Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvning asosiy shartlari


Download 245.83 Kb.
bet35/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvning asosiy shartlari.


Davr talabi o‘quvchilarni ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo‘lishdan faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etadi.
Ta’lim oluvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik roli quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish imkoniyatini beradi:

  • o‘quvchilarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ichki ehtiyojni qaror toptirish;

  • bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ongli yondashuvni hosil qilish;

  • o‘quvchilarda mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • o‘quvchilarning faolligini ta’minlash;

  • o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish, nazariy va amaliy bilimlar mohiyatini tahlil etish, ular borasida xulosa chiqarish, umumlashtirish hamda ularni o‘z amaliy faoliyatiga tatbiq etish ko‘nikma-larini yuzaga keltirish va takomillashtirish.

  • o‘z-o‘zini nazorat qilish, baholash sifatlarini shakllantirish.

O‘quv jarayonining maqsadi tashxisli ravishda aniq-ravshan belgilanmog‘i lozim. Ta’lim maqsadining bunday belgilanishi ma’lum va amal qilingan vaqtda didaktik jarayonni tashkil qilish va amalga oshirish darajasi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi.
Maqsadning tashxisli belgilanishi quyidagi holatlar bilan tavsiflanadi:

  • shaxsda shakllantirilgan ma’naviy-axloqiy sifatlar hamda aqliy salohiyat shu darajada aniq va ravshan kafolatlanadiki, natijada ularni shaxsning har qanday istalgan, vaziyatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida shakllantirilgan sifatlaridan osonlik bilan farqlash mumkin bo‘ladi;

  • shaxsning tashxislangan ma’naviy-axloqiy hamda aqliy sifatlarining shakllanganlik darajasini haqqoniy nazorat qilishga yo‘naltirilgan aniq usul mavjud bo‘ladi;

  • shaxsning tashxislangan sifatlarini aniqlash yuzasidan olib borilgan nazorat natijalari asosida uning samaradorligini aniqlash mumkin bo‘ladi;

  • o‘lchov mezonlari asosida muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarning sifatini baholash ko‘rsatkichlari mavjud bo‘ladi.

Download 245.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling