Reja: Optika. Kiri sh
YORUG’LIKNING KVANT NAZARIYASI. FOTONLAR
Download 0.69 Mb.
|
Fizika mustaqil iah optika
YORUG’LIKNING KVANT NAZARIYASI. FOTONLAR
Hozirgi vaqtda ko’p optik hodisalarni faqat Yorug’likni kvant nazariyasi asosida tushuntirish mumkin. Masalan, absolyut qora jismning nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti va boshqalar. Yorug’likni kvant nazariyasini yaratishda A.Eynshteynning «Yorug’lik kvantlari» mavjud degan g’oyasi rol o’ynadi, shunga ko’ra Yorug’likni elementar zarrachalar — fotonlar oqimidan iborat deb qaraldi. Eynshteynning gipotezasi qator tajribalarda tasdiqlandi. Yorug’lik zarralari — fotonlarning mavjudligi tajribalarda tasdiqlangandan so’ng Yorug’likni foton nazariyasi yoki kvant nazariyasi vujudga keldi. Bu nazariya optika tarixida bo’lgan korpuskulyar nazariyani eslatadi. Bu Yorug’likning kvant nazariyasiga ko’ra bitta foton quyidagi energiyaga ega bo’ladi : (8.1) bunda h — Plank doimiysi, - Yorug’lik chastotasi. Foton massasi uchun shunday formula mavjud: (8.2) bu yerda s — vakuumda Yorug’likning tarqalish tezligi. | Bu formula harakatdagi foton massasi uchun o’rinli. Demak, foton tinchlikdagi massaga ega emas. Foton yutilganda uning massasi va energiyasi moddaning zarralariga beriladi. Foton impulsi quyidagiga teng: . (8.3) Fotonning vakuumdagi tezligi s . Demak, Yorug’likni ham to’lqin, ham zarracha sifatida ko’rish mumkin. Optikada buni dualizm deb ataladi. LAZERLAR Moddadan Yorug’lik o’tganda u yutiladi va sochiladi. Bu hodisalar optikada juda yaxshi o’rganilgan. Hozir bu jarayonlarga teskari bo’lgan hodisa, ya’ni moddadan Yorug’lik o’tganida uning kuchayishi ham ro’y berishi aniqlandi. Bunday asboblar lazerlar deb ataladi. Ushbu jarayonni amalga oshishi mumkinligini birinchi marta 1915 yilda Eynshteyn aytgan. A.Eynshteyn ( o’z-o’zidan ) spontan nurlanish bilan birga induksiyalangan yoki majburiy nurlanish bo’lishi ham mumkinligi haqida bashorat qilgan. Lazerda Yorug’likning kuchayishi moddadan o’tayotgan Yorug’lik tomonidan indo’ksiyalangan nurlanish ta’sirida yuz beradi. Optik lazerlar birinchi marta 1960 yilda qurilgan. Hozirgi vaqtda lazerlar juda keng chastotalar sohasida ( ko’zga ko’rinadigan sohalardan millimetr to’lqinlargacha) ishlab chiqilgan. Lazerlarda aktiv muhit sifatida yuzlab moddalar ( gazlar - geliy va neon aralashmasi, qattiq jismlar – yoqut va h.k. ) qo’llaniladi. Agarda lazerda ishchi modda sifatida yoqut ( rubin ) ishlatilsa, u impuls rejimda ishlaydi va qisqa vaqtda katta quvvat beradi. Masalan, 10 sekundda 108 vatt energiya beradi. Bunday impulslarda energiya oqimini zichligi 1sm2 da 108 vatt bo’ladi. Bunday lazerlar bilan o’ta qattiq metallarni, olmoslarni teshish mumkin. Hozir lazerlar juda ko’p sohalarda, masalan, ilmiy ishlarda, meditsinada, aloqa xizmatida, qurilishda harbiy sohada keng ishlatiladi. XULOSA Optikaning amaliy ahamiyati va uning boshqa bilim sohalariga ta'siri juda katta. Teleskop va spektroskopning ixtirosi inson oldida ulkan koinotda sodir bo'ladigan eng ajoyib va eng boy hodisalar olamini ochdi. Mikroskopning ixtirosi biologiyada inqilob qildi. Fotosurat fanning deyarli barcha sohalariga yordam bergan va yordam berishda davom etmoqda. Ilmiy jihozlarning eng muhim elementlaridan biri linzadir. Busiz mikroskop, teleskop, spektroskop, fotoapparat, kino, televizor va boshqalar bo'lmaydi. ko'zoynak bo'lmaydi va 50 yoshdan oshgan ko'plab odamlar o'qish va ko'rish bilan bog'liq ko'plab vazifalarni bajarish imkoniyatidan mahrum bo'lar edi. Fizik optika tomonidan o'rganiladigan hodisalar sohasi juda keng. Optik hodisalar fizikaning boshqa sohalarida o'rganiladigan hodisalar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, optik tadqiqot usullari eng nozik va aniq usullardan biridir. Shu sababli, uzoq vaqt davomida optika juda ko'p fundamental tadqiqotlar va asosiy jismoniy qarashlarni ishlab chiqishda etakchi rol o'ynaganligi ajablanarli emas. O'tgan asrning har ikkala asosiy fizik nazariyasi - nisbiylik nazariyasi va kvant nazariyasi katta darajada optik tadqiqotlar asosida paydo bo'lgan va rivojlanganligini aytish kifoya. Lazerlarning ixtirosi nafaqat optikada, balki uni fan va texnikaning turli sohalarida qo'llashda ham ulkan yangi imkoniyatlar ochdi. Foydalangan materiallar: Ma’lumot olingan joy: Internet. Sayt: www.yandex.ru E-mail: chemistry@mail.ru Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling