Reja: Ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish
Download 18.65 Kb.
|
oto\'m 2022
O’quvchilardagi tipik orfografik xatolarni aniqlash. Reja: 1.Ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish 2.Grammatik –orfografik malakalarni mustahkamlashda qo’llaniladigan o’yinlar. 3.Darsdan tashqari diktantlarni tashkil qilish. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni,bilimlarni o’rganish, rivojlantirish vazifasi turadi.Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Bu vazifani amalga oshirishning birdan bir yo’li ta’lim tizimining tinmay takomillashtirib boorish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir.Boshlang’ich ta’lim davlat qonunini hayotga tadbiq etishda muhum bosqich hisoblanadi va unda ona tili o’qitish asosiy o’rin egallaydi. Ona tili darslari quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi. 1.Savod o’rgatish,sinfdan tashqari o’qish va nutq o’rgatsih. 2.Sinfda,sinfdan tashqari o’qish va nutq o’rgatish. 3.Fonetika,grammatika,imlo va nutq o’rgatish. Bu bo’lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy prinsip nutq o’stirish va orfografik yozuv me’yor qoidalarini o’rgatish hisoblanadi. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining darsda qo’llamoqchi bo’lgan metodlari o’quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berishdan,ko’nikma va malaka hosil qilishga ko’maklashishdan iborat bo’lishi lozim.Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarga faqat nazariy tushunchalar berish yoki grammatik qoidalarni o’rgatish emas balki,ularning og’zaki va yozma nutqlarini o’stirib,o’z fikrlarini qiynalmay bayon etishga va topshiriqlarni mustaqil bajarishga o’rgatishdan iborat. Ta’lim sohasida keng qo’llaniladigan o’quvchilarning mustaqil ishlari ta’lim samaradorligini oshiruvchi omil sifatida doimo pedagoglar va tadqiqotchilar e’tibor markazida bo’lib kelgan.Olimlar dars jarayonida mustaqil ishlardan keng foydalanishni targ’ib qilganlar.Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning ona tili darslaridagi mustaqil ishlarning barcha belgilarini o’rganib chiqish natijasida quyidagicha ta’rif berdik. Ona tili darslaridagi mustaqil ishlar-bu o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish qilishga imkon beradigan,o’qituvchining bevosita va bilvosita ishtirokida ammo yordamsiz bajariladigan nazariy-amaliy materiallar ustida bajaradigan grammatik vazifalardir.Bunday vazifalar davomida o’quvchilarning nafaqat bilim darajasini balki o’zlashtirgan bilimlarni amaliyotda qo’llay bilish,mustaqil va mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga,hamda rivojlantirishga imkoniyatlar yaratadi. Mustaqil ishlarning bir qancha turlari mavjud.Jumladan mansabga ko’ra dars asosidagi darslikdan tashqari bo’lgan mustaqil ishlar hamda amalga oshirish shakliga ko’ra og’zaki va yozma turlarga bo’linadi. O’quvchilar ko’pincha diktant yozish jarayonida orfografik xatolarga yo’l qo’yadilar.Diktanda yo’l qo’yilgan xato,o’quvchi yoshi va sinfindan kelib chiqib, u bilishi zarur deb qaralgan biror mavzuni yaxshi o’zlashtirmagani yoki tushunmaganini bildiradi.Bundan tashqari o’quvchi yo’l qo’yayotgan xatoga qarab,uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari haqida xulosa chiqarish mumkin.Tovushlarni almashtirib yoki xato gapiradigan bola,albatta, diktantda ham o’sha so’zlarni xato yozadi. Tazyiq ostida bo’lib,kimdandir yoki nimadandir muntazam qo’rqib yurgan o’quvchi ham so’zlarning oxiridagi harflarni qoldirib ketadi.Xullas,imlo masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo’lib kelgan.Shu bois, u pedagogikada hal etilishi shart bo’lgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar imloviy savodxonlikni shakllantirish uchun imlo qoidalar ustida Muntazam ishlab,bir qator ta’limiy diktantlarni o’tkazishni va o’quvchilarning Imloviy savodxonlik darajasini muntazam tekshirib,tahlil qilib borishni Maslahat beradi.Ammo ular ustida ishlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar Yo’l qo’yayotgan xatolarni guruhlashtirib olishi zarur.Ona tili darslarida o’quvchilarning ona tili daftarlarini ko’zdan kechirsak,quyidagi xatolarga duch kelamiz: -grafik xatolar:harf elementlarini tashlab ketish,harflarni tushurib qoldirish Ularning o’rinlarini almashtirib qo’yish -so’z o’zagidagi xatolar:jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish,yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning birini tashlab ketish,talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozuvda ham tashlab ketish. -so’z va shakl yasovchi qo’shimchalarni xato yozish. -bo’g’in ko’chirishdagi xatolar. -bosh harflarni qo’llashdagi xatolar. -shevaga oid xatolar. Orfografik xatolar ustida ishlash borasida ayrim imloviy mavzular ustida qayta suhbat o’tkazish,analitik va sintaktik mashqlarni qaytadan tashkil etish maqsadga muvofiq.Kerakli usullarning qo’llanilishi davomida o’quvchilarning imloviy savodxonligi darajasi maxsus diktant matnlarini yozdirish bilan tekshirib boriladi. Natijada,tajriba o’tkazilgan sinflarda qancha foiz ijobiy o’zgarish yuz berishi aniqlanadi. Pedagoglarga tavsiya qilingan usullar quyidagilardan iborat: 1.Grafik xatolarni tuzatish mashqlari: -kartochkaga harf elementlari tushurib qoldirilgan 8-10 tadan so’z yozilib, o’quvchilarga tarqatiladi.O’quvchilar esa tushurib qoldirilgan harf elementlarini o’z o’rniga qo’yib,daftarlariga ko’chirib yozadilar. -yana shunday kartochkalarga harf elementlarini noto’g’ri qo’yib,o’quvchilarga ularni to’g’irlab ko’chirish vazifasi topshiriladi. -doskada harflari tushurib yozilgan murakkab so’zlar “Qaysi qator oldin yozadi?” ta’limiy o’yini o’tkazish orqali mustahkamlanadi. 2.Orfografik xatolarni tuzatish mashqlari: -o’quvchilarga jarangli undosh bilan tugagan so’zlarni jarangsiz undosh tarzida o’qib,lug’at diktanti o’tkazish. -tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarning yarmini aytib,qolganini o’quvchi yozishini ta’minlaydigan lug’at diktanti o’tkazish.Masalan,al-alla, el-ellik,is-issiq,ar-arra kabi. 3.So’z va bosh harflarni tuzatish mashqi: -so’zlardagi xatolarni tuzatish uchun o’quvchilarga shu so’z ishtirokida gap yozdirish;kichik harf bilan yozilgan so’zlarni esa ana shu so’zning kichik va bosh harflar bilan yoziladigan shakllari misolida gaplar tuzish. Masalan:O’lkamizga bahor keldi.-Men bahor ko’chasida yashayman. Ona-aziz inson.-Biznikiga Aziz keldi. Orfografik xatolarni oldini olish maqsadida “Harf kassalari” metodidan foydalanishimiz mumkin.To’g’ri yozish uchun harf kassalari sinf doskasi yonida osilib turadi va o’qituvchi darsda javob bergan o’quvchiga mazkur harf kassasidan foydalanib,biror bir so’zni yozib berishni so’raydi. Bunda o’qituvchi ona tili darslarida “Harf kassasidan” foydalanib,5 daqiqa “To’g’ri yozuv”mashqini o’tkazadi.Mashqda har bir o’quvchi oldiga harf kassasini oladi va o’qituvchi tomonidan o’quvchiga so’z aytiladi o’quvchi harflardan so’zni to’g’ri yasashi lozim bo’ladi.Orfografik xatolar ustida ishlash jarayonida yuqoridagi barcha usul va tajribalarni muntazam va izchil qo’llash, onda-sonda yoki mavzu to’g’ri kelganidagina ularga murojaat qilish kutilgan natija bermaydi.Shu bois,o’qituvchilar o’quvchilarni imlo savodxonligini oshirishni istar ekan,umrboqiy,haqiqat-ularni badiiy kitob o’qishga undash lozim. Download 18.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling