqa konusli maydalash mashinalari, (drobilkalar) ishlatiladi. Ikki stadiyada maydalash bajarilgach ruda o’lchami – 20mmga, uchinchi stadiyaga – 6,0mm ga etadi. Uchinchi stadiyada maydalangan material ho’l-namli holatda sterjenli va sharli tegirmonlarda yanchiladi. Yanchish jarayoni ham ikki stadiyada amalga oshiriladi. Po’lat sharlar har 1t ruda uchun 1-5 kg sarf buladi. Bunda oltin zarralari ham yemirilgan po’lat sharlar yuzasiga singib botib yo’qolishi kuzatiladi. Shu boisdan Janubiy Afrika respublikasi (JAR)da ikkinchi stadiyadagi yanchish ruda- tosh tegirmonlarda yanchishga o’tildi. Muruntov oltin saralash fabrikasida ham, qisman ruda-po’lat sharli tegirmonda yanchiladi. Bunda ma`lum darajada shar sarflanishi tejaladi. Sharsiz, quruq holda yanchish (Aerofol tegirmonida) bu borada iqtisodiy tejashni ko’zda tutadi. Aerofol-qisqa barabanli, diametri 5,5-11 m, uzunligi diametrining 1/3 ga teng. Tegirmonlar ichki tomonidan futerovka orqali muhofazalanadi, diametrlar qarama –qarshi tomonda relslar qo’yib, rudalar tashib maydalanishini tezlashtiradi. Yon tomon qopqoqlarida uchburchak kesimli, yo’naltiruvchi xalqalar bo’lib, ular rudalarni-tegirmon markaziga yo’llaydi. Boshqa kurinishdagi tegirmonlardan biri -kaskad- tegirmonidir. Bu tegirmon suvli holda rudalarni yanchadi. Bizdagi oltin fabrikalarida asosan barabanli, suvli tegirmonlar ishlatiladi. Tegirmondan chiqqan bo’tana (panjarali tusiq orqali spiralli so’ngra gidrotsiklon-klassifikatorlariga (tasniflovchi) o’tkaziladi. Tegirmon yonidagi spiralli klassifikatorlar yirik 1-3mm. o’lchamli rudani qaytarib tegirmonga yuklaydi. Gidrotsiklon odatda 2-bosqichda maydalovchi tegirmondan o’tgan bo’tanani tasniflashga ishlatiladi. Gidrotsiklonda bo’tana qum va sliv (suyuk bo’tana) ajratiladi. Qum qaytatadan maydalanadi va sliv keyingi operatsiyaga jo’natiladi.
Saralashdan kuzatilgan maqsad rudalar tarkibidan bo’sh jinslarni yoki oltin zarralarini ajratib olishga qaratilgan xarakatdir. Ruda tarkibida ko’plab bo’sh jinsni chiqarib tashlab, oltinga boy yarim mahsulot- boyitma (kontsentrat) olishga erishiladi. Saralashning qadimiy-sodda va klassik usuli oddiy qo’lda saralashdir. Unda ruda bo’lagi 30–50 mm bo’lishi mumkin. Saralash konveyerga vibratsiya harakati beriladi. Qo’lda saralash mashaqqatli va unumsiz bo’lganidan, bu ish mexanizmlar yordamida gravitatsiya usullari yordamida amalga oshiriladi. Og’ir qorishma (suspenziya) yordamida boyitish, saralashni birmuncha jadallashtiradi. Og’ir suspenziyaga sulfid-oltin mineral zarralar cho’kib, yengil fraksiyaga bo’sh tog’ jinslari ko’tarilib qalqib chiqadi. Download 17.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling